Odatda ishlatiladigan yarimo’tkazgichlarda taqiqlangan zonada joylashadi va shuning uchun (1) ifodaning maxrajidagi birni etiborga olmas bo’ladi. Bunda zaryad tashuvchilarning energetik holatlar bo’yicha taqsimlanishini ifodalovchi Fermi-Dirak funksiyasi Maklsvell-Bolsmanning klassik taqsimotiga mos keladi:
F(W)=exp[- (1)
Bunday yarim o’tkazgichlar aynimagan yarim o’tkazgichlar deb ataladi. A gar yarimo’tkazgichda Fermi sathi 2kT ga yaqin bo’lib, zonalar chegaralari yaqinida yoki zonalar ichida joylashsa , faqat (1) ifodadan foydalanish kerak. Bunday yarimo’tkazgichlar aynigan yarimo’tkazgich deb ataladi. Yarimo’tkazgichlarda aynish kiritmalar konsentratsiyasi juda yuqori ( - ) bo’lganda sodir bo’ladi.