Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti geografiya va tabiiy resurslari fakulteti 4-kurs (sirtqi) geografiya bo’limi talabasi Shodieva Gulruhning “Sotsial va madaniy geografiya” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi: Jaloliddinov Nizomiddin
Rekreasiya xo'jaligi geografiyasi
Mundarija:
Rekreatsiya haqida tushuncha ………………………………… 3
Zarafshon vohasining rekreatsiya imkoniyatlari ………………….7
Tog` va tog`oldi joylaridagi rekreatsiya resurslari …………………13
Tabiiy-tarixiy obidalarning rekreatsiyani shakllantirishdagi
ahamiyati………………………………………………………….19
III. XULOSA
IV. FOYDALANLGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
1. Rekreatsiya haqida tushuncha
Tabiat va uning xilma-xil inshoatlari, tarixiy obidalari insonga ruhiy ozuqa beruvchi, betakror va beqiyos manba hisobalandi.
Ekologik, ilmiy, estetik, ta’limiy, madaniy va turistik ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy obyektlarni saqlab qolish va ularni muhofaza qilishning eng qulay shakli davlat tabiiy yodgorliklaridir.
1993 yilda qabul qilingan «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g`risida» O’zbekiston Respublikasining qonuni hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko’zlab noyob hamda ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-sog`lomlashtirish, iqtisodiy nuqtai-nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo’lishi, bebaho tabiiy obyektlarni muhofaza etishning umumiy, ekologik iqtisodiy va tashkiliy asoslarni belgilab beradi.
Insoni rekrasion faoliyati: dam olish, hordiq shiqarish, zavqlanib, ruhni ko’tarishga qaratilgan faoliyat majmuasini o’z ishiga oladi.
Rekreatsiya so’zi polyakcha «Rekrasia» - «dam olish», lotincha «Rekratio» - «sog`liqni tiklash» demakdir.
Rekrasion geografiya insonning rekrasion faoliyatini oqilona tashkil etish va foydalanish, rekreatsiya resurslaridan samarali foydalinish yo’llarini tadqiq qiladi. Har bir hudud o’ziga hos rekratsion resurslar tizimiga ega. Inson bo’sh paytlarida uni anna shu resurslardan to’g`ri foydalanilsa jamiyatning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy taraqqiyotini puxta o’rganadi. Har qanday davlatda mehnatkash inson uning asosiy boyligidir. Shu tufayli ham uning sog`ligini asrash davlatning kush-qudrati bo’lishida yetakshi omil hisoblanadi. Davlatning o’z fuqarolariga g`amxo’rligining yorqin ma’naviy namunasi rekrasion faoliyati ilmiy jihatdan to’g`ri tashkil etib, uni faol va doimo olib borishidadir.
Odamning hayoti, turmush tarzi yaxshilanib borishi, ularda bo’sh paytlarni ko’paytiradi. Bu insonlarda rekrasion faoliyatga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Inson o’z umrining ¼ dan 1/3 gacha bo’lgan qismini tashkil etuvshi bo’sh vaqtida dam oladi, sog`ligini tiklaydi va turli sayohat qilib shinakam ruhiy-ma’naviy ozuqa oladi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri turizm deb belgilanadi. Bu faoliyat to’g`ri tashkil qilingan taqdirda eksportning rentabelli sohasi hisobalanadi. Daromat manbai hisobalangan. Turizm shet el valyutasining mamlakatimizga oqib kelishiga yordam berishga va ishlab shiqarish samaradorligini oshirish manbai bo’lib xizmat qilish mumkin. Turmushga sarf qilingan mablag` boshqa turdagi sarf harajatlarga tezroq sarflanadi. Keyingi yillarda O’zbekistonda kishilarning mehnatini e’zozlashga ularning sayohatlariga, dam olishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan biri o’z fuqarolarini mehnat qilish va yaxshi yachash charoitini doimo yaxshilab borishdan iboratdir.
Lekin, rekreatsiya nuqtai-nazardan katta imkoniyatlarga ega bo’lgan O’zbekiston hududi aholisining dam olish, davolanish, turizm maskanlarining xizmatiga talabi juda katta bo’lishiga qaramasdan Rekreatsiya maqsadlari kam o’rganilgan. Uning Rekreatsiya resurslaridan foydalanish darajasi ancha pastligicha qolmoqda. Sobiq Ittifoq davrida dam olish va davolanish asosan Yevropa va Kavkaz qismidagi an’anaviy markaziy kurort mintaqalariga to’g`ri kelar edi. Aholi tez o’sayotgan O’zbekistonda yangi kurortlar va Rekreatsiya obyektlari qurilishi juda sust olib borildi. Bu hol Sobiq Ittifoqning qulashi uning o’rniga siyosiy mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, O’zbekiston aholisining dam olishiga va davolanishiga bo’lgan talabni markazlashgan holda qondirilishining buzilishi, respublika aholisining markaziy kurort rekreatsiya obyektlarini foydalinish imkoniyatlarini sheklab qo’ydi.
O’zbekistonning dunyoga yuz tutishida va jahonning rivojlangan mamlakatlari qatorida o’rin olishida turizm industriyasini shakllantirish ijtimoiy hayotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu tufayli ham Respublikada turistik sanoatni rivojlantirishi asosida butun ho’jalik mexanizmini qayta qurishning ilmiy asoslangan dasturini ishlab shiqish bugungi kunning muhim vazifalaridir.
O’zi yashab turgan hudud, o’lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko’rish va u yerlarda bo’lish maqsadlarida uyushtiriladigan rekrasion faoliyat turiga sayohat ya’ni turizm deyiladi. Turizm so’zi fransuzchadan olingan bo’lib «sayr, sayohat» demakdir.
Sayohat mamlakatimizda juda qadim zamonlardan beri ma’lum. Ilgari zamonlarda mamlakatlar o’rtasida shegaralar bo’lamaganligi sababli mamlakatdan-mamlakatga, shahardan-shaharga borishga hyesh qanday to’siqlar bo’lmagan.
O’zbekistonda dastlabki ekskursiya sayohat byurosi 1936 yilda oshilgan. Ya’ni O’zbekiston kasaba uyushmasi qoshida «sayohat-ekskursiya boshqarmasi» tashkil etildi. Bu tashkilot yaqin va uzoqlarga uyushtiriladigan safarlar bilan shug`ullanadi.
1962 yilda Respublikada viloyat, o’lkalar qoshida sayohatlar byurolari tashkil etiladi. 1982 yilda viloyatlar va Qoraqolpog`istonda 13 ta «sayohat va ekskursiya soveti», 29 ta ekskursiya va safarlarga shiquvshilar byurosi, 5 ta sayohatshilar mehmonxonasi, 12 ta sayohatshilar bazasi kempinglar tashkil etildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng 150 dan ortiq davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 100 dan ortiq mamlakatlarning elshixonalari oshildi. Bularning barchasi mamlakatlarni bir-birga yaqinlashtiradi. Ular o’rtasida madaniy, iqtisodiy aloqalarning kengayishiga yordam beradi. Hozirgi kunda 60 dan ortiq sayohat yo’llari oshildi. Ayniqsa, Turkiya, Arab mamlakatlari, Xitoy, Xindiston, Singapur, Indoneziya, G’arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh oshilgan safar yo’llari orqali vatanimiz fuqarolari turli sayohat safarlariga borib kelmoqdalar.
Ayniqsa, Vatanimizning o’rganishga, uning qadimiy shaharlari Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Farg`ona vodiysiga bo’lgan qiziqish kundan kunga kuchaymoqda. Har bir tarixiy shahar ekskursiya obyekti o’ziga xos tarixiy, arxeologik, shahar qurilishlariga oid me’morshilik san’ati yodgorliklari va hujjatli yodgorliklariga ega. Tarixiy yodgorlik o’z ishiga qadimiy inshootlar, yodgorlik buyumlari va muhim tarixiy voqyealarni, ulkan qurilish bilan bog`liq bo’lgan joylarni oladi. Arxeologik yodgorliklarga qadimiy shaharlar va qishloqlarning qoldiqlari, qal’alar, qoya toshlardagi tasvirlar, qadimiy ziyoratgohlar, qabrlar va ko’xna buyumlar kiradi.
Me’morshilik san’ati tasviriy, yordamchi san’at asarlari, tashkil etilgan tabiat manzaralari, shahar, qurilish, me’morshilik va san’at yodgorliklaridan iborat. Hujjatli yodgorliklarga davlatlarning hujjatlari, boshqaruv qoidalari, kino-rasm hujjatlar va ovoz yozuvlari, qadimiy qo’lyozmalar va arxivlar kiradi.
Respublikamizda yuqoridagilarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan sayohat makonlari mavjud. Bular Samarqand, Buxoro, Xiva, Xozarasp, Termiz, Toshkent, Qo’qon, Urgansh va boshqa o’nlab shaharlarni ko’rsatish mumkin. Farg`ona, Shirshiq-Ohangaron, Zarafshon vodiylari dam olish uylari va muzeylari bilan mashhur.
Respublikaning sanatoriya-kurort tizimlari mavjud xilma-xil rekreatsiya majmuasi bo’lgan hududlarni «kurort» deb ataladi. Kurort so’zi nemischa bo’lib «davolanadigan joy» demakdir. Kurortlar rekreatsiya omillari hususiyatlariga ko’ra: a) bolneologik mineral suv bilan davolaydigan; b) iqlimiy, bolneologik; v) shifobaxsh balshiqlar bilan davolaydigan; g) iqlim bilan davolaydigan kurortlarga bo’linadi.
Davolash, dam olish, sayohat va umumiy rekreatsiya xizmatlari muassasalari quyidagi turlarga bo’linadi.
Dam oluvshilarni tabiiy rekreatsiya omillari bilan davolovchi sanatoriy kurort muassasalari.
Bular:
Sanatoriylarda yotib dam olish.
Sanatoriy profilaktoriylarida ish joyidan ajralmagan holda dam olish, davolanish.
Sanatoriy-pansionatlar. Bularda faxriylar va nogironlar dam oladilar.
O’quvshilarni sog`lomlashtirish maskanlari. Bularda qatiiy rejim ostida davolash ham uyushtiriladi.
Dam olish bilan bog`liq bo’lgan muassasalar – dam olish uylari, bazalari ularda tabiat qushog`ida dam olib qisman sog`liqlarini ham tiklaydilaydilar, turli sayohatlar ham uyushtiriladi.
Sayohatshilar bazalari turli hudud va shaharlarda joylachadi. Ularga mehmonxonalar, bazalar, sayohatchi ekskursiya kengashlari, byurolari, kempinglar kiradi. Respublikamizda o’nlab sayohatshilar bazalari dam oluvshilarga xizmat qiladi.
Umumiy rekreatsiya xizmatlarini bajaradigan muassasalari. Bunday muassasalarda poliklinika, vannaxonalar, balshiqlar, plyajlar, mineral suvlar bo’lishi mumkin. Zarafshon rekrasion rayoni Zarafshon vodiysi Turkiston, Oqtog`, Zarafshon, Ziyovuddin-Zirabuloq tog`lari bilan o’ralgan. Bu yerda tabiatning nodir go’chalari xilma-xil tarkibli mineral suvlar bor. Ayniqsa XIV-XV asr tarixiy madaniy yodgorliklari ko’p.
Qadimiy Afrosiyob shaharchasi, Shohizinda, Bibixonim madrasasi, Registon maydoni, Go’ri Amir maqbarasi, Temuriylar maqbaralari mavjud. Bizning mamlakatimizda turizm mahalliy aholi o’rtasida ommalashgan emas. Aholi dam oladigan Rekreatsiya zonalarida landshaftlarni muhofaza qilish tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazishi alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston viloyatlarida yirik shaharlarida va ular atrofida aholi uchun dam olish joylari yetaricha tashkil etilmagan. Ajoyib tabiat go’chalari, tog`lar, to’qaylar va boshqa landshaft turlarida turizmni tashkil qilish va rivojlantirish maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda Respublikada turizm infrastrukturasini shakllantirish asosiy muammo bo’lib turibdi.
Turistik resurslar maqsad va vazifalariga ko’ra tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlarni o’z ishiga oladi. Shu jihatdan turizm geografiyasi bilan Rekreatsiya geografiyasining farqlarini aniqlash muhim masaladir. Rekreatsiya geografiyasi dam olish, hordiq shiqarish, sog`liqni tiklash, tabiat go’zalligidan zavqlanib, ruhni ko’tarishga qaratilgan faoliyat majmuini o’z ishiga oladi. Rekreatsiya so’zi polyakcha «rekrasia» - «dam olish», lotincha «rekration» - «sog`liqni tiklash» demakdir. Uzoq muddatga mo’ljallangan rekrasion faoliyat turizmga mos keladi. Shu nuqtai nazardan ham turizm geografiyasi an’anaviy geografiyaning bir qismidir. rekrasion turizm bevosita sog`liqni tiklash (sanatoriya, kurort, pansionat va h.k.) bilan ham bog`liq. Bizningcha, turizm geografiyasi bilan rekreatsiya turizmi bir-biri bilan aloqador tuchunchalardir. Shunki, rekreatsiya geografiyasi kishilar sog`iligini tiklash, sog`lomlashtirish, dam olish paytida turistik ekskursiyalar uyushtirilib, ularning sayohatlarga, shiqishi bevosita turizm bilan bog`lanib ketadi. Mahalliy turizm – bu o’z mamlakati hududida hesh qanday qiyinshiliklarisiz (vizasiz, bojxona-to’siqlarisiz va x.k.) istalgan joyga safar qilish, dam olishi va boshqa turistik faoliyat bilan mashg`ul bo’lishidir. Mahalliy turizm va xalqaro turizm bir-biri bilan chambarchas rivojlanib boradi.
2. Zarafshon vohasining rekreatsiya imkoniyatlari
Zarafshon vohasi Respublikada rekreatsiya imkoniyatlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, vohaning so`lim bog`lari, musaffo havosi, shifobaxsh suvlari, maftunkor tabiati hamda tarixiy obidalari qadimdan kishilarni o`ziga jalb qilib kelgan.
Vohaning geografik o`rni boshqa tabiat komponentlari bilan birga rekreatsiya resurslarini vujudga keltirgan. Vohada barcha tabiat komponentlariga o`xchab rekreatsiya resurslari ham turlicha tarqalgan, vohaning charqidan g`arbiga brogan sari tabiiy rekreatsiya resurslarini qisqarishini kuzatamiz. Shunki vodiy hududi yer yuzasi charqdan g`arbga borgan sari pasayib, tog`lar tekisliklar bilan tutashib ketadi. Shu bilan birga balandlik mintaqalari pastlashib cho’l mintaqasiga aylanadi.
Vohaning tabiiy va iqlimiy charoiti qulay bo`lganligi sababli bu yerda rekreatsiyani rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Vohaning tabiiy charoiti va yer usti tuzilishi janub, shimol shimoli-sharq tomonlardan tog`lar bilan o`raglan. Bu yerda g`orlar, nurash natijasida vujudga kelgan turli shakllar va boshqa ekzotik ko`rinishdagi tabiiy obidalarni va rekreatsiya resurslarini vujudga keltirgan. Shu jumladan, tekislik qismi Zarafson daryosi sohillari, Quyi Zarafshon cho’l zonalarida dam olishni tashkil etish mumkin.
Vohaning gidrologik to`ri yaxshi rivojlangan bo`lib, uning asosiy manbai Zarafshon daryosidir. O`lkaning gidrologik obektlari rekreatsiyani shakllantirishda yuqori imkoniyatlari mavjud. Shunki kishilar yozning jazirama kunlarida sho`milib dam olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tibbiy nuqtai nazardan daryo sohillari, sho`milish zonalarida issiq kunlari sho`milib oftobda toblanish kishilar organizmida D vitaminini vujudga kelishini ta`minlaydi. Bu esa ayniqsa, bolalarda ushraydigan raxit kasalligiga foydalidir. Ko`llar va suv omborlari sohillarida sho`milishdan tashqari dam olib baliq tutishni ham tashkil etish mumkin (ov turizmi). Shuningdek, vohada mavjud shifobaxsh va tibbiyot hamda boshqa sohalarda keng foydalaniladigan buloq, chashma suvlari va balshiqlar aholi sog`ligini tiklash, sog`lomlashtirish va dam olishi uchun qulay charoit yaratadi. Yirik suv manbalari atroflarida sho`milib dam olish zonalarini tashkil etib, bir vaqtning o`zida bunday joylarda jkishik mulliy bog`lar va yirik akvariumlarni tashkil etishni imkoniyatlari yuqori. Shunki kishilar dam olishi bilan birga yirik akvariumlarda suv hayvonlari olamining noyob vakillari bilan tanishib zavqlanadilar. Bumday joylarga Zarafshon daryosi bo`ylari, Kattaqo`rg`on, To`sinsoy, To`dako`l suv omborlari va Zarafshon qo`riqxonasini misol qilib olish mumkin.
Zarafshon daryosi qayiri o`simlik dunyosiga boy hududlardan biridir. Tadiqotlar shuni ko`rsatadiki, voha hududining aksariyat joylarida, ayniqsa bahor oyining o`rtalarida o`simlik dunyosining nihoyatda g`ozal manzarani hosil qilishi mavsumiy hamda qisqa muddatli dam olishni va sayyohlikni tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari vohaning qadimiy aholi manzilgohlarida asrlar davomida saqlanib kelinayotgan daraxtlar rekreatsion ahamiyatga egadir. Samarqand viloyatidagi Urgut (Yuqori Shorshinor, 1020 yillik), Kattaqo`rg`on (Qoradaryo qishlog`ida 565 yillik shinor), Jomboy (Holvoyi qishlog`ida) va vohaning boshqa joylarida ming yillik daraxtlar aqlanib qolgan. Bundan tashqari Samarqand shahri atrofidagi Amir Temur bog`larining dong`i butun dunyoga mashxur. Bu bog`lar sayyohlarni hayratga solgan. Shaharning 90 ga dan ortiq hududi parklar va xiyobonlar, 500 ga maydonini bog`lar va uzumzorlar egallagan. Hozirgi paytda shahar hududida, ayniqsa universitet xiyoboni hamda turli xil qadimiy shinorlar, qayrag`osh va tut daraxtlari (SamDU biologiya bo`limi hovlisidagi Xitoyda muqaddas sanaluvshi Gingo daraxti) o`simlik dunyosiga qiziquvshi ko`plab kishilarni o`ziga jalb etishi mumkin.
Vohada Zarafshon qo’riqxonasi bor. Zarafshon qo’riqxonasi 1975 yilda to’qay landshaftlarini va u yerdagi o’simlik hamda hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan. U Zarafshon vodiysining sharqiy qismida, Bulung`ur va Jomboy tumanlari hududida joylashgan, maydoni 2,5 ming gektar qo’riqxonada asosan Jirg`anoq muhofaza qilinadi. Jirg`anoq to’qay o’simligi bo’lib, uning mayda mevasi darmon-dorilarga boy, tibbiyotda ishlatiladi, undan moy olinadi. Qo’riqxonada shuningdek, qirg`ovul ham muhofaza qilinmoqda.
Qo’riqxona – tabiat komplekslarining shunday qismiki, unda barcha tabiiy komponentlar inson tomonidan deyarli o’zgartirilmagan, ya’ni tabiiy holda bo’lishligi Bilan ajralib turadi. Qo’riqxona uchun ajratilgan hudud mazkur landshaft uchun xarakterli va uning barcha jiddiy muhofaza rejimi tashkil qilinadi. Unda darax tyoki butalarni ekish, cho’l, o’t, qo’ziqorin terish, pichan o’rish, mol boqish qatiyan mann etiladi. U yerga sayohlar, ilmiy xodimlar va boshqa mutaxassislar qo’riqxona rahbariyati tomonidan olingan ruhsatdan so’ng kirishlari mumkin.
Viloyatimi aholisi ham qisqa muddatli dam olishi yokm tabiatdagi tabiiy komponentlar inson tomonidan o’zgartirilmaganligini tabiiy holda ko’rishlari mumkin. Masalan: Zarafshon qo’riqxonasiga borishlari mumkin, lekin har doim emas nimagaki bunday joylarda tabiatning noyob yodgorliklari hisoblanadi. Faqat oligan ruhsatdan so’ng tomosha qilib xordiq chiqarib ketishlari mumkin.
Qo’riqxonalar – tabiatning tabiiy andozalaridir. Ulardagi o’simlik olami va hayvonlari mazkur mintaqa uchun tipik bo’ladi. Qo’riqxona atrofida qo’shni hududlarga o’tish uchun oraliq mintaqa mavjud bo’lib, unda ham ov qilish ta’qiqlanadi, faqat pichan o’rish, ba’zi kasal daraxtlarni qirqishga ruhsat beriladi.
Qo’riqxonadagi ilmiy tadqiqot ishlari o’ziga xos va xilma-xildir. Birinchi bosqichda florava fauna qayta ro’yxatdan o’tkaziladi, tabiiy sharoitlar sinchiklab o’rganiladi. «Tabiat yilnomasiga» alohida ahamiyat beriladi, ya’ni yil mavsumlarida o’simliklarning o’sishidagi o’zgarishlar hisobga olinadi, hayvonlar sonining o’zgarishi, qushlarning uchib kelishlari muntazam yozib boriladi.
Zarafshon qo’riqxonasi va undagi to’qayzorlardagi o’simliklar dunyosi sayohlarning miriqib dam olishi a ulardan zavqlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib viloyatimizda joylashgan Zarafshon qo’riqxonasini ham yuqorilardan kelib chiqqan holatda viloyatimiz aholisini, maktab yoshidagi o’quvchilarni dam olish kunlari qo’riqxonaga olib kelib tabiatning tabiiy holatini o’z ko’zlari Bilan ko’rsa, tasavvurga ega bo’ladi, ikkinchi tomondan ularda estetik madaniyat tabiatga bo’lgan munosabatini ham shakllanishi uchun ijobiy samara
beradi. Qo’riqxona atrofida Zarafshon daryoini ikki qismga bo’linish yeriga yaqin bo’lgan joyda viloyatimiz aholisi va boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan sayohlar uchun maxsus basseyn tashkil etilgan bo’lib, unga cho’milish, suzish Bilan bog`liq sport o’yinlari, qolaversa Zarafshon daryosining o’ng va chap irmog`i atrofida sayr qilish, cho’milish, quyosh va havo vannalaridan foydalanish mumkin. Viloyatimiz tumanlari aholisini mavsumiy ya’ni ayniqsa bahor faslida tabiatning uyg`onishni ko’rish, ko’m-ko’k daryo atroflariga oilaviy yoki ishchi jamoasi Bilan dam olishga chiqib tabiat go’zalligini tomosha qilish mumkin. Masalan ikki daryo oralig`i (Oqdaryo, Qoradaryo) Miyonqalani ham rekreasiya resurslarini rivojlanitish ham kata ahamiyat kasb etadi. Bu yerlarga asosan Oqdaryo va Ishtixon tumanlari hududini o’z ichiga oladi. Masalan baliq ovlash, cho’milish, oz miqdorda bo’lsa ham suv sporti, qayiqda suzish, eshkak eshish musabaqalarini uyushtirilsa bo’ladi. Viloyatimizning diqqatga sazavor joylarini tarixiy yodgorliklarini, obidalarni ko’rib chet eldan kelgan sayohlarimiz kelib ko’rib zavqlanib dam olib ketadi, ammo tabiiy rekreasiya resurslarimizga sayohlarni jalb etishimiz sust darajada.
Mahalliy sayohlarni tartibsiz hyech qanday qonun qoidaga bo’ysinmasdan o’zlari hohlaganiga borib daryo atrofida qisqa muddatli dam olishi salbiy oqibatlar ham keltirib chiqarmoqda. Masalan dunyoning rivojlangan ko’pchilik davlatida oddiy gina bir daraxt shohini kessa yoki biror bir yerdagi tabiat komponentlariga salbiy munosabatda bo’lsa jarima to’lanadi. Men o’zim Oqdaryo tumani hududidan oqib o’tadigan Qoradaryo misolida ko’radigan bo’lsam o’sha yerdagi daryo atrofidagi to’qayzorlardagi o’simlik va hayvonot olamiga mahalliy aholining tartibchiz holatda borib dam olishi mavsum bo’yicha, o’sha daryo atrofida sayr qilish, baliq ovlash, bu yaxshi ikkinchi tomondan o’sha yerdagi butalarni o’tin qilib yoqish yoki boshqa ba’zi bir ko’ngilsiz holatlarni kelib chiqishiga sabachi bo’lmoqdalar. Miloddan avvalgi 330-329 yilda Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoni bosib olganidan so’ng Amudaryodan o’tib Qashqadaryo keyinchalik Samarqandni ham bosib oldi. O’sha paytida Zarafshon daryosi «Politimet» deb atalgan. Uning tarixchisi Arrianni yozishicha «Zarafshon daryosini atrofii qalin o’rmon Bilan qoplangani va u yerdagi Aleksandr Makedonskiy o’zining lashkarlari Bilan Sher ovlaganligini yozgan. Yillar o’tishi natijasida insonning tabiatga ta’siri kundan-kunga kuchayib daryo atrofidagi landshaftlar shu holatiga kelib qolgan. Zarafshon daryosida joylashgan Kattaqo’rg`on suv omborida ham mavsumiy, qisqa muddatli rekreasiya resurslarini rivojlantirish uchun qulay. Bahor, yoz va kuz oylarida suv ombori atrofida cho’milish, baliq ovlash, tabiatning tabiiy manzarasini o’z holatida ko’rish mumkin. Yana Qoradaryoda qurilgan Damxo’ja suv ombori ham mahalliy sayohlarni qisqa muddatli dam olishi uchun bu yerda ham qulay sharoit bor.
Rekreasion obyektlarda dam oluvchilarni fiziologik holati joyning havo haroratiga bog`liq. Ye.A.Katlerov (1978) ma’lumotiga ko’ra kishilarni sog`ligi uchun eng qulay harorat, o’rtacha sutkalik harorati +100, +220 atrofida bo’lgan harorat. Qoratepa tog`lari va tog`oldi tekisliklaridagi Langar rekreasion obyekti bu obyekt Langarsoy havzasida joylashgan. Uning rekreasion omillari soyning o’rta qismida joylashgan soya-salqin daraxtzorlar, yashil buloqlar, toza tog` havosi, soy bo’ylab oqayotgan zilol suvlar va soyning chap yonbag`irida joylashgan ulkan hurkaktoshdan iborat. Bu obyektning yoqimli tabiati bahor va issiq yoz oylarida rekrayentlarga sog`lomlik bag`ishlaydi. Hurkaktoshning hajmi 18 m3, og`irligi 54 tonnaga teng bo’lib salgina kuch Bilan itargan qimirlaydi. Shuning uchun u hurkaktosh, ya’ni qimirloq tosh deb ataladi. Bu tosh granit tog` jinslarini tabiiy geografik jarayonlarni ta’siri natijasida hosil bo’lgan.
Zarafshon daryosining yuqori qismidagi qadimiy Rovtxo’ja suv arig`i, earimizdan avval qurilgan Darg`om kanali, Eski tuyatortar kanalini ham sayohlarga ko’rsatish kata ahamiyatga ega. Bunday joylarni reklama qilish va qiziqtirish orqali sayohlarni keng jalb qilish mumkin. Viloyatimiz bo’yicha tekislik qismidagi rekreasiya resurslari ham ham tog` va tog`oldi hududlaridagi rekreasiya resurslari kabi musaffo havosi, tabiati, o’simlik va o’ziga xos hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi. Mavsum bo’yicha bahor oylarida juda ko’p mahalliy aholi ko’p tabiat qo’yniga chiqadi. Tekisliklarda bahor oylarida yog`ingarchilikning ko’p bo’lishi o’simlik olamini barq o’rib rivojlanishi uchun vegertasiya davrida hamma joy yam-yashil bo’lib tezda vegetasiya davri tugaydi. Tekislik qismidagi rekreasiya resurslari barcha tumanlar hududida bor va mavsum bo’yicha aholi borib dam olib, hordiq chiqarib kelmoqda.
Shunday qilib O’zbekistonning tekislik, tog` va tog`oldi geotizimlari o’ziga hos rekreasiya zonalir ekanligini, ularni rekreasiya resurslaridan foydalanishning hozirgi ahvolini, bu hududlarning hozirgi ekologik holatini, ularning tabiiy sharoitlarini rekreasiya jihatidan baholashni amalga oshirishda qo’llaniladigan tamoyil va usullarni aniqlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |