analizatorning periferik bo'limining markaziy analizator bilan boqlaydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
periferik (receptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan mahsus transformator qismi;
analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq bo'limlari.
Ingliz olimi CH.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo'ladi:
Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning hususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar;
Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (ahborot, habar) beruvchi muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psihologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psihologiya fanida mazkur sezgilar to'la o'rganilmaganligi sababli uni “noma'lum hislar” deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |