3. Engil metall qotishmalari.
- Engil metall ruda koni alyuminiy konlaridan iborat temir alyuminiy rudalari asosan boksitdan olinadi.
Berilliyli qotishmalar (berillievie splavi) — berilliy asosidagi qotishmalar. Asosiy afzalliklari — 600—800°C t-ragacha solishtirma mustahkamligi va solishtirma bikrligining yuqoriligi hamda neytronlarni qamrash kundalang kesimining kichikligi; asosiy kamchiliklari — xona va kriogen (120°K dan past) temperatularda plastikligining pastligi, zararliligi. Berilliyli qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar va yarim fabrikatlar, asosan, kukun metallurgiyasi metodlari bilan, kamdan-kam hollarda quyish usuli bilan olinadi. Berilliyli qotishmalardan yadro energetikasi, kosmonavtika, aviasiya, kemasozlik va boshqa sohalarda foydalaniladi.
4. Metall qotishmalar.
- Og’ir metall qotishmalari.
Qo`rg’oshin qotishmalari (svinsovie splavi)— qalay, surma, mis va boshqa elementlar qo’shilgan qo`rg’oshin asosidagi qotishmalar. Uncha qattiq emas, suyuqlanish temperaturasi past, zichligi katta, yaxshi texnologik va antifriksion xususiyatga ega, korroziyabardoshligi yuqori. Podshipnik materiallari, bosmaxonada va boshqa oson eruvchi qotishmalar sifatida, pitra kabel qoplamalari uchun ishlatiladi.
Kadmiylash (kadmirovanie)— atm. korroziyasidan, dengiz suvi ta’siridan himoya qilish, shuningdek bezash uchun metall buyumlar sirtini yupqa (odatda, 10—25 mkm) kadmiy qatlami bilan qoplash. Elektroximiyaviy va vakuum (murakkab shaklli buyumlar uchun) usullarda amalga oshiriladi. Samolyotlar, kemalarning eng muhim detallari, shuningdek tropik iqlim sharoitida ishlatiladigan buyumlarning sirti kadmiylanadi
Kobalt qotishmalari (kobaltovie splavi)— tarkibida xrom, nikel va uglerod, molibden, volfram, niobiy, kremniy, marganes va boshqa elementlar bo’lgan kobalt asosidagi qotishmalar. Olovbardosh, eyilishga chidamli (k. Stellit) va magnit jihatdan qattiq xillari bor. Kobalt kamyob bo’lgani uchun Q.q. ni ishlatish cheklangan.
- Asl metall qotishmalari.
- Asl metall ruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi.
- Asl metall ruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi. Asl metall ruda konining eng katta zapasi kamdan-kam hollardagina o’n minglab t ga etadi va, odatda, o’nlarcha-yuzlarcha t bo’ladi, (masalan, 1 t rudada juda kam hollardagina 10 g dan ortiq oltin (0,001 %) bo’ladi). Oltin rudalari oltinli kvars va boshqa tarkibli gidrotermal tomirlar va shtokverklarda uchraydi (masalan — Shnmoli-Sharq, G’arbiy va Sharqiy Sibir, Ural, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqalarda). Uran (radiy) va toriy konlari radioaktiv metall ruda konini tashqi l etadi. Uran rudalari konlari ichida gidrotermal va cho’kindi konlar muhim rol o’ynaydi. Toriy rudalari granitoidlar va ishqorli jinslar bilan uzviy bog’liq; Toriyning metallning asosiy qismi aksessor minerallar (monasit, sirkon, kseno-tim, ortit) tarkibida, bir qismi pegmatitlarda, qolgan qismi esa, Sn, Pb, Zn, Ag, Co, Ni, U va boshqa rudalari bilan to’planadi.
- Oltin yugurtirish (zolochenie)— buyumlar sirtiga yupqa (mkm ning ulushlaridan bir necha mkm gacha) oltin qoplash; bunda buyum bezaladi, himoyalanadi yoki himoyalanib, ham bezaladi.
- Kumushlash (serebrenie)— buyumlarni korroziyadan saqlash, yaltiroq qilish va bezash maqsadida ular sirtiga galvanik usulda kumush qatlami qoplash.
- Palladiylash (palladirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan saqlash yoki ular sirtlari nurni yaxshi qaytara oladigan qilish uchun ularni galvanik usulda palladiy bilan qoplash.
. Platinalash (platinirovanie) — 1) metall buyumlarning korroziya bardoshligini, nur qaytarish xossalarini, eyilishga chidamliligini oshirish, shuningdek kontakt elektr o’tkazuvchanligining doimiyligini saqlash uchun ularning sirtiga elektrokimyoviy usulda yupqa (1—5 mkm) platina qatlamini qoplash.
Platinali qotishmalar (platinovie splavi) — platina (asos) ning boshqa asl metallar, ko’pincha rodiy (40% gacha), palladiy (50%gacha), iridiy, shuningdek nikel, kobalt, xrom, volfram va molibdenli qotishmalari. Ko’pchilik yemiruvchi muhitlarda korroziyabardoshlik, mexanik xossalarining yuqoriligi, ko’p hollarda esa katalizator kabi ta’siri bilan harakterlanadi. Qarshilik pechlarining qizdirgichlari, elektr kontaktlar, termoparalar uchun, kimyo va boshqa sanoat sohalarida olovbardosh va korroziya-bardosh materiallar sifatida ishlatiladi
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |