ZAMONAVIY MUTAASSIB OQIMLAR VA ULARNING MAQSADLARI, MAFKURAVIY TIZIMI Keyingi yillarda Yevroosiyo qit’asi va Afrikada joylashgan qator mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning faollashuvi kuzatilmoqda. . Diniy sohada ekstremizm boshqa din vakillariga va hinduiylar, hinduiylar va sikxlar, Myanmadagi musulmonlarning qirg‘in qilinishi va boshqa nizolar), bitta din ichidagi (Pokiston, Afg‘oniston, Iroqda sunniylar va shialar, Suriyada alaviylar va sunniylar) mojaroli munosabatlar, dunyoviy tuzumga qarshi kurash (aksariyat musulmon mamlakatlarida) yoki xalqaro darajadagi sivilizatsion qarama-qarshiliklar («Al-Qoida», «Hizbulloh» tashkilotlari ) bilan bog‘liq. Diniy ekstremizmning mohiyati jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan ma’naviy-etik qadriyatlar va diniy-aqidaviy qarashlarni rad etish hamda umuminsoniy qadriyatlarga zid keluvchi dunyoqarashni agressiv ravish da targ‘ib qilishdan iborat. Bu diniy oqim a’zolari tomonidan o‘z g‘oyalarini butun jamiyatga tarqatishga qaratilgan harakatlarda namoyon bo‘ladi. Islom olamida ekstremistik mafkuraning vujudga kelishi ildizlari sifatida quyidagilarni etirof etish mumkin: O‘zini islom nomi bilan bog‘laydigan diniy ekstremistik tashkilotlarning xususiy jihatlari quyidagilardan iborat: – dunyoviy davlat va jamiyatga murosasiz munosabatda bo‘lish va uni shariatga asoslangan tuzumga aylantirishga harakat qilish; – dinning davlatdan ajratilishini rad etish va jamiyatning barcha a’zolarini majburan shariat talablari asosida hayot kechirishini ta’minlash; – islom dinini dunyoning boshqa jamiyatlariga qarshi qo‘yish; – mamlakatlarning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini tan olmaslik, yagona davlat — «xalifalik» qurish g‘oyasini ilgari surish; Takfir – dindan chiqqanlikda, kofirlikda ayblashidir. Takfir ekstremistlar tomonidan aynan musulmonlarga qarshi qo‘llanilmoqda. «Jihod» – diniy ekstremistik oqim vakillari tomonidan faqat muqaddas urush, «g‘azot» ma’nosida qo‘llanilib, islomiy davlat qurishning farz hisoblangan vositasi sanaladi. MA’LUMOT UCHUN Terrorizm hurujlari natijasida musulmon mamlakatlarida qurbon bo‘lganlar soni hisoblab chiqildi Mutaxassislar musulmon mamlakatlarida terrorizm hujumida qurbon bo‘lganlar sonini hisoblab chiqdilar. Tadqiqotga ko‘ra, o‘tgan besh yil davomida musulmon mamlakatlarida sodir etilgan terroristik hujumlar natijasida ikki yuz mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va yarador bo‘lgan. Bu haqida ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Musulmon davlatlarining terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasining birinchi yig‘ilishidagi ma’lumotlar asosida Anodolu axborot agentligi xabar bermoqda. Shuningdek, xabarda o‘tgan davr mobaynida terrorizm musulmon mamlakatlariga 348 milliard dollar miqdorida zarar keltirgani ta’kidlangan. Iroq, Afg‘oniston, Pokiston va Nigeriya eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar bo‘lib, terror qurbonlarining taxminan 70 foizi shu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. 2017 yilning 25 noyabr kuni Misrdagi masjid amalga oshirilgan hunrezlik natijasida kamida 305 kishi halok bo‘lgan. Манба: www.islam-today.ru
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |