Xorijiylar o‘zlari «dindan qaytgan», deb e’lon qilgan siyosiy raqiblariga nisbatan o‘ta murosasiz bo‘lgan. Og‘ir gunoh qilgan musulmonlarni kofirga chiqarib, ularga qarshi qurolli jihod olib borganlar. Keyinchalik xorijiylar bir necha guruhlarga bo‘linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borganlar. Xorijiylar xalifalikdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonlarda qatnashganlar. Hozir xorijiyning ibodiylar firqasi mag‘rib mamlakatlarida (Jazoir, Liviya, Tunis va h.k.), Ummon va Tanzaniyada uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |