Taqrizchi: professor: Umarova K.
10.10.2021 yil
Konspekt (lot. Conspectus - qarash) - kitob, maqola, ma'ruza va boshqalarning qisqacha yozma bayonoti. O'quv dasturi qisqacha konspekt, asosiy tamoyillar, faktlar va misollardan iborat.
Konspekt tuzish ko'p vaqtni, fikrlashni, nazorat bilan yozishni talab qiladi.
Konspekt:
- reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan bóladi;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak
• Gap nima haqida;
• Nima ta’kidlanayapti;
• Qanday dalillanayapti
Konspektda so’zlar ko’p bo’lishi, haddan ortiq ko’chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o’zingizni tiying.
Do'stlaringiz bilan baham: |