Andijon Mashinasozlik instituti “Transport va Logistika” fakulteti Transport logistikasi yo’nalishi 1-Kurs talabasi Ermatov Axrorjonning “Transportning umumiy kursi ” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI.
MAVZU: Yo’lovchilarga transport xizmatlari ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari REJA
1.Yo’lovchilarni tashishning transport turlari o’rtasida taqsimlanishi.
2. Yo’lovchi oqimlarining tavsiflari
3. Yo’lovchilarga transport xizmatlari ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari.
1 Yo’lovchi transporti katta ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki insonning eng muhim ehtiyojlaridan biri — ko’chishga bo’lgan ehtiyojni qanoatlantiradi. Bajariladigan yo’lovchilarni tashishlar u yoki bu transport turini ko’proq yaqqol tavsiflaydi, chunki yo’lovchilar o’zlarining mulohazalaridan kelib chiqqan holda uning yutuqlari va kamchiliklarini turlicha baholaydilar. Yo’lovchilarni tashish bozorida transport turlari o’rtasilagi raqobat yuklarni tashishga qaraganda anchagina kuchli. Yo’lovchilarni tashish transport bozori har xil transport turlarining xizmatlarini taqdim qiladi. Yo’lovchilar ko’pincha narxi, tezligi, muntazamligi va shinamligi bo’yicha teng qiymatli bo’lmaydi. Yo’lovchi o’zining imkoniyatlari, maqsadlari va didiga tayangan holda, ba’zan esa majburiy tarzda u yoki bu transport turini tanlaydi.
O’zbekistonda yo’lovchi aylanmasi bo’yicha ham birinchi o’rinni avtomobil transporti egallaydi uning ulushi 46% dan oshiq. Temir yo’lning yo’lovchi aylanmasidagi ulushi 39% gacha ortadi. Yo’lovchilarni tashishda havo transporti muhim o’rin egallaydi. Uning umumiy yo’lovchi aylanmasidagi ulushi 14% ni tashkil qiladi. Biroq kelajakda O’zbekiston va MDH mamlakatlarining ulkan havo kengliklarida yo’lovchilarni uzoq masofalarga havo transporti bilan tashish hajmlari sezilarli darajada ortishi lozim.
Yo’lovchilarni daryo va dengiz transporti bilan tashishga nisbatan juda kichik ulush to’g’ri keladi (1% dan kam). O’zbekistonda yo’lovchi transportini rivojlantirish strategiyasi faqatgina tashishlar hajmining oshirishni emas, balki yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifatini sezilarli darajada oshirish, harakatlanish tezliklarini oshirish, tashishlarga hamrohlik qiladigan xizmatlar doirasini kengaytirishni (mehmonxonalar, ovqatlanish, dam olishni tashkil qilish va hokazolar) ko’zda tutishi lozim.