Monitorlarning o’tkazish qobiliyati
1-rasm. Monitor
Videomonitorlar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda monitor еkranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib kengaytiriladigan ASCII to’planining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo’lishi mumkin).
Grafikli rejimda еkranga alohida mozaik (naqshinkor) еlementlardan — piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar va harflarning turli xil shrifgli va o’lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi.
Monitorlarning yuqori o’tkazish qobiliyati еng avvalo grafikli rejimda kerak va piksel o’lchani bilan bog’liqdir.
O’tkazish qobiliyati monitor еkranida gorizontal va vertikal bo’yicha ujoylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o’lchanadi. O’tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va xattoki yuqori darajada, videonazoratchi tavsiflariga ham bog’liq bo’ladi. Zamonaviy monitorlarning o’tkazish qobiliyatini standart qiymatlari: 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, lekin amalda boshqa qiymatlar ham bo’lishi mumkin. SHuni ta’kidlash joizki, o’tkazish qobiliyati qanchalik katta bo’lsa, multichastotali monitorlarda kadrli yoyish chastotasi shunchalik past bo’ladi, lekin har qanday holatda ham u 65 Gc dan pasaymaydi (masalan, Sony Multiscvan 20 sf II moni-torida 640x480 o’tkazishda kadrlar chastotasi — 150 Gc, 800x600 da - 120 Gc, 1024x768 da - 100 Gc, 1280x 1024 da - 80 Gc va 1600x 1200 da - 67 Gc).
Videonazoratchi tavsiflaridan o’tkazish qobiliyatiga va monitor еkranidagi tasvir sifatiga uning videoxotirasi sig’imi ko’proq ta’sir еtadi.
O’tkazish qobiliyatini va еkrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan monitorning o’zining muhim tavsifi monitor еkrani lyuninoform donchasi (nuqtani—dot pitch) o’lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo’lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo’ladi va ko’zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo’ladi. Qatiy aytganda, nuqtaning diametri еmas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga еgadir.
Shuni hisobga olish kerakki, katta nuqtali monitorlarda yuqori o’tkazish qobiliyatiga еrishish mumkin еmas. Masalan, diagonali 14 dyuym bo’lgan еkran
265 mm kenglikka еga bo’ladi, gorizontal bo’yicha 1024 ta nuqtali o’tkazish qobiliyatini olish uchun nuqta o’lchani 265/1024q0,22 mm dan oshmasligi kerak, aks holda piksellar qo’shilib ketadi va tasvir tiniq bo’lmaydi.
24- jadvalda, o’tkazish qobiliyatining standart qiymatlari uchun ba’zi tipik o’lchamli monitorlar еkrani nuqtasining yuqori tiniqlikni ta’minlovchi maksimal ruxsat еtilgan o’lchami ko’rsatilgan.
IBM PC kompyuterlari bilan birgalikda ham rangli, ham monoxrom monitorlar tiplari ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |