Birinchidan, 1917 yilda sodir bo'lgan oktabr to'ntarishi va buning natijasida hokimiyatni qo'lga kiritgan bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g'oyani avval boshdanoq o'ziga singdira olmadi va unga qarshi turdi. Ikkinchidan, yangi tuzum o'rnatilgan kundanoq mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Qozi sudlovi bekor qilindi, vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qo'yildi. Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg'ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o'tadi, xolos. Chorizmning mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg'onaliklar Turkistonda birinchi bo'lib bolsheviklar rejimiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan bog'liqdir. - Ko'p o'tmay Mulla Ergash qo'rboshi yigitlari safiga Farg'onadagi sovetlar tuzumidan norozi bo'lgan yuzlarcha va minglarcha kishilar kelib qo'shildilar. Markazi Bachqir qishlog'i bo'lgan Qo'qon uyezdi istiqlolchilik harakatining dastlabki tayanch nuqtasi bo'lib qolgan edi. 1918 yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg'ona vodiysi aholisi o'rtasida juda mashhur bo'lib ketdi. Sovet ayg'oqchilaridan birining ma'lumotiga ko'ra, «Ergash qo'rboshining musulmon va rus aholisi o'rtasida paydo bo'lishi olqishlarga sazovor bo'ldi, unga eng yuksak tilaklar tilandi hamda uning qiyofasida Andijon va Qo'qonda o'rnashgan sovet qo'shinlaridan, hukumat vakillaridan va har qanday zo'ravonlikdan halos qiluvchi insonni ko'rdilar». U 1921 yil 19 dekabrda o'z qarorgohi Xonobodda qizil askarlarga qarshi bo'lgan jangda halok bo'lgan.
- 1918 yil mart oyiga kelib Farg'ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo'rboshi dastalari faoliyat ko'rsatardi. Madaminbek Skobelev uyezdida, Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg'ilon atroflarida, Omon Pahlavon, Qobul, Sotiboldi qozi va Rahmonqul Namangan uyezdida, Parpi qo'rboshi Andijon shahri atrofida, Eshmat qo'rboshi Qo'qonning Buvayda qishlog'ida, Umar-Choli Urganji qishlog'ida, Jonibek qozi O'zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edi.
- Bu tarqoq holda bo'lgan istiqlolchilik harakatini yagona qo'mondonlikka bo'ysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida «Sho'roi Islom» va «Sho'roi Ulamo» tashkilotlari a'zolarining tashabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog'ida Farg'onadagi butun qo'rboshilarning birinchi qurultoyi chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo'rboshilar qatnashdi. Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining boshlig'i qilib Katta Mulla Ergash saylandi va unga butun musulmon qo'shinlarining Oliy Bosh Qo'mondoni—«Amir al-muslimin» unvoni berildi. Ergash qo'rboshining o'rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbek tayinlandi.
- Umuman olganda, Farg'ona vodiysida 1918 yilning o'rtalariga kelib, taxminan yuzga yaqin qo'rboshi o'z dastalari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bormoqda edi.
- Turkistondagi istiqlolchilik harakatining muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar, vazifalar qanday bo'lishidan qat'i nazar, boshdan oxirigacha bir ustivor g'oya —
Do'stlaringiz bilan baham: |