John Loke (1632-1704). John Loke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, kozga koringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi Shonli revolutsiya (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bolgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat ornatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bolsak, u haqida Loke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega malumotlarni qoldirgan.
Loke insonlar oz kuchi va sa’yi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol-mulkiga ega bolish huquqi borligiga ishongan. Biroq koproq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar oz mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni taminlash bolgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Loke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu Ijtimoiy shartnoma nazariyasi sifatida tanilgan. Unga kora: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga boysunishga rozi boladi, evaziga jamiyatga azo bolganlar uchun mol-mulk, erkinlik, soglik va hayot himoyasiga ega bolishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bolishiga olib keladi. Davlatning 2-xazinasi asarida Loke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qoya olmaydi deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga tolovlar tolab turishi kerakligini Loke ,,Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bolmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa oz mulkidan malum qismini oz roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak degan fikri bilan ifodalagan.
2 SOLIQLARNING MAKROIQTISODIY MOHIYATI VA OBYEKTIV ZARURLIGI.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bolishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bogliqdir. Shu orinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini takidlash lozim. Soliq tushunchasi tor manoda davlat ixtiyoriga soliq tolovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Malumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bolishi bilan bogliqdir, yani davlat ozining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, yani ishlab chiqarish sohasida faoliyat korsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bolgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qoyadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli boladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag bilan taminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari kop bolib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan bazi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yoqola borsa, yangi vazifalar paydo bola boshlaydi.
Davlat paydo bolishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi ozgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining ozgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yigib olish usullari xilma-xil bolganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |