QO'QON UNIVERSITETI BOSHLANG'ICH TA'LIM YO'NALISHI BT 1-19 GURUH TALABASI MIRZAYEVA MOHIRANING PEDOGOGIK MAHORAT FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:SADRIDDIN AYNIYNING "ESKI MAKTAB" ASARI TAHLILI
Ayniyni chetlab na Rudakiy va Firdavsiyning, na Sa’diy va Hofizning, na Jomiy va Navoiyning, na Bedil va Donishning ijod olamiga dadil kirib borish mumkin emas. Ayniyning ilmiy-adabiy merosi o‘tmish, bugun va kelajakni bir-biriga bog‘lovchi bir oltin halqadir.
Sadriddin Ayniy amirlik zamonida voyaga yetdi, tanildi. Eski maktab, madrasa ta’limini oldi. Otasining "Mulla bo‘lma, qozi bo‘lma, odam bo‘l", degan o‘giti ta’sirida kamol topdi. Maktabning, madrasaning chalamullalikka yo‘naltirilgan ta’limoti, amirlikning mutaassiblikka tayangan tartiboti ma’rifatli ota o‘gitiga amal qilgan yosh Sadriddinda qoniqmaslik, norozilik, keyinchalik cheksiz nafrat hisini oshirdi. Ilk she’rlarida imo-ishoralar, ramzlar vositasida ko‘ringan bu tuyg‘u nasriy asarlarida ochiq-oydin aks eta boshladi. Atrofdagi nochorlik, zulm va zo‘ravonlik, amir jallodlari tomonidan akasining qatl etilishi, o‘zining darra bilan kaltaklanishi kabi ob’yektiv, sub’yektiv omillar bu nafrat tuyg‘usini alangalatganligi shubhasiz.
Yozuvchi madrasada o‘qib yurgan chog‘lari muqim turarjoyga ega bo‘lmagan. Ba’zan akasining, do‘stlarining, tanishlarining hujralariga ko‘chib yurgan. Umuman boshpanasiz qolgan paytlari ham bo‘lganki, uning o‘z ta’biri bilan aytganda, "ko‘ylagining ichida" yashab yurgan. O‘sha paytlarda yozgan she’rlari amir Abdulahadxonga ma’qul bo‘lib, saroyga ishga taklif qilinadi. Ammo Ayniy turli sabablarni ro‘kach qilib, bu taklifni rad qiladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, bu dunyoning pastu balandini, oqu qorasini erta anglagan yozuvchida shaxsiy sifatlar shakllana boshlagan edi.
Olamni ob’yektiv yo sub’yektiv talqin etishda ijodkorni voyaga yetkazgan ijtimoiy, ruhiy-psixologik jarayonlarning ta’siri o‘z izini qoldiradi. Xolislik ijodkor uchun yaxshi fazilat. Har qancha xolisonalik bo‘lsa-da, tarixiy voqelik baribir ijodkor xarakteri, tafakkuri va qalbi "tahriri"dan o‘tib, muayyan bir asar shakliga kiradi. Ijodkorning xarakteri, tafakkuri, qalbi esa uni qurshab kelgan muhit va sharoitning "havosidan nafas oladi".
Adibning "Eski maktab"asarida o‘zi ishtirok etgan tarixiy davr hodisalari hikoya qilinadi. Bu asrni o'qiganda quyudagi yutuq va kamchiliklarini ko'rishimiz mumkin.
Yutug'i:otin bibining bilim berish bilan birga mehnatsevarlik ham o’rgatishi.
Kamchiligi:bolalarning juda erta maktabga borishi;
Yutug‘i:o’quvchilarni bir me’yorda o’tirishini ta'minlash;
Kamchiligi:xonalarining qorong'uligi ,bolalarni qamab dars o’tishi;
Yutug'i:hamma bolalarning darslikni to’liq yod olishi; - Kamchiligi:domlaning bolalarga darslikni tushuntirmasdan o’qitgani;
Yutug‘i:muallifning otasining bilimga chanqoqligi ;
Kamchiligi:pora sifatida ulardan narsalar olishi, o’quvchilarni ayovsiz jazolashi;
Yutug'i:har bir dars boshlanganda "Bismilloh"ni aytishi
Kamchiligi:kattalar tomonidan kichiklarni tah qirlanishi;
Yutug'i:otaning maktabdor oldidagi jasorati;
Sadriddin Ayniyning eng muhim xizmatlaridan biri shundaki, u o‘zbek va tojik realistik prozasining shakllanishi va rivojiga munosib ulush qo‘shdi. Sho‘ro zamonida adabiyotga qo‘yilgan talablar bilan barcha davrlarga birdek xizmat qila oladigan asarlar yaratish kamdan-kam ijodkorga nasib qildi. S.Ayniy, shubhasiz, shunday ijodkorlar sirasiga mansub.
S.Ayniy darsliklarida tanlangan matnlar ta’lim-tarbiya maqsadiga qaratilgan bo'lib, ijodining har bir yo'nalishida Vatan va insonga muhabbat alohida o'rin olgan. Uning insonlaiga qarata doimiy shiori «O'qishga g'ayrat qil, odam bo'l. Keyin kuching yetguncha o'z Vataningga xizmat qilasan!» — edi. S.Ayniy
vatanparvarlikning bosh yo'li ona tiliga muhabbat deb hisoblagan. Shu sababli maktab ochib, bolalami o'z ona tilida o'qitgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |