O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Hozirgi òzbek adabiy tili fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI VA NOMLANISHI
Bajardi: BOBOQULOVA SHAXRIZODA
BUXORO 2022
Mavzu: O’ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI
VA NOMLANISHI
KIRISH
Òzbek xalqining kyelib chiqishi haqida ilmiy kontsyeptsiyalar va qarashlar
Òzbek xalqining etnik shakllanishi tarixiga doir olib borilgan tatadqiqotlar
Òzbek millatining shakllanish jarayoni va o’zbyek atamasining umummillat enonimga aylanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi Asrimizning 40-yillarigacha xorijiy va sobiq SSSRda tarixchi olimlar o’rtasida o’zbek xalqining etnik tarixi XV—XVI asrdan, ya’ni Movarounnahr hududiga dashtiqipchoq o’zbeklarining kirib kelishidan boshlanadi, degan fikr hukmronlik qilib kelar edi. O’rta Osiyo xalkdarining tarixini mukammal o’rgangan olimlarning ko’plari bu noilmiy fikrlarga qo’shilmaganlar. SHulardan biri taniqli olim, professor A. YU. YAkubovskiy edi.
Mavzuning o’rganilish darajasi A. YU. YAkubovskiy 40-yillarning boshlarida chop etilgan risolasida o’zbek xalqining shakllanishi masalasiga mutlaqo yangicha, ilmiy asoslar bilan yondashadi. Uning bu masalaga qarashlarini quyidagicha izohlash mumkin: ko’chmanchi o’zbeklar hozirgi O’zbekiston hududiga kirib kelganda, ular bu erda (har holda uning katta qismida), hayot kechirayotgan turkiy aholini uchratadylar. Bu turg’un turkiy aholi ikki daryo (Amu va Sirdaryo) oralig’ida eng qadim davrlardan buyon yashab kelayotgan (asosan eron tilli) xalqpar bilan aralashib, qorishish natijasida vujudga kelgan. Dashtiqipchoqtsan XV asrning oxiri — XVI asr boshlarida ko’chib kelgan ko’chmanchi qabilalar mahalliy aholi tarkibiga qo’shilgan komponentlar bo’lib unga o’zbek nomini bergan.
A. YU. YAkubovskiyning fikr-mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqi (etnosi) hozirgi O’zbekiston hududida Dashtiqipchoq o’zbeklari ko’chib kelmasdan ancha oldin tashkil topgan. Bu xulosasi orqali olim, o’sha vaqtlarda hukm surib kelayotgan — o’zbek xalqi XV—XVI asrlarda tashkil topgan, degan qarashlar g’ayriilmiy ekanligini aniq tarixiy ma’lumotlar bilan asoslab beradi.1
A. YU. YAkubovskiyning bunday qimmatli fikrmulohazalari B. D. Grekov bilan birgaliqtsa yozgan yirik monografiyasida ham aks etgan.
Kitobning uchinchi qismida muallif Dashtiqipchoqqa, Jo’jixon ulusining shimoli-sharqiy qismiga (Oq O’rdadan)i XIV—XV asarlarda ko’chib kelgan o’zbeklar, hozirgi O’zbekiston hududida turg’un yashovchi aholidan bir muncha farq qilganligini uqgirib o’tadi.
So’zsiz dashtiqipchoq o’zbeklari urug’-qabilachilik an’analarini saqlab, asosan, chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilikda kun o’tkazib kelganlar. Ularning turmush tarzi, madaniyati O’rta Osiyoning Markaziy mintaqalarida yashovchi mahalliy turg’un aholidan farq qilgan. Ammo, ular Movarounnahr va Xorazm hududiga kelib o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqgisodiy va madaniy birlik hosil bo’ladi hamda buning asosida keyinchalik o’zbek millati tashkil topadi.
1942 yili Ikkinchi jahon urushi jadal borayotgan bir vaqtda (21—29 avgustda) sobiq SSSR FA Tarix va falsafa bo’limining tashabbusi bilan Toshkent shaxrida
O’rta Osiyo xalqlarining etnogeneziga bag’ishlangan ilmiy sessiya o’tkaziladi. Anjumanda ilmiy jamoaga yaxshi tanilgan olimlar — S. P. Tolstov, A. D. Udaltsov, K. V. Trever, I. I. Umnyakov, A N. Bernshtam, L. A. Matsulevich, M. M. Gerasimov, N. A. Kislyakov, V. V. Ginzburg, A. YU. YAkubovskiy va boshqalar qatnashgan edilar. Anjumanda O’rta Osiyo xalqiarining etnik tarixi va etnogenezi masalalariga bag’ishlangan bir necha ma’ruzalar bo’yagan. Ma’ruzachilar Markaziy Osiyo mintaqalarida qadimdan yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq, turkman, qirg’iz va qoraqalpoq xalqlarining etnik tarixi juda qadimdan boshlanganligini va bular bir necha etnik elementlarni o’z tarkibiga qamrab olib, murakkab etnik jarayonni o’tab, avval elat va keyin millat bo’lib shakllanganligini aniq dalillar bilan isbotlaydilar.
Urushdan oldingi yillari va urush arafasida G’arbiy evropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashizm mafkurachilari tomonidan irqchilik nazariyasi ko’tarilgan edi. Bu nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha, ba’zi xalqlar (masalan, nemis xalqi) qadimdan aniq bir xalqtsan (boshqa biron xalqqa aralashmasdan) ildiz olib, irqiy jihatdan tozaligini saqlab (oliy irq bo’lib) kelgan deb da’vo qilishgan. Ularning tushunchasida oliy irqli xalq boshqa ikkinchi darajali xalqlardan ustun bo’lib, ular ustidan hukmronlik qilishi kerak edi. Ular bu shovinistik tushunchani keng targ’ib qilib kelgan. Markaziy Osiyo xalqiari, ularning tasavvurida ikkinchi darajali xalqlar qatorida bo’lgan.
Toshkent anjumanida yig’ilgan olimlarning ma’ruzalari o’sha davrda keng rivoj topgan shovinistik va millatchilik nazariyalarining asossiz ekanligini fosh qilib, masalaga to’g’ri ilmiy yo’nalish berishga qaratilgan edi. Ma’ruzachilarning barchasi yaqtsillik bilan xalqlar (etnoslar) bir emas, bir necha etnik guruxlarni o’zaro yaqinlashishlari, qorishib borishlari natijasida vujudga kelganligini ta’kidlab o’tgan edilar.
S. P. Tolstov o’z ma’ruzasida g’arb olimlarini metafizik nazariyalaridan voz kechishga undab, har bir xalqning etnik tarkibi uning boshlang’ich davridanoq murakkab ekanligini tan olgan taqtsirdagina, etnogenetik muammolarni ilmiy asosda hal qilish mumkin, degan edi.2
S. P. Tolstov ma’ruzasida o’rganilayotgan xalqni ilk davrlarda qaysi hududda, qaysi jamoada bo’lganligi va shu hududda yashovchi xalqlarni aniqlash O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezini o’rganishda muhim omil ekanligiga alohida e’tibor beradi. SHu fikrga aoslanib «o’zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang’ davlati hududida boshlangan. Kdng’ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o’zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xidtsa bo’lmagan» deb ta’kidlab o’tadi olim o’z ma’ruzasida.
S. P. Tolstov O’rta Osiyo xalqlarini (tojik, o’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq) elat bo’lib shakllanish jarayonining nihoyasiga etish vaqgini va bu jarayon qaysi davlat ichida o’tganligini taxminiy aniqlaydi. Masalan, o’zbek ajdodlari aloxida elat sifatida shakllanish jarayonining nihoyasiga etishini X—XII asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida o’tganligini ta’kidlaydi.
S. P. Tolstovning sessiyada qilgan ma’ruzasidagi barcha qimmatli fikrmulohazalarni inobatga olib, shu bilan birga uning ayrim so’zlariga aniqdik kiritish lozim bo’ladi. YUqorida biz olimning o’zbek xalqining etnogenezi Qang’ davlatidan (miloddan oldingi III — milodiy V asr o’rtalarida) boshlangan degan so’zlarini keltirgan edik. To’g’ri, Qang’ davlati o’ramida murakkab etnik jarayon yuz bergan. Ammo bu jarayon o’zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. SHu jarayon tufayli Qang’ davlati ichida miloddan oldingi II — milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq, qang’ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topgan.
Milodiy V asr o’rtalarida eftaliylarning zarbasi ostida Qang’ davlati emiriladi, qang’ar elati tarqalib ketadi. Lekin izsiz yo’qolmaydi. Ular o’rta asrlarda tashkil topgan yangi etnik va siyosiy uyushmalarga kirib, ularning iqgisodiy, madaniy va siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Ta’kidlab o’tish joizki, Markaziy Osiyoda qariyb 750 yil davomida hukmronlik qilib kelgan Qang’ davlati o’zbeklar va hududdagi boshqa xalklarning etnik tarixida chuqur iz qoddirdi. Bu davlat tarkibida vujudga kelgan turkiy tilli etnik qatlam o’rta asrlarda o’zbek ajdodlarining alohida elat bo’lib shakllanishiga zamin tayyorlaydi. Qang’ davlati tarkibida bo’lgan qabilalar ilk o’rta asrlardagi turkiy xalqlarning (qozoq, turkman, qoraqalpoq, qirg’iz, boshqird va boshqa) etnogenetik jarayonlarida ham qatnashganlar albatta.
Toshkent ilmiy sessiyasida qatnashgan olimlar orasida antropolog L. V.
Oshaninning ma’ruzasi ham e’tiborga molikdir. Olim o’z ma’ruzasida ko’p yillar davomida o’zbek, tojik, qozoq va qirg’iz xalqlarining antropologiyasini qiyosiy o’rganish natijasida o’zbek va tojiklarda (qozoq va qirg’izlarga nisbatan) o’ziga xos braxitsifallik evropeoid irqiy alomat (tip) mavjudligini aniqlashga muyassar bo’lganligini qayd qiladi. Bu antropologik tipga u O’rta Osiyo ikki daryo oralig’idagi irqiy tip deb nom beradi. A. I. YArxo mazkur tipni Pomir-Farg’ona irqiy tip, deb atagan edi
L. V. Oshanin ma’ruzasida Movarounnahrda til jihatidan turklashish bilan barobar (bir vaqgda) tip jihatidan mongollashish jarayoni ham rivojlanib borganligi va mongollashish o’zbeklarda tojiklarga nisbatan bir muncha kuchliroq ifodalanganligini qayd qilib o’tadi.
L. V. Oshaninning O’rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining etnogenezini antropologik materiallar asosida o’rganib, muxim ilmiy xulosalarga kelganligi uning yirik tadqiqotlarida mukammal yoritilgan. L. V. Oshaninning va bir qancha boshqa antropolog olimlarning o’zbek xalqining etnogenezi masalasidagi fikr-mulohazalar haqida quyida fikr yuritiladi.
O’zbek xalqining tarixini yozishga kirishilgan kezlari (XX asrning 40-yillari) uning etnik tarixiga, xususan, etnogeneziga oid qator masalalarda noaniqliklar va xato tushunchalar ham davom qilib kelar edi. YAratilayotgan o’zbek xalqining tarixi bu xatolardan xoli bo’lishi lozim edi. SHuning uchun ham ayrim etuk olimlar (masalan, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy) mavjud bo’lgan xatolarga tanqidiy ko’z bilan qarab, o’zbek xalqi etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda hal qilishga da’vat etganlar.
Usha davrlardagi eng qo’pol xatolardan biri o’zbek xalqining kelib chiqishini, uning shakllangan vaqtini noto’g’ri talqin qilish bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar o’zbeklar kelgindi, bular hozirgi Uzbekiston hududiga XV—XVI asrlarda kelgan, unga qadar ular Movarounnahrdan shimolda, to Irtish daryosi sohillarigacha bo’lgan kenglikda chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan ko’chmanchi xalq bo’lgan, degan fikrda edilar. O’zbeklarni «kelgindi» deguvchilarning kontseptsiyasiga binoan ko’chmanchi o’zbeklar Movarounnahr va Xorazm hududlariga kelgandan keyin (XV asr oxirlari — XVI asr boshlarida) alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan, degan xulosa kelib chiqadi.
YUqorida ko’rsatilgan etnogenetik masalalardagi xato qarashlar qisman A. YU. YAkubovskiyning 1941 yilda chiqqan risolasida qayd etib o’tilgan edi.
Muallif 1950 yilda chop etilgan «O’zbekiston xalqlari tarixi»ning ikkinchi jildi uchun yozgan kirish qismida bu masalaga yana qaytib, noilmiy fikr-
mulohazalardan voz kechib, tarixni ilmiy asosda taxdil qilish lozimligini eslatib o’tadi.
A. YU. YAkubovskiyning fikricha, xalqlarning tarixi, ba’zan ularning nomlaridan qadimiyroq, (masalan, tojiklar va ularning madaniyati «tojik» nomidan ancha oldin) mavjud bo’lgan. Xuddi shu fikrni o’zbeklar haqida ham aytish mumkin. Ular (o’zbeklar) O’rta Osiyoning markaziy hududlarida qadim zamonlardan buyon yashab kelgan bo’lsalar hamki etnik (o’zbek) nomini tojiklardan ancha keyin olganlar. Olim fikrini davom ettirib, quyidagilarni aytadi: Urta Osiyoning o’troq aholi yashaydigan mintaqalarida o’zbek xalqining ajdodlari ko’chmanchi o’zbeklardan bir necha asrlar burun yashab kelganlar, ammo u davrlarda ular o’zbek deb atalmagan edilar. Bu nom (o’zbek nomi) ularga keyin berilgan. Ikki daryo oralig’i va unga tutash mintaqalarda qadimdan yashab kelgan turkiy xalqlarning madaniyati so’g’dxorazm tsivilizatsiyasi asosida shakllangan. SHu katta tarixiy davr ichvda turkiyzabon turg’un aholi tarkibiga bir qancha qabilalar va xalqlar kirib uning etnogenezini tashkil qiladilar. Demak, «xalq va uning madaniyati ba’zan nomidan qadimiyroq bo’ladi» degan xulosani olim yana bir marotaba ta’kidlab o’tadi.
A. YU. YAkubovskiyning O’zbekiston xalqlari tarixining birinchi jildi uchun yozgan kirish so’zida (1950 yil chop etilgan) va «Oltin O’rda va uning emirilishi» deb nomlangan monografiyaning u kishi tomonidan yozilgan qismlarida hamda «O’zbek xalqining etnogenezi masalalariga oid risolasida aytilgan fikrmulohazalari o’zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, yuqorida tilga olingan ishlarda
A. YU. YAkubovskiy yoki O’rta Osiyo tarixi bilan shug’ullangan boshqa bironta olim o’zbek xalqining shakllangan vaqtini aniq belgilab bermagan. Vaholanki, bu masala etnogenetik jarayonning eng muhim muammolaridan hisoblanadi.
1955 yil o’zbek xalqining tarixi — «O’zbekiston SSR tarixi» nomi bilan ikkinchi marotaba chop etildi. Tarixning A. YU. YAkubovskiy tomonidan yozilgan uchinchi qismida «o’zbek va tojik xalqlarining shakllanishi» deb atalgan maxsus band qo’shilgan. Mazkur bandda A. YU. YAkubovskiy o’zbek xalqining shakllanish jarayonini ikki davrga bo’ladi. Birinchi davr XI—XII asrlargacha bo’lgan vaqtni, ikkinchi davr XI—XII asrlarni o’z ichiga oladi. Keyingi asrlarda o’zbek elatining shakllanish jarayoni asosan nihoyasiga etgan, degan fikrni ilgari suradi. A. YU. YAkubovskiyning o’zbek xalqining shakllanishga oid fikrmulohazalari Uzbekiston tarixining uchinchi nashrida ham takrorlanadi.
A. YU. YAkubovskiyning o’zbek xalqining shakllanish jarayonini ikki davrga bo’lishi umuman to’g’ri. Lekin muallif ko’rsatgan birinchi davr chegarasi aniq belgilanmagan. Avvalo bu davrni XI—XII asrgacha, deyishning o’zi to’g’ri emas. CHunki bu davr ichida o’zbek xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan edi. Agar birinchi davr XI—XII asrgacha deb olinsa, unda birinchi davr bu sanalarni ham o’z ichiga olib, ikkinchi davrga o’rin qolmaydi. Birinchi davr XI asrgacha deb olinsa, haqiqatga yaqin bo’lar edi. SHunda ham o’quvchida «Uzbek xalqining shakllanish jarayoni qachon boshlangan, qaysi sanadan boshlab o’zbek xalqining shakllanishi tobora rivojlangan bosqichga o’tgan?» degan savollar tug’ilishi mumkin. Bu savollarga A. YU. YAkubovskiy tomonidan Uzbekiston tarixining ikkinchi va uchinchi nashrlari uchun yozilgan qismlarda hamda muallifning boshqa ishlarida javob topilmaydi.
O’zbek xalqining shakllanishi haqida 1958 yili o’zbek tilida, 1974 yili rus tilida nashr etilgan «Uzbekiston SSR» tarixida ham gap ketadi.
O’zbek tilida chop etilgan bir tomlikda XI asrgacha bo’lgan davrlarda o’zbek va tojik xalqlari ko’p asrlardavomida bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib borish jarayonini o’taydilar, XI—XII asrlar davomida o’zbek tili va o’zbek tilida so’zlashuvchi o’zbek xalqi kelib chiqadi, degan fikr aytiladi. So’zsiz mualliflar bu erda, o’zbek xalqining shakllanish jarayonini va xalq sifatida tashkil topgan vaqtini belgilashda A. YU. YAkubovskiyga ergashganlar va ba’zi noaniqpiklarga ham yo’l qo’yganlar. Bularda ham XI asrgacha bo’lgan davr o’zbek xalqining ko’p asrlar davomidagi shakllanish jarayoni deilganu, lekin bu jarayon qachon, qaysi asrdan boshlanganligi haqida hech narsa aytilmagan.3
Uzbek tilidagi bir jildlik «O’zbekiston tarixi»ning mualliflari XI—XII asrlarni o’zbek xalqining tashkil topgan vaqti, deb ta’kidlaydilar. YUqorida XI—XII asrlarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonini nihoyasiga etgan davri deb aytgan edik. Agar A. YU. YAkubovskiyning fikri to’g’ri deb topilsa, unda bir tomlikning mualliflari elatning shakllangan vaqti bilan bu jarayonning nihoyasiga etgan vaqtining farqiga bormaganliklari ayon bo’ladi. Ma’lumki, har bir elatning shakllangan vaqti bilan uning shakllanish jarayonining nihoyasiga etishi uchun ma’lum davr o’tishi kerak bo’lgan. Agar XI—XII asrlar o’zbek xalqi shakllanishi jarayonining nihoyasiga etgan davri deb qaralsa, u holda bu xalqning elat bo’lib shakllangan vaqti qaysi davrga to’g’ri keladi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga A. YU. YAkubovskiy hamda o’zbek tilidagi bir tomlik O’zbekiston tarixi mualliflari ishlaridan ham aniq javob topish qiyin.
1974 yilda rus tilida nashr etilgan bir jildlik— «O’zbekiston tarixi»da «o’zbek xalqining shakllangan vaqtini X asrda deb bilish kerak» deyilgan. Mazkur kitobda o’zbek xalqi shakllanishi jarayonining boshlanishi va uning nihoyasiga etgan vaqti haqida hech narsa deyilmagan bo’lsa hamki, bunda o’zbek elatining shakllangan sanasi haqiqatga bir muncha yaqinlashtirilgan.
1933 yil chop etilgan «Uzbekiston tarixi»ning III jildida «O’zbeklar xalq bo’lib asosan X asr oxiri XII asrlarda shakllangan» deyilgan. Bu sana tarixiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi. CHunki o’zbek ajdodlari alohida birlik (elat) bo’lib oldinroq, ya’ni IX—X asro’rtalarida shakllangan edi (bu haqtsa keyinroq gapiriladi). X asrning ikkinchi yarmi — XI asrda shakllangan o’zbek elatining iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyati yana ham taraqqiy etib borayotgan davri edi. Bu taraqqiyot jarayoni XII asr o’rtalarigacha davom etib, o’zbek xalqining elat bo’lib shakllanish jarayoni, etakchi olimlar aytganlaridek, nihoyasiga etadi.
O’zbek xalqining etnogenetik muammolariga O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlariga bag’ishlangan yirik monografik asarda ham e’tibor berilgan. Kitobning
«Uzbeki» deb nomlangan qismining, «O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixining asosiy bosqichlari» bo’limida (mualliflar: S. P. Tolstov, T. A. Jdanko) o’zbek xalqining shakllanish jarayoni quyidagicha tasvirlangan: o’zbek va tojiklarning eng qadimgi ajdodlari O’rta Osiyoning mahalliy xalqi va qabilalari xorazmliklar, so’g’diylar, massagetlar va saklar bo’lgan. Tarixning ilk bosqichlaridanoq dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan eron tilli mahalliy aholining ma’lum qismi, dashtsahrolarda Zarafshon, Farg’ona, CHoch va Movarounnahrning boshqa vohalarida, hamda Xorazmga ko’chib kelgan turkiy qabilalar bilan aralashib borishlari natijasida til jihatidan turkiylashgan. O’z navbatida turkiy xalqpar eron tilli xalqlarning madaniy ta’sirida bo’lib, ulardan xo’jalik yuritish usullarini, dehqonchilik sirlarini o’rgangan. XI—XII asrlarga kelib etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng jadallashgan vaqti bo’lib, ayni shu aerlarda ikki azim daryo (Amu va Sirdaryo) oralig’ida turkiyzabon xalq (etnos)ning asosiy o’zagi shakllangan. Keyinchalik bu elat o’zbek etnik nomini qabul qilgan.
Keltirilgan kontseptsiyadan ko’rinib turibdiki, bu erda ham o’zbek xalqining shakllangan vaqti bilan uni alohida elat bo’lib shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi aniqlanmagan. S. P. Tolstov 1942 yil Toshkent shahrida Urta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo’yicha o’tkazilgan konferentsiyadagi ma’ruzasida XI— XII asrlar — o’zbek xalqi shakllanishi jarayonining nihoyasiga etgan davri, deb aytgan edi. Bu erda esa uning aytganlari o’zining ilgarigi fikriga zid bo’lib chiqayapti.
O’zbek xalqining etnogenetik muammolari akademik B. G’. G’afurovning ishlarida ham yoritilgan. Dastavval, bu masalalarni olim «Tojik xalqining tarixi» kitobining birinchi va ikkinchi nashrlarida qisqacha bayon qilgan edi. Uning keyingi, «Tadjiki» nomi bilan rus tilida chiqqan yirik monografik asarida «O’zbek xalqining etnogenez muammolari» degan alohida band ajratilgan. Mazkur bandda B. G’. G’afurov o’zbek xalqining etnogenetik masalalarini oldingi ishlariga nisbatan to’laroq yoritgan. B. G’. G’afurovning ushbu mavzudagi kontseptsiyasini taxminan quyidagicha tushunish mumkin turkiytilli qabilalar va xalqtarO’rta Osiyo mintaqalarida qadim zamonlardan buyon yashab keladilar. Lekin ular ko’chib yurishining kuchayishi VI asrga (turk xoqonligi davriga) to’g’ri keladi. Ko’chib kelib o’rnashgan chorvador aholi (xususan, uning qashshoqlashgan qismi) vaqg o’tishi bilan o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadilar va sug’diylar, xorazmiylar va sakmassagetlar bilan aralashadilar. Bu jarayonning tobora kuchayib borishi natijasida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi son jihatidan ko’paya boradi, pirovardida o’zbek xalqi shakllanadi. XI asrda o’zbek elatining shakllanish jarayoni yana ham yuqori pog’onaga ko’tariladi. Muallif, Somoniylar davrida (IX—X asrlar) turkiy xalq O’rta Osiyo vohalarida yashovchi aholining talay qismini tashkil qilganligini ta’kidlab o’tadi. Qoraxoniylar davrida (X—XII asrlar) turkiy qabilalarning o’troqpikka o’tishi va mahalliy tojik aholisining (ma’lum qismi albatta) turklashishi tufayli O’rta Osiyoda turkiy xalqpar etnik jihatdan bir muncha ko’payadi. B. G’. G’afurov o’z kontseptsiyasida fikrini davom qilib yozadi: o’zbeklar tojik xalqi va O’rta Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar bilan barobar qadimgi tarix hamda ajdodlari yaratgan madaniyatning vorislaridirlar.
Akademik B. G’. G’afurov qadimgi eron tilli xalqlarning o’zbek elati shakllanishidagi rolini yuqori baholaydi va elat shakllangan vaqtni (xronologik doirasini) XI asr bilan belgilaydi. SHu erda»B. G’. G’afurov «O’zbekiston tarixi»ning 1967 yilda bosilib chiqqan birinchi jildida «keyinchalik o’zbek nomini olgan xalqning shakllanish jarayoni XI—XII asrlarda asosan nihoyasiga etadi» deyilgan matndan ko’chirma olib, muallif «O’zbekiston tarixi»da aytilgan fikrni ma’qullaganligini bildiradi. Bu matndagi «asosan» iborasiga ahamiyat berib, xalqning (aynan o’zbek xalqining) shakllanishi jarayoni shundan keyin ham davom etishini izohlab o’tadi olim.
B. G’. G’afurovning o’zbek xalqining shakllanishi haqidagi kontseptsiyasini qisqacha quyidagicha yakunlash mumkin: XI asrgacha bo’lgan davr — bu bir necha asrlar davomida bo’lib o’tgan etnik va madaniy jarayon davri bo’lib, bu davr ichida Movarounnahr va Xorazm hududlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi vujudga keladi va bu aholi son jihatdan tobora ko’payib boradi. XI asrlar davomida o’zbek xalqining alohida elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etadi.
SHu o’rinda ta’kidlab o’tish o’rinliki, Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezi haqidagi B. G’. G’afurov kontseptsiyasida aytilgan fikr-mulohazalar oldinroq S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy va boshqa olimlar tomonidan ko’tarilgan fikr-mulohazalardan deyarli farq qilmaydi.
B. G’. G’afurovning yozishqdan ma’lum bo’layaptiki, o’zbek xalqining chiqib kelishidagi asosiy fikrlar dastavval uning tomonidan kontseptsiya tarzida aytilgan. Keyinchalik bu kontseptsiya A. YU. YAkubovskiy tomonidan
«O’zbekiston xalqlari tarixi»ning birinchi nashri uchun yozilgan kirish so’zida nazarga olingan. Ushbu kitobning oxiridagi nashrida (1967) uning bu kontseptsiyasi yana ham aniqroq ifodalangan. Haqiqatda esa bunday emas, o’zbeklar va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning etnogenetik muammolari B. G’. G’afurovdan ancha oddin ko’rilib, bu haqda ma’lum kontseptsiya qaror topganligi haqida yuqorida aytilgan edi. Bu o’rinda faqat aytish mumkinki, B. G’. G’afurov masalaga xolisona qaramagan.
O’zbek xalqining etnogeneziga ovd masalalar M. G. Vahobovning «O’zbek sotsialistik millati» nomi bilan o’zbek va rus tillarida chop etilgan monografiyada ham o’rin olgan. Kitobning bir bobi «O’zbek elati va uning tarkibi» deb atalib, bunda asosan, o’zbek xalqining shakllanishiga oid masalalar ko’riladi. So’zsiz, M. G. Vahobovning kitobi o’sha davr ruxida, marksizmleninizm g’oyasi asosida yozilgan. Ammo adolat yuzasidan aytish kerakki, muallif o’zbek xalqining shakllanish jarayonini xolisona hal qilishga urinadi.
M. G. Vahobov o’zidan oldingi, etakchi tadqiqotchilarning fikrmulohazalarini e’tiborga olib, ular ko’rsatgan xronologik doiradan chiqmasdan, o’zbek xalqining etnik tarixini va etnogenezini uch asosiy bosqichga bo’ladi. Birinchi bosqich — XI asrgacha bo’lgan davr — o’zbek elatining dastlabki o’zagi shakllangan davr; ikkinchi bosqich — XI—XII asrlar o’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan davr; uchinchi bosqich — o’zbek elatining taraqqiy etishi va uning etnik tarkibi kengayib borishi davri. Keyingi davr to XIX asrgacha davom etadi. Boshqa erda «o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII asrlarda vujudga keladi», «Uning shakllanish jarayoni eramiz boshidan boshlab to shu vaqtgacha davom qildi», deb yozadi muallif.
SHu o’rinda ta’kidlash joizki, M. G. Vahobovning o’zbek xalqining etnik tarixini va etnogenezini bosqichlarga bo’lib o’rganish e’tiborga sazovor, albatta. Lekin ko’rsatgan bosqichlar ba’zi noaniqliklar va ziddiyatlardan xoli emas, albatta. Masalan, birinchi bosqichga juda katta (eramizning boshidan to XI asrgacha) davr ajratilgan. Qariyb bir ming yillik davr — o’zbek xalqining shallanish davri, deb ta’riflanadi. Demak, shu katga tarixiy davr ichida o’zbek xalqi shakllanib keladi.
Muallifning bu fikriga qo’shilish qiyin. Bu bir ming yillik davr o’zbek xalqi etnik tarixining ma’lum davri bo’lishi mumkin, ammo shu katta davrni o’zbek xalqi shakllangan davr deb aytishga aql bovar qilmaydi. Bu ming yiddan ziyod tarixiy davr ichida hozirgi O’zbekiston hududvda bir necha davlatlar, elatlar vujudga kelgan va tarqalib ketgan. O’zbek ajdodlari alohida elat bo’lib, ma’lum tarixiy sanada shakllangan (bu haqtsa boshqa erda gapirilmagan). M. G. Vahobovning XI—XII asrlarda «o’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan vaqti» degan fikrini to’la ma’qullash bilan, pastroqtsa «o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII asrlarda vujudga keldi» deb aytgan so’zlarida zidlik mavjudligini sezmasdan iloj yo’q. Ko’rinib turibdiki, bir erda XI—XII asrlarda o’zbek elatining shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan, deb ta’kidlansa, ikkinchi bir erda uning asosiy o’zagi XI—XII asrlarda vujudga kelgan, deyiladi. SHu o’rinda savol tug’ilishi tabiiy: agar o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII asrlardagina vujudga kelgan bo’lsa, unda qanday qilib uning shakllanish jarayoni XI—XII asrlarda nihoyasiga etgan, deb aytish mumkin.
M. G. Vahobovning kishini ajablantiradigan fikrlaridan yana biri — «o’zbek elatining shakllanish jarayoni milod boshidan boshlanib shu vaqggacha (bizning davrimizgacha — K. SH.) davom qildi» deb aytgani. Agar bu jarayon shu vaqggacha davom qilib kelgan bo’lsa, unda o’zbek xalqi faqat shakllanishda davom etibdiyu alohida elat bo’lib shakllanmaptida? Unda, nega yuqorida XI—XII asrlarda «O’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan» deb ta’kidlangan. SHunga o’xshash bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan fikrmulohazalarni M. G. Vahobovning yuqorida tilga olingan kitobida ko’plab uchratish mumkin.
M. G. Vahobov kitobida etnik va milliy masalalarga oid juda ko’p muammolar ko’tarilgan. Lekin bu muammolarni muallif marksizmleninizm nazariyasi asosida yoritmoqchi bo’lib, ba’zi zidliklarga, xatoliklarga yo’l qo’ygan, albatta. Ammo uning kitobidagi etnik tarixga va etnogenez muammolariga oid ayrim fikr-mulohazalarini tanqidiy tahlil qilgan holda, ulardan foydalanish mumkin bo’ladi.
Uzbek xalqining shakllanishi B. X. Karmishevaning yirik monografiyalaridan birida yo’l-yo’lakay yoritilib o’tilgan. Muallifning fikricha, o’zbek elatining asosiy o’zagi IX—X asrlarda shakllangan. Lekin olima fikrini aniq dalillar bilan isbotlab berolmagan.
O’zbek xalqining etnogenezi va shakllanish jarayoni masalalari bilan bir necha yillar davomida M. Ermatov ham shug’ullanib kelgan. Uning bu masalalarga qarashlari 60-yillarning oxirlarida chop etilgan kitobida to’laroq aks etgan.
Kitobning nomi «etnogenez» so’zi bilan boshlangan, lekin kitobda asosan o’zbek xalqining etnik tarixi haqida gap ketadi.
Muallif o’zbek xalqining shakllanish davrini to’rt davrga bo’ladi. Birinchi davr miloddan oldingi VIII—II asrlarni, ikkinchi davr — miloddan oldingi II — milodiy IV asrlarni, uchinchi davr — milodiy IV—VI asrlarni va nihoyat to’rtinchi davr — milodiy VI—VIII asrlarni o’z ichiga olgan. Kitobning mazmunidan, o’quvchida shu katta tarixiy davr ichida (miloddan oldingi VI asrdan to milodiy VIII asrgacha), o’zbek ajdodlari faqat shakllanib kelgan, degan tushuncha paydo bo’ladi. O’zbek elati qachon, qaysi asrda alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan va uning shakllanish jarayoni qaysi asrlarda nihoyasiga etgani haqida muallifning aniq fikrini tushunish qiyin. M. Ermatov o’z ishida o’zbek xalqining shakllanish tarixini yoritishda qadimgi va o’rta asrlarga oid tarixiy geografik va lingvistik manbalardan juda ko’p foydalangan. Buni tan olish kerak. Ammo manbalar va foydalangan adabiyotlardan to’g’ri xulosa chiqarib, o’zbek xalqining etnik tarixiga va etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda yoritishga ojizlik qilgan.
Uzbek xalqining etnik tarixiga oid masalalar akademik B. A. Ahmedovning bir qator ilmiy asarlarida batafsil yoritilgan. Muallif asarlarida o’zbek ajdodlari qadim zamonlardan O’zbekiston hududida yashaganliklarini, XVI asrning boshlarida bu hududga kelib o’z hukmronliklarini o’rnatgan ko’chmanchi o’zbeklar o’zbek xalqining tarkibiy qismidan biri bo’lganligini ta’kidlaydi.
SHarqshunos olim o’zbek xalqining shakllangan vaqti xaqida gapirib «...Qoraxoniylar davrida (X—XI) asrlar o’zbek xalqi to’la shakllanib, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi» deb yozgan edi. Olimning aytganlari haqiqatga yaqin keladi. Agar o’zbek xalqining alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan vaqtining nihoyasiga etganligini XI—XII asrlar o’rtasi bilan belgilansa masalaga yana ham aniqroq yondashilgan bo’lar edi.
O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalari akademik A. A. Asqarovning bir necha maqolalarida ham e’lon qilingan. Uning yirik maqolalaridan birida tarixiy, arxeologik, etnografik va antropologik manbalarga hamda adabiyotlarga asoslanib, o’zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlaridan boshlangan. Milodiy VI asrning ikkinchi yarmidan o’zbek etnogenezining ikkinchi davri boshlangan deb, XIV—XV asrlarni esa bu jarayonning yangi, taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi muallif.4
Agar aniq bir xalqning etnogenezi (chiqib kelishini) ma’lum tarixiy davrda, ma’lum etnik, iqtisodiy va madaniy sharoitda tashkil topishning nazariy jihatdan to’g’riligini tan oladigan bo’lsak, unda o’zbek xalqi etnogenezini qadim davrdan yoki milod boshidan boshlash uncha to’g’ri bo’lmaydi. SHu xildagi bo’linishlarga o’zbek xalqi etnik tarixining bosqichlari, deb qaralsa qisman to’g’ri bo’lar edi. SHunda ham o’zbek xalqi etnik tarixining boshlanish davrini milod boshidan emas, ancha oldinroqtsan (miloddan oddingi bir minginchi yillarning oxirlaridan) boshlash maqsadga muvofiq deyilsa, xato bo’lmasdi albatta.
So’zsiz, xalqning chiqib kelish ildizi juda uzoq. Xalqning chiqib kelish ildizlari bilan uning etnogenezini (alohida elat bo’lib shakllanishi) katta tarixiy davr ajratib turadi. Bu davr ichida ma’lum hududda bir emas bir nechta etnoslar tashkil topgan. Ilk elatlar doimiy emas edi, ular emirilib, ularning o’rnida boshqa elatlar vujudga keladi. Markaziy Osiyoda birin-ketin tashkil topgan elatlar oz bo’lmagan (bular haqida boshqa erda gapiriladi). O’zbek elati ham shu hududda (IX—X asrlarda) shakllanadi.
YUqorida keltirilgan barcha fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqining etnogenez masalalari haqida olimlar qat’iy bir fikrga kelmaganlar. O’zbek xalqining shakllangan vaqti har xil sanalar bilan ba’zan hech qanday ilmiy asossiz belgilangan: etnogenez tushunchasi xalqning etnik tarixi bilan chalkashtirilib yuborilgan; etnogenez deb etnik tarixni davrlarga bo’lib ko’rsatganlar, lekin bu bo’linishlar uncha muvaffaqiyatli chiqmagan. Ammo,
barcha chalkashliklar va noaniqliklarga qaramasdan, yrim tadqiqotchilar haqiqatga yaqinlashib, o’zbek ajdodlarini aloxida elat bo’lib shakllanishini IX—X asrlar bilan, uni shakllanish jarayonining nihoyasiga etish vaqgini XI—XII asrlar bilan belgilaydilar.
O’zbek xalqining aloxida etnik birlik bo’lib shakllangan sanasi birmuncha oydinlashgandigiga qaramasdan ayrim mualliflar ishlarida o’zbek elatining tashkil topgan vaqti keyingi asrlarga surib ko’rsatilgan. Jumladan, rossiyalik olim V. A. Nikonov o’zbek elatining shakllanish jarayoni XI—XVI asrlargacha davom etgan, deb yozadi. Bu qo’pol xato, albatta. X. Salimovning kitobida ham o’zbek elati XVI asrda shakllangan degan noto’g’ri tushuncha mavjud. Uning yozishicha, 1500 y. Temuriylar egallab turgan erlarni bosib olgan turk-mo’g’ul qabilalarigina o’zbek hisoblangan. Movarounnahrda va Xorazmda qadim davrlardan buyon yashab keluvchi tub erli aholi o’zbeklar qatoriga kiritilmagan. X. Salimovning shu va shunga o’xshash qator boshqa xatolari o’z vaqtida odilona tanqidga uchragan edi.
G’. Abdurahmonov va SH. SHukurovlar birgalikda chop etgan kitobda o’zbek xalqining shakllanish.davri XI— XV asrlar deyilgan. SHu asarning boshqa erida o’zbek xalqi XIV—XV asrlarda shakllanganligi qayd qilingan .
G’. Abdurahmonov keyingi ishlaridan birida o’zbekxalqining shakllangan vaqti haqidagi fikri ancha o’zgargan. Olim mazkur asarda tarixiy adabiyotlarda qayd qilingan «o’zbek xalqining shakllanishi nihoyasi XI— XII asrlarga to’g’ri keladi» degan fikrga to’la qo’shiladi. SHu bilan birga G’. Abduraxmonovning bu masaladagi fikri qarama-qarshiliklardan xoli emas. Masalan, asarning bir sahifasida o’zbek xalqi va tilining shakllanishi X—XII asrda deyilsa, boshqa bir betida X asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlangan, deyilgan.
G’. Abduraxmonov keyingi ishida yana boshqa xatoliklarga ham yo’l qo’ygan. Masalan, qipchoqlarni bir erda qirg’iz, ikkinchi erda pecheneg, deb atagan. SHarqiy qarluqpar uygurlar bilan tenglashtirilgan. Ma’lumki, bu etnonimlar ilk o’rta asrlarda aloxida qabila birlashmalarining nomlari edi. Bularning birini ikkinchisi bilan chalkashtirib bo’lmaydi, etnoslar yashagan hududlar ham aniq ko’rsatilmagan.
Moskva yaqinidagi Zvenigorodda 1988 yili bo’lib o’tg n katta anjumanda B. A. Litvinskiy qilgan ma’ruzasida o’zbek xalqi aloxida etnik birlik (elat) bo’lib XVI asrda shakllangan dedi. Ma’lumki, B. A. Litvinskiy, B. G’. G’afurovning
«Tadjiki» deb nomlangan kitobining mas’ul muharriri bo’lgan. B. G’. G’afurovning mazkur kitobida o’zbek xalqining shakllanishi XI—XII asrlarda nihoyasiga etgan, deb ko’rsatilgan. B. A. Litvinskiy mas’ul muharrir sifatida
«Tadjiki» kitobini bir necha marotaba o’qigan va taxrir qilib, B. G’. G’afurov ko’rsatgan sanani (XI— XII asr) o’sha vaqgda tan olgan, albatta. Endi esa bu sanani «unutib» o’zbek xalqining elat bo’lib shakllangan vaqtini XV—XVI asrlarda etnik guruhlarning Dashtiqipchoqtsan Movarounnaxrga kirib kelishi bilan bog’laydi. B. A. Litvinskiyning ushbu noilmiy fikri Tojikiston FA akademigi
Raxim Masovga ham ma’qul bo’lgan.
Etnograf S. P. Polyakov esa bu masalada yana ham jiddiy xatoga yo’l qo’ygan. Uning yozishicha, o’zbek xalqi turkman, qozoq, qirg’iz va boshqa xalqlar bilan bir vaqtda, ya’ni XVIII—XIX asrlarda xalq (elat) bo’lib shakllangan.
So’zsiz,B. A. Litvinskiy, S. P. Polyakovlarga o’xshash olimlar O’rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining etnogeneziga va etnik taraqqiyotiga beg’araz qaramaganlar. Ularning nazarida, bu xalqpar sobiq SSSR tarkibidagi «qoloq» xalqlar bo’lib, faqat keyingi asrlarda ruslar ta’sirqdagina alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllanganlar.
YUqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqining aloxida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan vaqti (sanasi) haligacha aniq belgilanmagan. Mualliflar ko’rsatgan sanalar chuqur ilmiy asoslanmagan, ko’p hollarda sanalar taxminiy tarzda ko’rsatilgan.
Qadim va o’rta asrlarga oid manbalarda o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanish jarayoni haqida aniq ma’lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma’lumotlar kamchil, ba’zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo’ladi. Manbalarda qadim va o’rta asrlarda yashagan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bu ma’lumotlar, garchi qisqa bo’lsada, o’sha davr aholisining hayoti, etnik t rkibi, etnik aloqalari haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari saklar, massagetlar, toxarlar, baxtardar, xioniylar, usunlar, qang’arlar, so’g’diylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar haqida oddinroq chop etilgan ishlarimizdan birida batafsil gapirilgan, ularni bu erda takrorlab o’tirishning hojati bo’lmasa kerak.
Mazkur ishda o’zbek xalqining elat bo’lib shakllanish jarayonida ishtirok etgan xalqlar, etnik guruhlar haqida eslatilgan manbalarga qisqa izoh berib o’tishning o’zi kifoya qiladi.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki) ma’lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «SHimoliy (Xitoy) xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577);' «Suy sulolasining tarixi» — Suyshuda (581—618); «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907) ; uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (SHi, CHjeshe), Samarqand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, SHn yoki SHi, Kesh — (SHaxrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi) viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga olingan manbalarda Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda joylashgan bir qancha turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, ba’zi urf-odatlari va ularning u yoki bu hududning siyosiy hayotida ishtiroklari haqida ham ma’lumotlar olish mumkin. Xitoy manbalarida eftaliylar (idal, yeda), qarluqlar (gelolu) va uning tarkibidagi qabila-urug’lar (meulo, dami, jisi, tashili, pofu, gesa), nushibi, dulu (duglat), turkesh, usun va boshqa turkiy qabilalar va qabila ittifoqdari tilga olinadi*SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, bu qabilalar haqidagi ma’lumotlar tarjimon tomonidan qisqartirilib berilgan, ular xatodan ham holi emas. SHuning uchun ham N. YA. Bichurinning tarjimalarini boshqa tarjimalar va izohli adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada N. V. Kyuner va YU. A. Zuevning ishlari e’tiborga loyiqtsir. Bu ishlarda Xitoy manbalarida keltirilgan ayrim viloyatlar, xalqyaar haqidagi
axborotlar tarjima qilinishi bilan bir vaqtda ularga ilmiy izoh ham beriladi.VII asr oxiri — VIII asr o’rtalarida turk xoqonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ayrim tomonlari haqida ma’lumot beruvchi muxim va ishonchli manbalardan biri Sibir erlaridagi qadimgi turkiy tildagi qabrtosh bitiklari xisoblanadi. Bular: Qul-Tegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq)va uning xotini Elbilga xotun, Mogilan, Quli-CHur(Magillanning ukasi) va uyg’ur xoni MoynCHur sharafiga qo’yilgan qabrtosh bitiklaridir Qabrtosh bitiklarida turk xoqonlarining davlat mustaqilligini saqlab qolish, uning kuch-qudratini oshirish borasida olib borgan ichki va tashqi kurashlari, o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanish arafasida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy voqealar, ba’zi urfodatlar va boshqa masalalar tasvirlangan. SHuningdek, mazkur bitiklarda quyidagi etnonimlar ham tilga olinadi: o’g’uz, uch-o’g’uz, sakkiz-o’g’uz, to’qqiz-o’g’uz, o’n-o’g’uz, kengeres (kangar) qarluq, qipchoq, qirg’iz, az, teles, kidan, dulu, turkesh, turk va boshqalar. Bu xalqlar, qabilalar va qabila ittifoqlarining ko’pchiligi yoki ularning ayrim guruhlari o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanishida bevosita ishtirok etganlar. Qadimgi tosh bitiklar turkiy xalqlarning til tarixini o’rganish borasida ham muhim manba xisoblanadi,
Tosh bitiklarida keltirilgan ma’lumotlarni Xitoy manbalari va o’rta asrlarga oid boshqa manbalar bilan taqqoslab o’rganilsa, Markaziy Osiyo xalklari,jumladan, o’zbek xalqi etnik tarixi va etnogeneziga bir^muncha aniqpiklar kirgizish mumkin.
O’zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o’rganishda IX—XIII asrlarda arab va fors tillarida yozilgan tarixiy va geografik asarlarning ahamiyati juda katta)Bunday adabiyotlar talaygina. Ular asosida qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan'. Biz arab-fors tilli manbalarning ko’pidan, asosan rus tilidagi tarjimalaridan foydalandik. SHularning ayrimlarini qisqacha eslatib o’tmoqchimiz.
Foydalanilgan manbalardan biri Abu-Jafar Muhammad ibn at Tabariyning
«Tarix arrasul va al-Muluk» asari. Asarda Dixiston, Toxariston, So’g’d, Farg’ona, SHosh, Xorazm, Ettisuv hududlarida yashagan turkiy va eron tilli aholi haqida qisqa ma’lumotlar beriladi. Manbada eftaliylar, qarluqlar, turkeshlar haqida hamda turkesh xoqonlari — Qursul, Abu-Muzaxim va ayrim turk sarkardalari tilga olinadi. Unda turklarning so’g’diylar, farg’onaliklar va toxaristonliklar bilan birgalikda arab istilochilariga qarshi qurashlari, turkiy xalqlarning ayrim urfodatlari, e’tiqodlari haqida ham qisqa axborot beriladi. Bog’dod xalifasi tomonidan Volga bulg’orlari podshosi oldiga 921—922 yillarda elchi qilib yuborilgan Ahmad ibn Fadlanning safar xotiralarida, Xorazm va xorazm xalqi, Dashtiqipchoqda va
Orol dengiziga tutappo’llarda yashovchi o’g’uz (g’uz) bijanak (pecheneg) qabilalari, ularning ijtimoiy hayoti, xo’jaligi haqida ko’rgan bilganlarini yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlaridan o’sha davr hayotini, turg’un va ko’chmanchi aholining o’zaro munosabatlarini tushunish qiyin emas.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqgisodiy, madaniy va xo’jalik faoliyatini o’rganishda X asrda yashab o’tgan geograf sayyoxlar al-Istaxriy Ibn Hovqal va al-Muqaddasiy asarlarining ahamiyati bebahodir. Bu mualliflar bergan axborotlarning afzalligi shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida bo’lib, bevosita qo’rgan bilganlarini yozgan. YUqorida tilga olingan mualliflarning asarlarida So’g’d, Kesh (SHahrisabz), Nasaf (Qarshi), Toxariston, SHosh, Farg’ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari, shahar va qishloqlari, aholisi, tabiati, ekinzorlari, xo’jaligi, hamda tijorati haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ularning axborotlarida turg’un yashovchi turkiy xalqlar va ko’chmanchi qabilalar (o’g’uz, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib o’tilgan.
Ba’zi o’rinlarda Ibn Hovqal va Muqaddasiy ma’lumotlari al-Istaxriy keltirgan ma’lumotlarni takrorlanganga o’xshaydi. SHu bilan birga, ular talay yangiliklar qo’shib, bir-birlarini to’ldiradilar ham. So’zsiz, o’sha davrda, turkiy xalqparning yashagan hududlarini aniqpashda Abu Dulafning ma’lumotlari muxim manba hisoblansada, uning ma’lumotlaridan foydalanishda tadqiqotchi juda ehtiyot bo’lishi kerak. CHunki tilga olingan xalqlarning ko’pchiligi orasida Abu Dulafning o’zi shaxsan bo’lmagan, ular haqidagi ma’lumotlarni muallif boshqalardan eshitib yozgan bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham uning safar xotiralarida berilgan yo’l marshrutlari juda chalkash. Masalan, sayyoh slavyanlardan o’tib go’yoki pecheneglar eriga (shu davrda bularning katta bir qismi Emba va O’rol daryo oralig’ida joylashgan bo’lgan), undan o’tib chigillar va Tibet erlariga, ulardan o’tib kimak g’uz erlariga borganligini hikoya qiladi. YA’ni kelgan tomonga (orqaga), O’rol tog’ oldi mintaqalarda yashaydigan kimak eriga yana qaytib borib, so’ngra Xitoyga o’tib ketganligini hikoya kdpadi. Hech qanday sayyoh Tibetdan (orqaga qaytib), O’rol tog’ oldi mintaqalarida yashovchi kimaklar eriga, keyin qaytib Xitoyga bormasa kerak
Abu Dulaf axborotlarining yana bir xatolik joyi shuki, u Markaziy Osiyo, Sibir va
Tibetda yashovchi turk, mo’ng’ul, tung’uz, tibet xalqparining tillarini e’tiborga olmasdan, ularning barchasini turkiy xalqlar deydi. Sayyoh o’zining xotiralarida qarluqlarga tobe bo’lgan SHarqiy Turkistonda turg’un yashovchi (qarluq bo’lmagan) aholini ham qarluq deydi. Abu Dulafning axborotlaridan foydalangan kishi shu xildagi xatolar, noaniqliklarni hisobga olishi kerak, albatta.
X asrning oxirgi choragi — XI asrning birinchi yarmida o’tgan yurtdoshimiz xorazmlik buyuk olim Beruniyning asarlarida Xorazm, Movarounnahr va Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida yashagan xalqlar haqida juda ko’p muxim tarixiy etnografik ma’lumotlar mavjud. Masalan, uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», asarida Xorazm va Xorazm podshohlari, podshohlarga xos laqablar, Xitoy chegarasigacha bo’lgan mintaqalarda yashovchi turkiy xalqlar, o’g’uz turklari, turklarning e’tiqodlari, So’g’d va Xorazm xalqlarining bayramlari, urf-odatlari va bir qancha boshqa qator masalalar ham yoritilgan. Asarda keltirilgan so’g’diylar, xorazmliklar va turkiy xalqlarning oy va kun nomlari bu xalqtarning qaysi tilda so’zlashganlaridan dalolat beradi.
Beruniyning «Hindiston» deb nomlangan asari ham tarixiy etnografik ma’lumotlarga boy. Bu asarda, asosan, Hindistonning siyosiy-ijtimoiy hayoti, madaniyati, urf-odatlari va e’tiqodlari haqida gap ketadi. SHu bilan birga Hind daryosining yuqori oqimlarida 'joylashgan turkiylar; Xo’tan va G’azna turklari hamda Kobulning turk podsholari haqida ham gapiriladi. Beruniyning bu ma’lumotlari turkiy xalqlarning Osiyo mintaqalarida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Mazkur asarda olim SHosh (Toshkent) shahrining nomi haqida ham fikr yuritgan.5
Beruniyning Geodeziya asarida g’uz (o’g’uz) pecheneg (bijanak), alan va asqabilalariningjoylashgan hududlari hamda pechenglarning (turkiy xalq) ta’sirida eron tilli as va alanlarning talay qismi turklashganligi haqida qisqa ma’lumotlar mavjud. Mazkur asarda Beruniy etti iqlimni 7 doira shakli bilan ifodalab, doiraning shimoliy qismiga (ya’ni oltinchi iqlimga) xazarlarni, guzturlarini, qirg’izlarni, kimaklarni, rus va slavyanlarni joylashtirgan, doiraning sharqiy qismiga (ya’ni ettinchi iqlimga) Sin, Xutan va turkiy xalqlarni joylashtirgan. Beruniyning etti iqlimni ifodalagan doiralaridan ilk o’rta asrlarda Evroosiyo xalqlarining joylanishi haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Olimning «Kitob assaydana fittibb» kitobida Markaziy Osiyoda mavjud bir qancha shahar va viloyatlar (Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona, Xorazm, Qoshg’ar, Balasag’un, SHosh va boshq.) hamda etnik nomlar (turk, turkman, g’uz, qirg’iz va boshq.) eslatilgan.
Beruniyning mashhur asari — «Qonuni Ma’sudiy»da ham Evroosiyodagi juda ko’p shaharlar va xalqlarning nomlari tilga olingan. Bizning ishimizda eng muximi asarning «SHaharlarning uzunlik va kengliklarini jadvallarda ko’rsatish haqida» deb nomlangan bobidir. Ushbu bobda turli iqlimlardaga shaharlar nomlari, kengligi va ularning qaysi viloyatlarda va mamlakatlarda joylashganligi belgilangan.
Jadvalda Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan o’nlab yirik shaharlar ham tilga olinadi. SHular qatorida, Farg’ona vodiysida, Sirdaryo soxillarida, Etgisuvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarga qarashli 30 ga yaqin shaharlar ham qayd qilingan. Asarda Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengiziga tutash cho’llarda o’rnashgan g’o’zlar, Volga bo’ylarida Qora dengiz yaqinidagi xazar va boshqa turkiy toifalar ham eslatilgan.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar xalqlarning va qabilalarning X—XI asr boshlarida joylashgan hududlarini aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Beruniyning Mineralogiya asarida bir necha marotaba SHarqiy turklar, Qobul viloyatida yashovchi turklar, Hindistonning shimolida, Tibet va Kashmirgachegaradosh mintaqalarida joylashgan turklar haqida ham qisqa axborot berilgan. Asarda turkman atamasining ma’nosi, qarluq, pecheneglar yashagan hududlar,Qoraxoniylar xoni Bug’raxon tomonidan somoniylar sulolasini inqirozga uchratilganligi, turkiy xalqning e’tiqodlari, qimmatbaho toshlar bilan bog’’’liq ba’zi odatlar ham eslatilgan.
Beruniyning yuqorida eslatib o’tilgan asarlaridan keltirilgan tarixiy-etnografik ma’lumotlar o’zbek xalqining etnik tarixini, etnogenezini yoritishda eng ishonchli manbalar ekanligiga hech shubha yo’q, albatta. Lekin bu asarlardagi ma’lumotlardan foydalanayotgan tadqiqotchi o’rta asr tarixini mukammal bilmasa xatoga^yo’l qo’yishi ham mumkin.
O’zbek xalqi va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning til va etnik tarixini o’rganuvchi tadqiqotchi yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning (XI asr) «Devonu lug’otit turk» asarini chetlab o’tolmasa kerak. Mazkur asarda turkiy tillarga oid muhim ma’lumotlar qatorida Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy xalqlar, qabilalar va ularning til xususiyatlari, dialektlar haqida ham fikrmulohazalari berilgan. Asarda 80 dan ortiq shahar va qishloqlarning nomlari va 80 ga yaqin turkiy etnonimlar keltirilgan. Unda yana Sirdaryo sohillarida, Farg’ona, Etti suv va SHarqiy Turkistonda turg’un yashovchi turkiy aholi, eron tilli so’g’diylar (Mahmud Qoshg’ariyda Sug’dak) va til jihatvdan turklashgan so’g’diylar hamda yirik turkiy xalqlar (qarluq, basmil va boshq.) tilga olingan. Mahmud Qoshg’ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo soxillarida, Ettisuvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning tilini va etnik tarixini o’rganishda muxim manba ekanligi haqidagi o’z fikr-mulohazalarimizni oldinroq bildirgan edik. SHu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, Mahmud Qoshg’ariyning asari ba’zi afsonaviy ma’lumotdan ham xoli emas. Masalan, asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishini «Nuh payg’ambar o’g’li YOfasning o’g’li Turk» bilan bog’lanishi, Afrosiyobni Qoraxoniy turklarining xoni deyilishi: uning (Afrosiyobning) qizi — Kazvin shahrini; hamda Kaz suvi (Balxash ko’li) qirg’og’ida shahar qurilganligi, o’g’li Barman — Barman shahrini; boshqa bir o’g’li Balasag’un — Balasag’un shahrini bino qilganligi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy ma’lumotlardir. Olimning bu xildagi qarashlariga tanqidiy qarab, ularni nima sabab bilan keltirganligini obdon tushunib olish lozim.
Arab tilida yozilgan manbalardan yana biri Ibn al-Asirning (1232—33 yy.) «Kitob al kamilfit tarix» nomlangan asari. Mazkur asarda bizni qiziqtirayotgan X—XII asrlarga oid ma’lumotlar mavjud. Unda shu asrlarda Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy holat, chunonchi qoraxoniylarning Movarounnahr hududini egallashi, G’arbiy Qoraxoniylar davlatining vujudgakelishi, qoraxitoy qabilalarining Ettisuvni va keyin Movarounnaxrni egallab, qoraxoniylarni tobe etishi, G’arbiy Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazm shohlar o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, qarluq, xalach qabilalari Qoraxoniylar davlatining siyosiy hayotida tutgan o’rni va bir qancha boshqa masalalar haqida gap ketadi.
Ibn al-Asirning ma’lumotlaridan XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarining etnik xaritasida ham o’zgarish bo’lganligini tushunib olish qiyin emas. Ma’lumki, 999 yil qoraxoniylar somoniylar ustidan g’alaba qozonib, Movarounnahrni egallashlari bilan bu hududga Ettisuvdan va SHarqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalaridan qarluq, chigil, xalach va boshqa turkiy qabilalar ko’plab ko’chib o’tadilar va ular qoraxoniylarning harbiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynaydilar. Qarluq, xalach va o’g’uz qabilalari G’azna va Xorazmning siyosiy hayotida ham faol qatnashganlar. Ettisuvga, bu erlar uchun yod bo’lgan yangi etnos — qora xitoylar (qorakidan, kidan) kelib o’rnashdilar va o’z hukmronligini o’rnatdilar. Movarounnahr va Ettisuvning etnik tarkibida yuz bergan o’zgarishlar o’sha davrning (X—XI asr) etnik taraqqiyotiga muayyan ta’siri bo’lgan, albatta.
Fors tilida ham bir qancha asarlar mavjud. Bularning ham eng asosiylariga, (ishimizdagi ba’zi masalalarni yoritish uchun) kerak bo’lgan manbalarning ayrimlariga to’xtab o’tmoqchimiz.
Fors tilida yozilgan asarlardan biri Buxoroning Narshaxiy qishlog’ida 899 yili tug’ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi»dir. Bu asar dastavval Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan. 1128 y. hozirgi Quva shaxrida yashagan al-Quboviy nomli kishi tomonidan fors-tojik tiliga tarjima qilingan.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida O’rta Osiyoda arablar «istilosi natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX—XII asrlardagi Buxoro va Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlarning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy tarixiga oid ma’lumotlar beriladi. Asarda yana qadim davrlardan turklarning Buxoro va uning atroflariga kelib joylashishi, Buxoro xalqining tarixi, Turkiston va Etti suv turklari bilan o’zaro siyosiy va etnik aloqalari, Buxoro aholisining e’tiqodlari, bayramlari, qoraxoniylar sulolasi xonlarining Buxoroda va uning atroflarida qurgan qasrlari va qo’riqxonalari haqida va shunga o’xshash bir qancha boshqa masalalar yoritilgan.Asarda keltirilgan ma’lumotlar ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqpari siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tushunib olishimizga katta yordam beradi. Narshaxiyning asarida Xurosonda, Afg’oniston va Movarounnahrda yashovchi ayrim turkiy xalqlar va etnik guruxdar ham tilga olinadi. Masalan, Qoraxoniy turklari, g’uz (o’g’uz) shular jumlasqdandir. Tilga olingan bu xalqlar va etnik guruhlar O’rta Osiyoning siyosiy hayoti va etnogenezida sezilarli iz qoldirgan, albatta.
Etnik tarixni va etnogenezni o’rganish masalasiga oid yana bir muhim manba X asrda fors tilida yozilgan «Hudud al-olam» asaridir. Asarning muallifi ma’lum emas, shuning uchun ham bu asar ko’pincha «Tumanskiy ko’lyozmasi» nomi bilan mashhur bo’lib qolgan.«Hudud al-olam» geografik asar bo’lib, uvda dunyo xalqlarining geografik joylanishi, ma’muriy va iqtisodiy sharoitlari batafsil yoritiladi. Asarning talay qismi Markaziy Osiyoga bag’ishlangan bo’lib, unda mintaqalardagi tabiiy boyliklar, daryolar, cho’l va sahrolar, aholi yashaydigan viloyatlar haqida gapiriladi. Masalan: to’g’uz-o’g’uzlar, kimaklar yashaydigan hududlar, ularning shaharlari, shuningdek Movarounnahr, Xuroson, Xorazm viloyatlari va ularning shaharlari haqida ham qisqa ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar asosida X asrda Movarounnahrda, Sirdaryo bo’ylarida, Ettisuv, O’rol oldi mintaqalarvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning etnik xaritasini tasavvur qilish qiyin emas.
Evroosiyo mintaqalarida joylashgan xalqlar, yirik qabila uyushmalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar qatoriga Gardiziyning (XI asr) «Zayn ul-axbor» asari ko’p yillar davomida tarixchi-tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelgan. Asar fors tilida yozilgan.Asarda Evroosiyo hududlarida yashovchi bir qancha turkiy xalqpar va qabilalar, chunonchi qarluq, kimak, qirg’iz, yag’mo, chig’il, pecheneg, to’g’uz-o’g’uz (to’qqiz-o’g’uz), hazar, suvor, bulg’or va boshqa etnonimlar tilga olinib, ularning joylashgan erlari, xo’jalik faoliyati, e’tiqodlari va urf-odatlari yoritiladi. Gardizi bergan axborotlar «Hudud al-olam» va uvdan odtsinroq o’tgan mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlarni birmuncha to’ldiradi va shu bilan Evroosiyo, xususan, Ettisuv, Janubiy Sibir, SHarqiy Turkistonda va Sirdaryo soxillarida yashovchi aholining etnik tarkibi borasida aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Turkiy xalqlarning etnik tarixini, uni etnogenezini o’rganuvchi tadqiqotchi Muhammad ibn Mansur Marvarudiyning (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshlari) «Tarixi-Muborakshox» asariga murojaat qilmasdan o’tolmaymiz. Bu asar umumiy tarix bo’lib, juda ko’p mamlakatlar va xalqpar haqida ma’lumotlar beradi. Bizning ishimiz uchun asarning eng muhim joyi Turkiston va turkiy xalqpar haqidagi ma’lumotlaridir.
Asarda Turkiy xalqlarning juda katta hududda yashaganligi, ularning sharqiy chegarasi Xitoy bilan, G’arbiy Rum bilan, shimolda shimoliy xalqlar bilan, janubda — Hindistonning baland qorli cho’qqilari bilan tutash ekanligi ta’kidlanadi. Turklarning Evroosiyo va arab mamlakatlaridagi o’rni (mavqei) hamda ular yuqori madaniyatli xalqlar bo’lganliklari, o’z yozuvlariga ega ekanliklari ham asarda qayd qilingan. Asarda 60 dan ortiq turkiy etnonimlar tilga olinadi.
SHaraf ul-zamon Tohir Marvaziy (XII asr boshida yozilgan) asaridan keltirilgan ayrim ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Asarning bir bobi Xitoy mamlakatiga va Hindistonga bag’ishlangan. SHu bobning katta qismida turkiy xalqpar haqida gapiriladi. Marvaziyning asari XII asr boshlarida yozilgan bo’lsada, uning turkiy xalqlar haqidagi ma’lumotlari ilk o’rta asrlarni (VI—X asr) to’la qamrab olgan.
Marvaziy o’g’uz, uyg’ur, kun, qay, sariq (shari), kimak, yag’mo, pecheneg, qirg’iz, qarluq, xaloch, bulg’or va boshqa etnonimlar haqida muhim ma’lumotlar beradi. Asarda tilga olingan qabilalarning etnik tarixi, xo’jalik faoliyati, moddiy va madaniy hayoti, e’tiqodlari haqida gapiriladi. So’zsiz, Marvaziyning barcha ma’lumotlarini boshqa manbalar bilan solishtirmasdan, chuqur tahlil qilmasdan qabul qilib bo’lmaydi. Olimning ishidan foydalangan har bir kishi u bergan izoxlarni ham e’tiborga olishi kerak bo’ladi.
Olmaliq shahrida 1230 yili tavallud topgan, turkiy xalqlardan chiqqan forstojik tilvda asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat as-surah» asarida ham ishimizga oid ba’zi ma’lumotlar mavjud. Asarda asosan Mo’g’ul xonlari, ayrim tarixiy shaxslar, shahar va viloyatlar (Qoshg’ar, Xo’tan, Xo’jand, SHosh, Farg’ona va boshq.) haqida gapiriladi. Biz uchun eng muhimi, asarning Qoraxonlar tarixiga bag’ishlangan qismi. Bunda muallif Qoraxonlar xoni (X asr o’rtalarida vafot qilgan) Satuk Bug’raxon Abd ul-Karimning va uning yaqinlari tomonidan islom dini qabul qilinganligi, islom dinining ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqiar orasiga kirib borishi hikoya qilinadi. O’sha asrda islom dinining chorvadorlar orasida keng tarqalib borishi, ular madaniy darajasining o’sishi turg’un aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yana mustahkamlanib borishida muhim omil bo’lgan. Asarda Qoraxonlar sulolasiga mansub bo’lgan xonlarning nomlari keltirilgan.
Xulosa
YUqorida aytganimizdan xulosa qilib aytish mumkinki, Temur va temuriylar davrida Movarounnaxrda o’zbeklarning asosini muqim yashovchi turkiy tilli aholi tashkil qilgan.
O’zbek elatining"tarkibida yarim o’troklikda kun kechiruvchi etnik guruhlarning ham bo’lganligini yuqorida aytgan edik. Bular XIV—XV asrlar davomida ham etnik nomlarini va urug’-aymoqlarga bo’linish tartibini saqlab qolish bilan birga xo’jaliklariga va modtsiy madaniyatlariga oqd ayrim xususiyatlarini ham saqlab qolgan edilar.
O’zbek xalqining tarkibiga mo’ng’ul tilli aholining ham turkiylashgan guruhlari kirgan. Ma’lumki mo’ng’ullarning asosiy qismi shu asrlarda
Mo’ng’ulistonda yashar edilar.
CHingizxon bosqinlaridan keyin ularning ayrim guruhlari CHig’atoy ulusining sharqiy mintaqalariga (Ettisuvda, SHarqiy Turkistonga) kelib joylashgan edilar. Bular mahalliy aholi ta’sirida til jihatidan turkiylashib, yuqorida aytganimizdek, mo’rul nomini olgan. Temur tuzugida eslatilgan mo’g’ul etnik guruxi shu kelgindilardan bo’lgan.
Mo’g’ul guruhlari an’anaviy chorvachilikni davom ettirganlar: Ammo qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan aholining ta’sirida mo’g’ul guruhlarining madaniyatida, turmush tarzida, tilida va ruhiyatida keskin o’zgarishlar yuz beradi. XIV—XV asrlarga kelib ular Movarounnaxrning barcha turkiy aholisi qatori, o’zlarini turk yoki turk-chig’atoy deb nomlashi ularning hayotida keskin o’zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |