Bog'liq O’RNATILGAN OPERATSION TIZIMLARDA SEMAFORLAR
Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish Hisoblash mashinasining ishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan operatsion tizimning (OT) muhim qismi jarayonlarni boshqarish tarkibiy tizimi hisoblanadi. Jarayon (boshqacha aytganda vazifa yoki masala) bajarilayotgan dasturni tavsiflovchi abstraktsiyadir. OT uchun jarayon uning ish birligi yoki tizim zahiralariga talab uchun so‘rov hisoblanadi.Jarayonlarni boshqarish qismiy tizimi jarayonlar bajarilishini rejalashtiradi, ya’ni tizimda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan jarayonlar o‘rtasida protsessor vaqtini taqsimlaydi. Bundan tashqari, jarayonlarni yaratish va yo‘qotishga mas’ul hisoblanadi, jarayonlarni tizim zahiralari bilan ta’minlaydi, jarayonlar orasida o‘zaro mutanosiblikni qzllab-quvvatlaydi.
Ko‘pvazifali tizimda jarayon uch asosiy holatlardan birida bo‘lishi mumkin:
Bajarilish – jarayonnning faol holati bo‘lib, bu holatda jarayon barcha zaruriy zahiralarga ega bo‘ladi va protsessor tomonidan bajariladi.
Kutish – jarayonning passiv holati bo‘lib, jarayon bloklangan holatda bo‘ladi. Bu holatda jarayon ichki sabablar tufayli bajarila olmaydi, u biror hodisaning amalga oshishini kutadi, masalan, kiritish-chiqarish amalining tugallanishi, boshqa jarayonda xabar qabul qilish yoki unga kerakli biror zahiraning bo‘shashini kutish va h.k.
Tayyorlik – bu ham jarayonning passiv holati bo‘lib, bu holatda jarayon tashqi sabablar tufayli bloklanadi: jarayon unga kerakli barcha zahiralarga ega va bajarilishga tayyor, ammo protsessor boshq jarayonni bajarish iblan band bo‘ladi.
Hayoti tsiklida har bir jarayon biror OT uchun mo‘ljallangan jarayonlarni rejalashtirish algoritmiga muvofiq bir holatdan ikkinchisiga o‘tib turadi. Jarayonlar holatining tipik holati grafi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan (2-rasm):
10.2-rasm. Ko‘pmasalali muhitda jarayon holatlari grafi domenlari va ob’ekt kontekstlari orasidagi munosabat tavsiflanadi Process→ Bu sinf lokal va masofaviy jarayonlarga kirish imkonini beradi, bundan tashqari jarayonlarni dasturiy ishga tushiradi va to‘xtatadi.
ProcessModule→ Bu tur ma’lum bir jarayonda yuklangan (* .dll yoki * .exe) modulni takdim etadi. Shuni yodda tutish kerakki, ProcessModule turi ixtiyoriy modulni ya’ni COM, .NET yoki ananaviy S asosida ikkilik to‘plamni takdim etadi.
ProcessModuleCollection→Bu tur ProcessModule ob’ektlarni turlashtirilgan tashkil etishni ikonini beradi
ProcessModuleStartInfo→ Bu tur Process.Start () metodi yordamida jarayonni ishga tushirishda foydalanilgan qiymatlar to‘plamini ko‘rsatishni imkonini beradi
ProcessThread→ Bu tur berilgan jarayondagi oqimni takdim etadi. Shuni ahamiyatga olish kerakki, ProcessThread turi, jarayon ichidagi yangi oqimlarni yaratish uchun emas, balki jarayonlarni oqimlar to‘plamini diagnoz qilish uchun qo‘llaniladi.
ProcessThreadCollection→ Bu tur ProcessThread Klass System.Diagnostics ob’ektlarni turlashtirilgan tashkil etishni ikonini beradi. Process berilgan qurilmada( lokal yoki masofaviy) bajarilgan jarayonlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Bu sinf jarayonni dasturiy ishga tushirishni va yakunlashni imkonini beradi va jarayonni ustuvor pog‘onasini ko‘rsatishni. Va ayni bir jarayon ichidagi yuklangan modellarni va aktiv oqimlar ro‘yxatii olish imkonini beruvchi a’zolarni takdim etadi. 17.2. jadvalida System.Diagnostics Process sinfini ba’zi asosiy xossalari keltirilgan