Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya ,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-kurs talabasi Jo’rayev Azizbekning Ijtimoiy rivojlanishning zamonaviy konseptsiyalari fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: KOREYA XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TAHLILLAR
Topshirdi: Jo’rayev Azizbek
Tekshirdi:__________________________
MAVZU: KOREYA XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TAHLILLAR
REJA:
1.KXDR haqida umumiy ma’lumot.
2.KXDRning hozirgi kundagi iqtisodi.
3.Tabiiy resurslari.
4.KXDRning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin bolgan shaxsiy fikrlarim
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya — Koreys yarimorolida, Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti — Pxenyan. 9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (Pxenyan, Keson, Xamxin, Chxonjin). Davlat boshligʻi — prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi.
1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi.
1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi.
1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
Koreya xalq demokratik respublikasi, KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) — Uzoq Sharkda, Koreya yarim orolning shimoliy va qisman materikda, 38-paralleldan shimolida joylashgan davlat. Maydoni 120,54 ming km2. Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pxenyan shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (province)ra va viloyat maqomiga ega boʻlgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga. boʻlinadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam.
Davlat tuzumi. KXDR — sotsialistik davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Unga keyinchalik oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organlari amal qiladi: Oliy xalq majlisi (OXM) va uning Doimiy kengashi, Mudofaa qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq Maʼmuriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qoʻmitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qoʻmitasi bekor qilingan. Ularning vakolatlari OXM va uning Doimiy kengashiga taqsimlandi va qisman Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Mudofaa qoʻmitasining raisi (1993-yil 9-apreldan Kim Chen Ir) oliy davlat lavozimi boʻlib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi.
Tarixi. Konstitutsiyaga binoan, KXDR — "Suveren sotsialistik davlat" boʻlib, oʻz faoliyatida Chuchxe gʻoyalariga amal qiladi ("Chuchxe" — mustaqillik maʼnosini bildiradi hamda "inqilob va qurilishdagi" barcha masalalarni oʻz kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni koʻzda tutadi). Xalqommasi "buyuk dohiy" Kim Ir Senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan soʻng oʻgʻli va vorisi Kim Chen Irga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalana boshladi. KXDRda juda qattiq intizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi taʼsirdan muhofaza qilinadi.
1945—48 yillarda Shimoliy Koreyada yer islohoti oʻtkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat ixtiyoriga olindi. 1950—53 yillardagi urush mamlakatga katta zarar yetkazdi, xoʻjalik qurilishini toʻxtatib qoʻydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR, Xitoy koʻmagi bilan 200 ga yaqin xalq xoʻjaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sotsialistik islohotlar tugab (1958), industriyalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafkoʻraviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yoʻli boshlandi. Janubiy bilan oʻzaro kurash keskinlashgan sharoitda xoʻjalik va mudofaa qurilishini bab-baravar olib borish, mustahkam moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish vazifasi qoʻyildi (1980). Milliy bayramlari — 16-fevral — Kim Chen Irning tugʻilgan kuni (1942); 15-aprel — Quyosh bayrami (Kim Ir Senning tugʻilgan kuni, 1912); 9-sentabr — KXDR tashqil etilgan kun (1948). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 7-fevralda oʻrnatgan.
K. Mehnat partiyasi, 1945-yilda asos solingan. 1946-yilgacha K. Kommunistik partiyasi. 1946-yilda Shim.dagi Yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va Yangi xalq partiyalari bilan birlashib, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi va Janubiy Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949-yilda ular yagona Koreya Mehnat partiyasi boʻlib birlashdi; K. Sotsial-demokratak partiyasi, 1945-yilda tuzilgan, K. Birlashgan demokratik vatan frontiga kiradi; Chxondogyo—Chxonudan partiyasi (Samoviy yoʻl dini yosh doʻstlari partiyasi),1946-yilda asos solingan, K. Birlashgan demokratax vatan frontiga kiradi; K. Birlashgan demokratik vatan fronti — K. vatanparvar partiyalari va tashqilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivojlanishi uchun kurash shiori ostida 1949-yilda tuzilgan. K. birlashgan kasaba uyushmalari, 1945-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.
KXDRning iqtisodiyoti KXDR — industrialagrar mamlakat. Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatda ogʻir industriya asoslarini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yoʻli tutildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat va kooperativ xoʻjaliklari tashkil etildi.
Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat korxonalari mavjud. Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, qoʻrgʻoshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va boshqa foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi ogʻir sanoat, yetakchi tarmoqlari — elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik; yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000-yil arafasida xalq xoʻjaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk koʻchaga kirib qolgan, sanoat notekis rivojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis.
Don yetishtirish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosini tashqil etadi. Sholi (haydaladigan yerlarning 50%) va makkajoʻxori — asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlaridir. Bugʻdoy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va boshqa ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantatsiyalari bor. Chorvachilik unchalik rivojlanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, yaʼni 2,27 mln. ga yerda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga yer oʻrmon bilan qoplangan.
Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor boʻldi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsulot boʻlmish sholi hosili pasayishi aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari bilan belgilangan meʼyorda taʼminlash tizimi saqlangan.
Yuklarning 90% yaqini temir yoʻlda tashiladi. Transport yoʻlilar uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnasi 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va boshqa Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi.
Tashqi savdosi unchalik rivojlanmagan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilgʻi, koks, prokat, paxta tolasi, oʻgʻit, xalq isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va boshqa Pul birligi — vona.
Foydali qazilmalar va gidroenergetik resurslarning katta hajmi mamlakat sanoat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Asosan qazib chiqarish sanoati (ko‘mir, temir, magnit rudalari, grafit, mis, rux, qo‘rg‘oshin) va og’ir sanoat rivojlangan. Iqtisodiyot ustidan o‘matilgan davlat nazorati hatto kommunistik rejim uchun ham juda qattiq. Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlarning barchasi kollektivlashtirilgan. Qishloq xo‘jaligida (YIMning chorak qismiga yaqini) mehnatga layoqatli aholining 36%i band. Asosiy ekinlari — sholi, makkajo’xori, soya, kartoshka, boshoqli ekinlar. Iqtisodiy rivojlanish va turmush darajasi bo’yicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan ancha orqada.
Do'stlaringiz bilan baham: |