- Estetik idrok xususiyatlari to`g’risida gapirar ekanimiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim bo`ladi. Bu esa o`z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o`ziga xosligi shundaki, san’atkor o`z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan belgilab oladi, badiiy to`qimalar yordamida “nomoddiy narsalarni “moddiylashtiradi”, ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. Shunga ko`ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o`quvchi avvalo, mazkur sohaga doir bilimlardan xabardor bo`lmog’i lozim. Yo`qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo`lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatining bilish yoki uning mazmunini o`zlashtirish uchun mazkur jarayonni maxsus o`rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idrok tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo`lib, bu holat inson kamolotining barcha pog’onalarida ishtirok qiladi.
Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o`quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o`ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o`z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi (tomoshabin, o`quvchi , kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi. - Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o`quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o`ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o`z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi (tomoshabin, o`quvchi , kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |