Mustaqil ishi mavzu: “Dunyo shaxarlarda zamonaviy parking tizimlari” Reja


Yaponiya avtomobilizatsiyasini rivoji



Download 0,61 Mb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#233481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyo shaxarlarda zamonaviy parking tizimlari

Yaponiya avtomobilizatsiyasini rivoji.

1960 – yillarni boshlarida Yaponiyada va Yevropada ixcham avtomatlashtirilgan avtoturargohlar g`oyasi juda mashxur bo`lgan. yaponiya iqtisodiyoti o`zining yuqori cho`qqilarida edi, Yevropaning oldi davlatlaridan biri Germaniya davlati 2 – jahon urushidan keyin iqtisodiyoti tiklandi bu esa avtomobillar sonini ko`payishiga olib keldi. 1960 – yillarning o`rtalarida Bob Lichti 22 ta avtomobil o`ziga sig`dira oladigan rotorlik avtoturargoh loyihasini ishlab chiqdi va shunga o`xshash avtoturargohlardan o`z samarasi bilan ajralib turar edi.

1960 – yillarga kelib ko`pchilik tashkilot va kompaniyalarning avtoturargohlarini rivojlantirishga qaratilgan edi, lekin ular o`ziga qimmat katta avtoturargohlarni qurdira olishmas edi, chunki katta shaharlarda katta miqdordagi yerlar bo`lmasligi va bo`lsa ham juda qimmat bo`lganligi sababli ixcham avtomatlashgan avtoturargohlarga bo`lgan talab yanada oshdi.

Dunyo miqyosida aholining avtomobilga bo`lgan talab kundan-kunga oshib borish dunyo shaharlarida qator muammolarini keltirib chiqarmoqda edi, va bu yechimlar keying yillarda amalga oshirilib kelmoqda.

Yaponiya tajribalarini qaraydigan bo`lsak Yaponiyaning avtomabillashtirish ko'rstakichi dunyodagi eng yuqori o'rinni egallaydi. 1000 yashovchiga 453 ta avtomobil to'g'ri keladi.

O'ylab qolasan, umumfoydalanish transport vositalari a'lo darajada ishlab turgan bir paytda shunday ham tor bo'lgan Yaponiyada buncha avtomobilning nima keragi bor? Lekin Yaponiyada bu savolga bir tomonlama javob berishmaydi. Ichki bozorda avtomobil ishlab chiqarish muhim rol o'ynaydi. Avtomobilsozlik esa Yaponiya iqtisodida muhim o'rin tutadi. Shu sabab Yaponiya rahbariyati bu sohada juda nozik ish olib borishadi. Ular shaharlarni shaxsiy avtomobillardan bug'ilib qolmasligi va qimmatbaho avtomobilsozlik og'ir ahvolga tushmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirib turishadi. Har holda avtomobilchilarga davlat tomonidan qattiqqo'llik bilan o'tkazilayotgan siyosat tufayli bu narsaga hozircha erishib kelinmoqda.

Tokioda, albatta, tirbandlik bor. Ish kunlarida ko'pchilik umumtransport vositalaridan foydalanishadi. Yaponiyada faqat pul yig'ib mashina sotib olib bo'lmaydi. Bundan tashqari avtomobilni saqlashga qodir ekanligini, yonatrofdagilarga ziyon yetkazmasligini ham isbotlab berishga to'g'ri keladi. Shu sabab eng asosiy talablardan biri, bu avtomobil saqlash joyi hisoblanadi. Avtomobil sotib olgan odamning uyidan 2 km. dan uzoqda bo'lmagan joyda avtomobil turadigan joy bo'lishi shart. Bu avtomobil qo'yish joyi ijaraga olinadi va uning narxi taxminan shu hudaddagi bir xonali uyning ijara narxi bilan tengdir. Avtosaqlash joyingiz borligining o'zi ham yetarli emas. Politsiyaga hujjat taqdim etganingizda avtosaqlash joyining loyihasini ham taqdim etishingiz kerak bo'ladi. Agar avtosaqlash joyingizning hajmi yangi yo'l tanlamas uchun kichiklik qilsa politsiya sizga uni sotib olishingizga ruxsat bermaydi.

Agar siz turgan uyning atrofi o'ralgan bo'lsa va shu uyda yashovchilar qarshi bo'lmasa siz o'zingizni erkin tutishingiz mumkin. Turar –joy yaqinidagi velo va avtosaqlash joylari qurilish paytidayoq avtosaqlagich joylari loyihaga kiritiladi. Lekin joy kam bo'lganligi sabab, u ikki maqsadni ko'zlab qilinadi. Shuni aytish kerakki, Yaponiyada ikki xil yengil avtomobil turi bor. Oddiy va yengil avtomobil. Ko'rinishidan ajratib olish qiyin bo'lmasa ham, yengil avtomobillarni raqamlarining rangi sariq rangda bo'ladi. Asosiysi kattaligi va og'irligiga qarashadi. Bundan tashqari, vaqtinchalik bepul avtoturar –joyning o`zi yo`q. Yaponiyaning aholi zich joylashgan shaharlarida avtoturar –joylar alohida e'tiborga loyiq. Agar shahardan chetga chiqsangiz, Yaponiyada avtoturar

– joylar ikkiga bo'linadi: mahalliy hukumat va xususiy. Umuman olganda ko'cha avtoturar-joylari va yo'l chetidagi avtoturar –joylar mahalliy hokimiyatga tegishli bo'ladi. Bir qarashda avtoturar-joy bepuldek. Lekin maxsus avtomat o'rnatilgan.

Tokio yer yuzidagi avtoturar –joyi eng qimmat bo'lgan shahar arzoni bu shahardan ancha uzoq bo'lgan joyda, soatiga bir dollarlik avtoturar–joy hisoblanadi. Shaharga yaqinlashganingiz sari bu narx 3 dollardan 6 dollargacha ko'tarilib boradi. Savdo markazi va shunga o'xshash inshootlar avtoturar-joy uchun o'zlarining chegirmalarini taklif etishadi. Bundan tashqari yopiq va yer osti avtoturar-joylar ham mavjud. Bular mahalliy hokimiyatga tegishli. Shahar loyihasida avtoturar –joylarga alohida e'tibor beriladi va tushadigan daromadning bir qismini xususiy atoturar –joylarni rivojlantirishga yo'naltirishadi. Xususiy avtoturar –joylar ko'p qavatli va g'aroyib ko'rinishga ega. Ular derazasiz baland minoralarga o'xshaydi. Harakat kamroq ko'chalarda hech narsaga qotirilmagan temir polkalarga o'xshagan avtoturar –joylar ham bor.7 Shaxsiy avtomobillarni nazorat qilish tizimini asosiy maqsadi shundan iboratki, odamlar avtomobillardan kamroq foydalanishsin. Aholi gavjum va shahar markazlariga kamroq kirishsin. Shu sabab qancha shahar markaziga yaqinlashsangiz, narx shuncha qimmat va avtoturar –joylar kam. Taksilarning juda ko'pligini mana shu bilan izohlash mumkin.

Shahar markazida avtoturar –joy uchun pul to'lagandan ko'ra, taksiga to'lagan afzalroq. Taksilar esa ular uchun alohida ajratilgan joylarda to'xtashadi. Tokiodagi hayratlanarli avtoturar –joylar tizimi muammo masala emas. Poyezd stantsiyalari shunchalik zich joylashganki, ularga yetib olish hech qanday muammo tug'dirmaydi. Stantsiyalar atrofida katta avtoturar - joylar bo'lib, qulayroq narxga bir oyga ijaraga olish mumkin. Yaponiyada xususiy avtoga ega bo'lish juda qimmatga tushadi. Bu cheklovlar va qoidalar shu narsaga olib keldiki yaponlar mashina sotib olganlarida juda extiyotkor va xamma narsaga e'tiborli bo'lib qolishdi. Yaponlarda tanlash imkoniyati doimo bor. O'z avtomobilida qimmat va tez hamda undan ham tezroq va arzonroq umumtransport vositasida yetib olish imkoniyati mavjud.

Yirik shaharlarda yerning o`ta tanqisli va yengil avtomobillar sonining tinimsiz ortib borishi avtomobil turargohlariga oid muammoni yechishning yangi yo`llarini izlab topishga majbur etadi. Butun jahonda baland avtoparking – osmono`par inshootlar qurishning bir necha o`nlab qavatlarda oshib, kun sayin rivojlanib bormoqda. Bunday avtoturargohlar turli shaklga ega bo`lishi, qisman yer osti qavatlari bilan yechishi, funksional jihatdan boshqa xonalar bilan qo`shilishi ham mumkin. Kombinatsiyalashgan osmono`par avtoturargohlarning original va istiqbolli loyihalari mavjud bo`lib, ularning pastki qavatlariga avtomobil turar –joyi, o`rta qavatlariga ofislar, eng yuqori qavatlariga esa lyuks sinfli yashash ko`chmas mulki joylashadi.

Osmono`par avtoturargohlar qurilishining asosiy maqsadi –mumkin qadar ko`proq avtomobillarni iloji boricha kamroq yer maydoniga joylashtirishdan iborat, bunda avtomobillar egalariga avtomashinalarini avtomobil saqlash joyiga qo`yish va undan istalgan paytda qaytib chiqib ketishning oddiy va tez usullaridan foydalanishlarini ta`minlash taqazo etiladi. Osmono`par avtoturargohlar dan foydalanish bo`yicha avtomashinaga bir metr kvadratdan kamroq yer maydonini sarflash imkonini beradi. Osmono`par avtomobil turargohlari bu shaharsozlikda yangi kelajagi porloq yo`nalishdir. Germaniyadagi ko`p qavatli parking –do`kon, mazkur avtoturargoh 2009 –yilda Wolorsburgdagi Folksvagen zavodi hududida qurilgan. Yigirma qavatli to`liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh aylanasimon minora (башня) ko`rinishida yechilgan va 400 ta o`rin uchun mo`ljallangan. Unda sotishga mo`ljallangan avtomobillar saqlanadi. Ushbu avtoturargohning yaratuvchilarining tasdiqlashiga ko`ra, bunday shakldagi avtoturargoh an`anaviy avtomobil turar –joylariga qaraganda yerni 20 % ga kam egallaydi. Bu esa juda katta ahamiyat kasb etadi chunki yerning narxi Germaniyada juda qimmat turadi. Avtomobillar yuqori avtomatlashtirilgan ulkan yuk –ko`taruvchi kranlar yordamida ko`tariladi. Undan keyin sotish jarayoni quyidagicha kechadi, xaridor katta yopiq avtosalonga keladi, bu yerda u sotuvchi –konsultanitlar yordamida o`ziga kerak bo`lgan parametrlar bo`yicha avtomobil tanlaydi va uni haydab ko`radi. To`lov bajarilgandan keyin xaridor avtosalondan chiqadi. Besh mingtadan keyin mazkur aylanasimon minora (башня) dan uning mashinasi no`lli spidometr bilan tushiriladi. Agar istasa xaridor shaxsan o`zi ushbu gigant avtoturargohga ko`tarilishi, mashinaga o`tirishi va o`z mashinasi bilan birgalikda robotlashtirilgan sharoitda pastga ham tushishi mumkin. (4 –rasm.) Karbit –End –Karbon inshooti balandligi bo`yicha Chikagoda 91 –o`rinda turadi. Chikago mashhur “makkajo`xori so`talari”. Ular o`ziga butun bir majmuani kiritadi –bu yerda mehmonxonalar, ofislar, banklar va 18 qavatli avtoturargoh ham joylashgan. Kowlon East –eko avtoturargoh va Gongkong (Xitoy) dagi Aedas arxitekturaviy byuro loyihasi bo`yicha qurilgan 28 qavatli Kowloon Bay avtoturargohlari ham barpo etildi va unga “yashil parkovka” deb nom b erildi.




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish