Tok kuchi.
Tokning kuchi deb, o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan elektr zaryadiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Bunda I –tokning kuchi, q –elektr zaryadi, t – elektr zaryadi o`tishi uchun ketgan vaqt.
Tok kuchi elektr zaryadi kabi skalyar kattalikdir. SI da tok kuchi amper (A) hisobida o`lchanadi. Tok kuchi ampermetr bilan o`lchanadi. Ampermetr zanjirning ko`ndalang kesimi yuzidan o`tayotgan tokning kuchi yo`gonroq joyidagiga qaraganda katta bo`ladi. Shuning uchun ham, tok kuchidan tashqari tok kuchining zichligi deb ataluvchi fizik kattalik tushunchasi kiritiladi va i ("yot") harfi bilan belgilanadi.
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazhgichning bir birlik ko`ndalang kesimi yuzidan o`tgan tokning kuchiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Bundagi tok kuchining o`rniga ifodasi qo`yilsa:
Bu formulaga asosan tok kuchining zichligini, yana quyidagicha tariflash mumkin:
Tok kuchining zichligi deb, o`tkazgichning bir birlik ko`ndalang kesim yuzidan vaqt birligi ichida o`tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Zanjirning bir qismi uchun om qonuni. O`tkazgich bo`ylab zaryadlarning harakatlanishi uchun o`tkazgich uchlarida potensiallar ayirmasining bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, o`tkazgich ichida maydon bo`lishi shart.
O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi elektrostatikadan farqli ravishda kuchlanish deyiladi va U (lotincha "u") harfi bilan belgilanadi.
Zaryadlarning o`tkazgich bo`lib ko`chishida o`tkazgichdagi elektr maydon kuchlari ish bajaradi.
O`tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi yoki kuchlanish deb, bir birlik musbat zarjadni utkazgich builab kuchirishda utkazgichdagi elektr maydon kuchining bajargan ishiga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi, yani:
Demak, berilgan o`tkazgich uchlaridagi kuchlanish bilan o`tkazgichdagi elektr toki kuchi orasida boglanish mavjud bo`lishi kerak. Elektr toki vositasida bu boglanishni aniqlash uchun turli tajribalar o`tkazilgan. Qutblaridagi kuchlanishni asta–sekin o`zgartirsa bo`ladigan tok manbaiga o`tkazgich ulansa, undan o`tayiotgan elektr tokining kuchi o`tkazgich uchlariga q`oyiilgan kuchlanishga to`gri proporsional bular ekan
Tok kuchining kuchlanish va qarshilikka bunday ko`rinishdagi bogliqligiga zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deyiladi. Bu qonun elektr hodisalari to`grisidagi talimotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib, u quyidagicha tariflanadi:
Zanjirning bir qismidan o`tayotgan tokning kuchi o`tkazgich uchlaridagi kuchlanishga to`gri proporsional va o`tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
SI da o`tkazgichning qarshiligi Om () hisobida o`lchanadi. Om deb, uchlaridagi kuchlanish 1 V bo`lganda 1 A tok o`tkazadigan o`tkazgichning qarshiligiga aytiladi.
Yopiq zanjir uchun Om qonuni zanjirdagi tokning kuchi I ni EYUK va zanjirning to`la qarshiligi (R+r) ni bir–biriga boglaydi. Yopiq elektr zanjirning qismlariga Om qonuni tatbiq qilinsa, zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanishlarning yigindisi manbaning elektr yurituvchi kuchiga teng bo`ladi.
Bu tenglik yopiq zanjir uchun Om qonunining matematik ifodasi bo`lib, u quyidagicha tariflanadi.
Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha. 1820 yilda Daniya fizigi Gans Hristian Ersted (1777–1851) tajriba asosida magnit strelkasining ustiga parallel joylashtirilgan o`tkazgichdan tok o`tganda magnit strelkasining dastlabki vaziyatdan ogishi va o`tkazgichga perpendikulyar joylashganligi aniqlandi. Agar o`tkazgichdan tokning o`tishi to`htatilsa, magnit strelkasi yana dastlabki vaziyatga qaytadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Elektronika . X.K.Aripov, A.M.Abdullayev, N.B.Alimov , X.X.Bustanov, V.Y.Obyedkov, SH.T.Toshmatov. Toshkent 2012
2.Internet saytlari: www. Ziyonet.uz , www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |