Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Budjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Budjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1- chizma). O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ga muvofiq davlat budjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi : 1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar; 2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3. Qonun xujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar - Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Budjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Budjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1- chizma). O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ga muvofiq davlat budjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi : 1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar; 2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3. Qonun xujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar
Do'stlaringiz bilan baham: |