O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBEK TILI
YO’NALISHI 174-GURUH TALABASI
MATCHONOVA NAFOSATNING
O’ZBEK TERMINOLOGIYASI
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: MATCHONOVA N.
TEKSHIRDI: RAJABOV O’.
URGANCH - 2020
Mavzu: O’zbek terminologiyasining leksik-genetik xususiyatlari
Reja:
KIRISH.
O’zbek tilida terminlarning rivojlanish xususiyatlari.
ASOSIY QISM:
1. O’zbek tilida terminlarning yuzaga kelishi rivojlanish tarixi.
2. Terminologiyaning shakllanishi. O’zbek terminologiyasi shakllanishining uch bosqichi.
2.O’zbek tili terminologiyasining leksik-genetik xususiyatlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Ma‘lumki, o’zbek xalqi davrlar osha ko’pgina jihatdan etuk yozma yodgorliklar barpo etdi. Turli davr va sharoitlarda yaratilgan mazkur manbalarda o’zbek tilining leksik boyligi, shu jumladan, terminologiyasi o’z aksini, ifodasini topgan. Ma‘lumki, Turkiy xalqlar ichida va O’rta Osiyoda O’zbekiston qadimgi va keng rivoj topgan ma‘naviy va ma‘rifiy o’choqlardan biridir. Buni biz qadimgi yozma yodgorliklar, jumladan, ―Avesto kitobi, shuningdek, xalq og’zaki ijodi yozma manbalaridan bilamiz. O’zbek xalqi madaniyati va uning tarixi ko’p asrlardan buyon shakllanib, sayqal topib kelayotgani hech kimga sir emas. Aslida, o’zbek tili lug’at boyligini kuzatish shundan dalolat beradiki, uzoq yillar, aniqrog’i, uzoq asrlar davomida tilimizga juda ko’plab arabcha-forscha so’zlar, terminlar kirib kelgan. Bularning dastlabki manbalari muqaddas ―Avesto kitobi bo’lsa, keyinchalik turkiy xalqlar, ayniqsa, o’zbek xalqi uchun rivojlangan davr IX- XIX asrlardagi badiiy va ilmiy asarlardagi manbalar hisoblanadi. O’sha davrlarda bularning katta qismi ilmiy termin sifatida yuqori darajaga ko’tarilgan. Bunday so’z va terminlar o’zbek tili terminologiyasi tarkibiga shu darajada singib ketganki, ularni faqat mutaxassislargina bu so’z arabcha, bu so’z forscha deb ajrata oladilar. Masalan, kitob, daftar, maktab, giyoh, siyoh, pul, tandir kabi ko’plab sozlarni oddiy o’quvchi o’zbekcha o’zbek so’z va termin sifatida asrlar davomida qo’llab kelmoqda. Masalan, ajdodlarimiz tarixini qanchalik chuqur o’rganar ekanmiz, tildagi turli terminlar tabiati, ularning taraqqiyot yo’llari va prinsiplari hamda semantikasi shunchalik tushunarli bo’la boradi. Adabiy til sifatida XV asrdayoq asos solingan o’zbek tili XX asrning boshlarigacha qanchalik rivojlangan va, pirovardida, turli fan hamda sohalarda qanchalik boy terminlarga ega bo’lmasin, ammo bari bir, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnik sohalarda ro’y bergan o’zgarishlar tufayli yuzaga kelgan minglab yangi tushunchalarni ifodalash uchun ular kamlik qilardi. Masalan, ajdodlarimiz tarixini qanchalik chuqur o’rganar ekanmiz, tildagi turli terminlar tabiati, ularning taraqqiyot yo’llari va prinsiplari hamda semantikasi shunchalik tushunarli bo’la boradi. Ko’pchilik uchun ba‘zi tarixiy terminlar umuman tushunarsizdir. Haqiqatan ham ayrim ibtidoiy mehnat qurollari to’g’risida atroflicha tasavvurga ega emasmiz. Albatta, bular haqida ma‘lumot olish uchun tarixiy hujjatlarni titkilash, arxeologik topilmalarni ko’zdan kechirish yoki boshqa manbalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Bu xususida Oftobxon Umarxo’jaeva shunday yozadi: ―O’zbek xalqining uzoq o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan charx, omoch, juvoldiz kabi mehnat qurollari qadimgi davr moddiy madaniyati in‘ikosidir. Yana bitta misol. Supra deganda qo’y yoki echkining terisidan oshlab tayyorlangan dasturxon shaklidagi mehnat quroli tushunilgan. To’ylarda, marosimlarda, ma‘rakalarda va boshqa tadbirlarda nimta go’shtlarni supraga o’rab, mehmonlar oldiga qo’yilgan. Davrlar va vaqtlar o’tishi bilan supraning vazifasi va buyumni anglatgan terminning ma‘nosi toraygan. Endilikda esa mazkur termin, ya‘ni supra ostida un elash, xamir qorish va yoyish uchun xizmat qiladigan predmet tushuniladi. Hozirda supra oshlangan teridangina emas, balki qalin kleenka yoki boshqa bir matodan ham tayyorlanadigan bo’lgan. SHuningdek, hozirgi kunda supra terminiga yana bir ma‘no yuklatildi. Bu Oliy ta‘lim muassasalarining o’quv jarayonidagi fan soatlarini tartib bilan joylashtiradigan ko’zgu ham supra deb yuritiladigan bo’ldi. Shunday ekan, qadimdan ishlatilib kelinayotgan qator mehnat qurollarining nomlari hozirgi vaqtda o’z semantikasini o’zgartirib, takomillashib, boshqa ma‘nodagi terminlar vazifasini bajara oladi. Bu esa so’zlarning, terminlarning ma‘nosida ayrim o’zgarishlar ro’y berish jarayoni keng tarqalganligidan, terminologik tizimlarning boyib borayotganligidan darak beradi. Hozirgi o’zbek adabiy tili taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlaridan biri, buyuk mutafakkir, davlat va jamiyat arbobi, ulug’ shoir Alisher Navoiy asos solgan eski o’zbek adabiy tili leksikasi, shu bilan birga, uning terminologiyasini har tomonlama ilmiy jihatdan o’rganish bugungi o’zbek tilshunosligining dolzarb masalalaridandir. Ushbu ishimizda qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o’zbek tili yozma yodgorliklarida qayd etilgan ishlardagi o’zbek tili leksikasi, ayniqsa, o’zbek tili terminologiyasiga ilmiy jihatdan o’rganishga bag’ishlangan ayrim ishlar yuzadan fikrlar yuritishni maqsadga muvofiq deb topdik. A.Matg’oziev va A.Ibrohimovlar o’zlarining maqolalarida harbiy leksika va unga oid ayrim terminlarning semantik-funksional, tarixiy-etimologik hamda struktur-grammatik xususiyatlari ustida ilk bor tadqiqot olib borib, ular yuzasidan dastlabki ma‘lumotlarni atroflicha yoritishga harakat qilishgan. Yuqoridagi maqolalarning biri XVII asrning yozma yodgorligi hisoblangan ―’’Kelurnoma’’ (chig’atoycha-forscha lug’at)da qayd etilgan harbiy so’zlarni sharhlashga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi va keyingi maqolalarda XIX asr o’zbek tili tarixiy manbalarida uchraydigan yuzdan ortiq harbiy so’z va terminlarni leksik-semantik guruhlarga bo’lib, unda ularning izohi, etimologiyasi hamda ayrim yasalish xususiyatlari keltirilib o’tilgan. Shuningdek, professor H. Dadaboyev ham o’zbek tili tarixiy leksikasi, jumladan, harbiy terminlar yuzasidan monografik planda ilmiy-tadqiqot ishlari olib, ularning samarasi o’laroq, bir qancha ilmiy maqolalar, monografiya e‘lon qilgan, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Jumladan, u o’zining ilmiy maqolalaridan birida ―Qadimgi turkiy xalqlar ham qudratli harbiy kuchga ega bo’lganliklari va ularning sinfiy jamiyatdagi hukmdorlikni saqlash, mehnatkash ommaning har qanday noroziliklarini bostirish, tashqi hujumlardan yurtni himoya qilish yohud boylik orttirish uchun qilinadigan hujumlarda qurolli kuchlarning bo’lishlari hamda yuqoridagi xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan va shu jarayonda yuzaga kelgan harbiy terminlarni to’plab, ularning morfologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan atroflicha faktik materiallar asosida yoritadi. Shuningdek, mazkur muallif o’zining mazkur ishida qadimgi yodnomalarda turkiy xalqlarda qo’shinning asosan ikki turi – otliq va piyoda askarlar bo’lganligini qayd etib o’tadi va ularni zodagonlar va badavlat dehqonlardan tuzilgan otliq askarlarni qadimga manbalarda atlыg„ (To’n, ), yollanma askarlar va qullardan tashkil etilgan piyoda askarlarni esa yadag„ terminlari bilan atalganini e‘tirof etadi. Ma‘lumotlarga qaraganda, atlыg„ og’ir hamda yengil qurollar bilan qurollangan suvoriylarga bo’linadi.Ular uchun quyidagi terminlar qo’llanilganligi qayd etiladi: qыlыch – qilich, so’no’ – nayza, ya – yoy, yaraq – sovut. Engil qurollangan otliqlar asosan soqchilik va qorovulchilik bilan shug’ullanishgani va otliq askarlarning soni piyodalarga nisbatan ancha ko’p bo’lganini qayd etib, otliq, askar, piyoda, soqchi, qorovul kabi harbiy terminlarni keltiradi. Bundan tashqari, H. Dadaboev o’zining ushbu maqolasida jangavor, saf, tartib, murchil, yasal, yasav, yasaq, masaf, manglay, irovul/ hirovul, qo„riqchi, tungi soqchi, barang„ir//burang„ir, maymana, yamin, juvang„ar, maysara, qumbul//qumbi – o„rab olish, oq boyrakchi, sol boyrakchi, boyrak, chag„davul // chыndavul, art, saqa, xossa tabun, ilg„ar, ilg„a, qavg„unchы // quvg„unchы, chapqunchы, dapqur, yortavul, yort, chohra // chuhra, to„nqatar, ko„mak, madad, bo„luk // buluk // bo’lak, tarh, guruh, qosh, favj, to„man, miq, yuz, o„n, ellik kabi o’zbektili leksikasining harbiy terminlarini keltirib o’tadi. Xullas, kelib chiqishi jihatidan turkiycha – eski o’zbekcha, arabcha, forscha, turkiycha – mo’g’ulcha bo’lgan qo’shin turlari, harbiy qismlar va ularning bo’linmalarini anglatuvchi terminlarning eski o’zbek tilida rang-barangligi o’zbek xalqiga xos harbiy san‘at va taktikaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ko’rinib turibdiki, muallif qayd etgan terminlarning aksariyati hozirgi o’zbek adabiy tilida ham faol qo’llanilayotganligi e‘tirof qilish mumkin. Umuman, turmushda yuz beradigan har bir o’zgarish va har bir yangilik tilning lug’at tarkibida o’z aksini topadi. Bu hol o’ziga xos yangi so’zlar (nomlarterminlar)ni yuzaga keltiruvchi va shu bilan birga, tilning lug’at tarkibini hamda leksikasini boyitadi. Tilshunos N.Ikromova o’zining oziq-ovqat terminlariga bag’ishlangan maqolasida oziq-ovqatlar hamda ularning tarkibiy qismi bo’lgan non va uning turlari haqida fikr yuritib, shunday yozadi: ’’Leksika tilning rang-barang so’z qatlamlariga boy bo’limi bo’lib, ana shunday leksik qatlamlardan biri o’zbek tilida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi so’z-terminlardir. Non eng qadimgi ozuqalardan biridir. U bir necha xil don, unlardan (bug’doy, arpa, jo’xori, kurmak va sh.k.) tayyorlanadi: masalan, bug’doy non, arpa non, zog’ora non, kurmak non kabi. Bu yemishning turli xalqlarda tayyorlanish usuli va xillariga ko’ra nomlanishi ham turlichadir. O’rta Osiyo xalqlarida esa barcha davrlarda ham talaffuzdagi farqlarni e‘tiborga olmaganda deyarli bir xil nomlanadi. Jumladan: o’zbek, qozoq, qirg’iz, qaroqalpoq, uyg’ur va tojik tillarida non, ozarboyjon, turkman tillarida cho’rak deb atalib kelingan. O’zbek tilining tarkibiy qismi bo’lgan Xorazm shevasida yuqoridagi har ikkala variant, ya‘ni non ham, cho’rak ham qo’llaniladi. Ajdodlarimiz tarixini, ularning bizga qoldirgan boy, ma‘naviy merosini qanchalik chuqur o’rganar ekanmiz, tildagi turli so’zlar, terminlar tabiati, bundan tashqari, taraqqiyot yo’llari va prinsiplari hamda semantikasi shunchalik tushunarli bo’ladi. Ko’pchilik uchun ayrim tarixiy leksemalar tushunarsizdir, bular haqida ma‘lumot olish uchun tarixiy hujjatlarni izlash, arxeologik qazilmalarni ko’zdan kechirish, qadimiy yozma yodgorliklar va boshqa manbalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, o’zbek tili sport leksikasining shakllanishida buyuk sarkarda, qo’mandon Amir Temur va buyuk mutafakkir, fan va davlat arbobi, hazrat Alisher Navoiylarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Amir Temur va Alisher Navoiylarning o’z avlodlariga qoldirgan boy ma‘naviy merosida ko’plagan o’zbek tili terminologiyasiga doir so’zlar hamda terminlar uchraydi. Ular dav, dilovar, qushtigir, mot, paykor, pahlavon, piyoda, po„ya, razm, ruh, savlajon, savash, tahrik, xayl, chavgon, shartanj, yal, qurg„a, ilmi badan, ko„ngil tarbiyasi9 kabilardir. Tilshunos N.Ikromovaning ta‘kidlashicha, non termini XI asr tilida o’tmak, Yusuf Xos Hojibning ’’Qutadg’u bilig’’asarida ham o’tmak tarzida, Mahmud Qoshg’oriyda ham o’tmak tarzida talaffuz etilishini ta‘kidlaydi, shuningdek, Alisher Navoiyning ‘’Devonu lug’atit turk’’ asarida ham o’tmak, V.V.Radlovning lug’atida ham o’tmak tarzida qo’llanilishi e‘tirof etiladi. Demak, XV asr turkiy xalqlar tilida va yozma manbalarda o’tmak termini qo’llanilib kelingan. Alisher Navoiy davridan boshlab, yozma manbalarda non termini ko’zga tashlana boshlaydi. Aniqrog’i, o’tmak termini iste‘moldan chiqib, non termini umumlasha boshlagan. Xullas, jamiyat hayotida ro’y bergan va ro’y berayotgan barcha o’zgarishlar kun sayin tilda yangi-yangi terminlarning paydo bo’lishiga olib kelganligini ko’rish mumkin. Terminologiyaning, jumladan, o’zbek tili terminologiyasining rivojlanishi va ularning tartibga solinishi XX asrning birinchi yarmidan boshlangan. Bu xususida tilshunos R.Doniyorov shunday yozadi: ‘’1927 yilning 1-yarmida O’zbekistonda Til-terminologiya davlat komiteti tashkil etildi. Komitet professional soha terminlarini to’plash, terminologik lug’atlar tuzib, nashr etishni yo’lga qo’yish, pirovardida, o’zbek tili ilmiy-texnik terminologiyasini tartibga solish borasida mutaxassislar tomonidan ishlar boshlab yuborildi.
Uning fikricha, ―Mazkur komiteti o’sha davrlarda o’z ishini quyidagi ikki ko’rinishda olib borishni tanlagan:
1. O’zbek tili terminologiyasining nazariy masalalarini ishlab chiqa boshlash. XX asrning 30 yillarida gazeta va jurnallarda qator maqolalarning e‘lon qilinishi hamda ayniqsa, Ulug’ Tursunning ‘’Terminologiya masalalari’’ kitobining nashr etilishi terminologiyaning nazariy masalalarini tadqiqi borasidagi dastlabki, qadamlar edi.
2. Nazariy masalalarning amaliy tadbiqi bo’lmish terminologik lug’atlar nashr ettirish, XX asrning 30 yillarining oxirlarigacha dastlabki lug‗atlarning nashr etilishi bu ishdagi dadil qadamlar edi
3. XX asrning 40 yillarigacha fan va texnikaning, professional sohaning turli qirralarini qamrab olgan o’n dan ortiq lug’atlar e‘lon qilindi. Bular o’zbek tili ilmiy-texnik terminologiyasini tartibga solish va sistemalashtirish, qadimdan xalq tilida professional sohalarga oid terminlarni to’plash va ularni ilmiy sahnaga olib kirish borasidagi muhim ishlar sifatida qaraldi. Muhimi shundaki, ularning aksariyati hozirgi kunda o’zbek tilining ilmiy-texnik terminologik tizimlariga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, yuqorida qayd etilganidek, o’sha paytlarda yaratilgan lug’atlar ’’kurtak’’, boshlang’ich ishlar edi. Shuning uchun ham mazkur lug’atlarda ayrim kamchiliklar, nuqsonlar mavjud edi. SHundan so’ng lug’at tuzuvchilar tildagi u yoki bu ilmiy-texnik tushunchalarni, aniqrog’i, terminlarni ifodalash uchun aniq, ixcham terminlar yaratish masalasiga e‘tibor bera boshlashgan. Biroq o’sha davrlarda ma‘lum muddat (1937 yil) tuzilgan terminologik komitet o’z faoliyatini to’xtatgan. Shunga qaramay, ayrim tashabbuskor olimlar ishga kirishib, sohani tadqiq etishni davom ettirdilar. Natijada esa 50 yillarga kelib, sohaviy lug’atlar ustida ishlar amalga oshirila boshlangan. Jumladan, matematika (M.Sobirov), fizika (R.Mallin), geografiya (I.Dolimov va b.), ximiya (Z.Saidnosirova), botanika (S.Sahobiddinov), fiziologiya (A.Yunusov), tuproqshunoslik (M.Bahodirov va b.), meterologiya (M.Orifjonova), zoologiya (T.Zohidov), geologiya (O.Sodiqov), huquqshunoslik (F.Bakirov)lar turli fanlar va ularning sohalariga oid terminologik lug’atlar bilan ish olib borish imkoniga ega bo’lganlar. Shu bilan birga, o’sha paytlarda terminologiyaning nazariy masalalari va terminlarni tartibga solish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha bir qancha ilmiy maqolalar ham muntazam ravishda chop etilib turilgani diqqatga molikdir. Bayon etilganlardan shu narsa ma‘lum bo’ladiki, o’zbek adabiy tilining terminologik tizimi, ularni toplash, tartibga solish va sistemalashtirish bo’yicha o’zbek tilshunosligida XX asrning birinchi yarmida dastlabki ishlar amalga oshirilgan.
Sakkizinchi asrdan e`tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolar (qorxoniylar, g`aznaviylar, saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari ob`ektiv jarayonlar ostida o`zligini yo`qotmagan eski turkiy til (XI-XIU)da terminologik leksika ko`lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so`zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so`z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o`laroq eski turkiy tilda sanskrit, so`g`d, xitoy tiliga oid o`zlashmalarning ishlatilish sur`ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o`zlashmalarning qo`llanish chastotasi va ko`lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o`zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Аlim ‘’qarz, kredit’’, berim ‘’to`lov, qarzni qaytarish’’, beglig ‘’beklik’’, bitigchi ‘’mirza, munshiy, kotib’’, yatg`aq ‘’tungi soqchi’’, yarisha ‘’ko`rshapalak’’,
yarg`u ‘’ajrim’’, yarg`uchi ‘’qozi, sudьya’’ kabi turkiycha, rabat ‘’karvonsaroy’’, malik ‘’hukmdor’’, siyasat ‘’siyosat’’, omil ‘’ish yurituvchi’’, tib ‘’meditsina, tibbiyot’’, nujum ‘’astrologiya’’, handasa ‘’geometriya’’ singari arabcha, lashkar ‘’qo`shin’’, mayfurush ‘’may ichuvchi; may sotuvchi’’ singari forschatojikcha, darug`a ‘’qal`a, qo`rg`on komendanti’’, muran ‘’daryo’’, nukar/navkar ‘’navkar, askar’’ kabi mo`g`ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko`lamda ishlatilgan. Eski o`zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko`tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta`sirning, ya`ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo`lgan. O`zbek adabiy tilining asoschi Аlisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta`lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o`zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko`zgusi tarzida munosabatda bo`lish zaruriyatining Аlisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat`iy va ro`y-rost qo`yilishi o`z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Аniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o`zbek adabiy tili, jonli so`zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o`zbek tilda so`z yasashda keng qo`llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Аrab, fors-tojik, mo`g`ul tillaridan o`zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so`z yasovchi qo`shimchalar ham terminlar yasashda muhim o`rin egalladi. Harbiy qurol-yarog`, texnika bilan bog`liq to`p ‘’zambarak’’, qazan ‘’og`ir to`p’’, tufang ‘’miltiq’’ kabi asl o`zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra`d ’’yonib turgan neftni dushman tomon irg`ituvchi to`p’’, arroda ‘’paloqmon’’, manjaniq ‘’katapulьta’’, forscha-tojikcha zarbzan ‘’zambarak turi’’, farangiy ‘’Evropa, Kichik Osiyoda quyilgan to`p’’, zanburak ‘’zambarak’’kabi terminlar jamiyat a`zolarining ma`lum qatlami tilidan o`rin oldi. Soha terminologiyasining o`zbek tili lug`at fondidagi o`rni har qanday tilning so`z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo`lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug`atlarda ma`lum darajada aksini topadi. Lug`at til so`z boyligini o`zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug`atlarning turi, miqdori va sifati bilan o`lchanmoqda. O`zbek lug`atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug`atlar ichida 1074-1075 yili atoqli lug`atnavis Mahmud Koshg`ariy tomonidan tuzilgan ‘’Turkiy so`zlar devoni’’, ya`ni ‘’Devonu lug`otit turk’’ ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug`at boyligi, so`z turkumlari va gap qurilishi haqida ma`lumot berish uchun mo`ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e`tirof etilgan. Аrab lug`atchiligi an`analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug`atdan taxminan sakkiz minga yaqin so`zlar, birikmalar, iboralar, maqola va matallar, xalq og`zagi ijodi namunalari joy olgan. ‘’Devonu lug`otit turk’’, garchi, lug`at deb nomlansa-da, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o`ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta`kidlash joizki, ‘’Devon’’dan o`rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsialiqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. Bu kabi soha istilohlari bilan yonma-yon onomistika, jumladan, atoqli otlar, joy nomlari, geografik ob`ektlar nomi, gidronimlar, hayvonot (fauna) va o`simlik dunyosi(flora)ga oid talaygina leksemalar qiyomiga yetgan holda izohlangan. O`zbek leksikografiyasining shakllanishida Mahmud Zamaxshariyning (18.03.1075 -1144) ‘’Muqaddimat ul-adab’’(Аdab ilmiga muqaddima) asari alohida ilmiy ahamiyatga ega. Otsiz Xorazmshohga bag`ishlab tuzilgan asardagi arabcha so`zlar ostida forscha va turkiycha tarjimalarning
berilishi o`zbek tarixiy leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli hisoblanadi. Lug`at besh qismdan iborat bo`lib, ot, fe`l, bog`lovchi hamda ot o`zgarishlari va fe`l o`zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Lug`at muallifi asarda o`sha davr arab tilida qo`llanishda bo`lgan hamma so`zlarni, iboralarni qamrab olgan holda izohlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasini aniqlashga intilgan. Lug`at arabchadan fors, eski o`zbek tili (chig`atoy tili), mo`g`ul hamda turk tillariga ilk bor 1706 yilda Xoja Ishoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Zamaxshariyning mazkur asarida she`rshunoslik, uslubshunoslik xususida ham baxs yuritilgan. Badiiy tasvir vositalariga aniq, lo`nda izohlar keltirilgan. Chunonchi, kinoya va tarz badiiy san`atlari orasidagi farq ko`rsatib berilgan. O`zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida X1U asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning sezilarli o`rni borligi turkologiyada allaqachon e`tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi haqida baxs yurishishga yo`naltirilgan Аbu Hayyonning (vafoti 1344 yil) ’’Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok’’, M.T. Xoutsma fikricha, 1245 yilda Mamlyuklar davlati(1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko`nyaviy tomonidan yaratilgan ‘’Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug`ali’’, muallifi noma`lum ‘’Kitobi attuhfat uz-zakiya fi-l-lug`atit turkiya’’, Jamoluddin Turkiyning ’’Kitob bulg`at al-mushtoq fi-l-lug`atat- turk va-l-qifchaq’’, XU1 asr boshida Qohirada ta`lif etilgan ’’ Аl-qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug`atitturkiya’’singari asrlarda turkiy tilning so`z boyligi,alalxusus, terminlar tizimi ma`lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar siistemasini ‘’Tarjumoni turki va ajami va mug`ali’’da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari – Аlaqush, Аqtay, Аltuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Аstronimlar : Ulkar; geografik nomlar: Sham, Misr; zoonimlar: at, okuz, qatir, bog`a, ayg`ir va h.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k.; qush va hashoratlar: qartal ‘’burgut’’, sarcha ‘’chumchuq’’, qaz, qarlag`ach, qarg`a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar: ya, kirish ‘’yoy ipi(tetiva)’’, sungu ‘’nayza’’, qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik ‘’kasallik, illat’’, ag`ri ‘’og`riq’’, sokan
‘’bemor, kasal’’, isitma, oturmak ‘’yo`tal’’ va h.k.; musiqiy terminlar: duduk ‘’musiqa asbobi’’, tomru ‘’do`mbira’’, yaqliq ‘’rubob’’, sibizg`u ‘’sivizg`a’’ va h.k. O`zbek leksikografiyasining shakllanishida Аlisher Navoiy va o`zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan lug`atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo ko`rsatmasiga binoan 1405 yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan ’’Badoe ul-lug`at’’, Turkiya (Rum)da yaratilgan muallifi noma`lum chig`atoycha(eski o`zbekcha)-usmonli turkcha ’’Аbushqa’’ (XU1 asr), Muhammad Mahdiyxonning eski o`zbekchaforscha ’’Sanglox’’ (1748), Fathali Kojar Qazviniyning 1862 yilda tuzilgan ’’Lug`ati atrokiya’’, Ya`qub Chingiyning ‘’Kelurnoma’’, Shayx Sulaymon Buxoriyning ’’Lug`ati chig`atoyi va turki usmoniy’’ kabi asrlar o`zbek lug`atnavisligining durdonalari safidan o`rin olgan. X1X asrning 70-yillaridan e`tiboran o`zbek terminologiyasi va leksikografiyasi rus tili orqali G`arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o`zlashmalar ta`sirida rivojlanish pallasiga qadam qo`ydi. Sobiq sho`rolar hukmronligi vaqtida o`zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko`p miqdordagi o`zlashmalar terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o`zbekcha leksik birliklar qatori ruscha-baynalmilal terminlarning roli yuqori bo`ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o`zbek terminologiyasi Globallashuv va Internetga qadam qo`yilgan XX1 asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Xullas, o`zbek terminologiyasi va lug`atshunosligi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o`tdi. Bu bosqichlarda o`zbek terminologiyasi va leksikografiyasi na faqat o`z resurslari, shuningdek qarindosh bo`lmagan tillar boyliklaridan o`rni bilan foydalangan holda o`z rivojlanish yo`lida davom etdi. .Markaziy Osiyo va Qozog’iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy qabilalarning qadimdan o’z madaniyati va o’z adabiy tiliga ega bo’lganligidan guvohlik beradi.
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, turkiy xalqlarning moddiy-madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy, arxeologik ma‘lumotlar turkiy tilda so’zlovchi urug’ hamda qabilalarning miloddan ilgari mavjud bo’lganligini, jamiyat bo’lib tashkil topganligini va birgalikda turmush kechirganligini ko’rsatadi. Shunga qaramasdan, qadimgi turkiy til deganda ko’pchilik adabiyotlarda milodiy VII-VIII asrlarni o‗z ichiga oladi, degan fikrlar bildiriladi. Boshqalarida V-X asrlarni o‗z ichiga qamrab olishi ta‘kidlanadi. Lekin Mustaqillik sharofati bilan qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytiruvchi omillar aniqlandi. Yozuv madaniyatiga nazar tashlansa Markaziy Osiyoda yashagan qabilalar va xalqlar yagona alifbo bilan cheklanib qolgan emaslar. Chunonchi, so’g’dlar o’z tarixi mobaynida oromiy, milliy so’g’d, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi sak tili turk-run yozuvidan foydalangan. Qadimgi Xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbolari amalda bo’lgan. Bu o’z navbatida terminlarda ham aks etgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Dadaboyev H. ’’O’zbek terminologiyasi’’. O’quv-uslubiy qo’llanma. - Toshkent, 2019.
2. Doniyorov R. ‘’O’zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari’’.- Тoshkent, 1977.
3. Маdvaliyev А. ‘’O’zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari’’. - Тоshkent, 2017
4. Abdushukurov В. ‘’Eski turkiy til leksikasi’’. - Toshkent, 2015.
5. Xojiyev A. ‘’Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati’’.- Toshkent. ’’Fan’’, 2002.
Internet saytlari:
www. literature, uz
www. genhis philol.ru
www. library.ziyonet.uz
www. I i ngvo-on I i nc. ru
Do'stlaringiz bilan baham: |