Vladimir Petrovich Nalivkin (1852.15.7, Kaluga - 1918.20.1, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos, lingvist va pedagog.
1873-yil artilleriya bilim yurtini tugatgach, Turkistonda xizmat qilgan, Xiva va Qoʻqon yurishlarida qatnashgan. Qisqa muddat Namanganda harbiy boshliqning yordamchisi boʻlib ishlagan. Yerli aholining tili, turmushi va urf-odatlarini yaqindan oʻrganish uchun Nanay qishlogʻidan yer sotib olib, oilasi bilan shu yerda bir necha yil yashagan. Oʻzbek, tojik, arab tillarini puxta oʻrgangan.
Nanay Turkiston oʻlkasida ochilgan birinchi rus-tuzem maktabining dastlabki oʻqituvchilaridan boʻlgan, Toshkent oʻqituvchilar seminariyasida mahalliy tillardan dars bergan (1890-yilgacha). 1890—95 yillarda Sirdaryo, Fargʻona va Samarqand gubernatorining yordamchisi boʻlgan.
Akad. V. V. Bartoldnint taʼrificha, N. "ruslar orasida oʻzbek tili va turmushini eng yaxshi bilgan" olim edi. Uning xotini M. V. Nalivkina bilan birga yozilgan "Fargʻonadagi oʻtroq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar" hamda "Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi" asarlari sharqshunos olimlar tomonidan yuqori baholangan.
Keyingi asar 1899-yilda Parijda fransuz tilida A.Dozon tarjimasida bosilgan. Bolsheviklar Taʼsis majlisini tarqatib yuborib, zoʻravonlik bilan hokimiyatni bosib olgandan keyin Nanay boʻlajak qatagʻonlar va vahshiyliklarni oldindan koʻra olgan. U 1918-yil 20-yanvarda Toshkentda bolsheviklar tuzumiga norozilik sifatida xotinining qabri ustida oʻzini otib oʻldirgan.
Vasiliy Vladimir Bartold (3(15)-noyabr 1869-yil, Sankt-Peterburg — 1930-yil 19-avgust, Leningrad) — rus va sovet sharqshunosi, turkolog, arabshunos, islomshunos, tarixchi, arxivshunos, filolog; rus sharqshunoslik maktabining asoschilaridan biri.
Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1913-yilda), Imperator Pravoslav Falastin jamiyati aʼzosi. Brokgauz va Yefron ensiklopediyasi hamda „Islom ensiklopediyasi“ning birinchi nashri mualliflaridan biri.
Vasiliy Vladimirovich Bartold asli ruslashgan nemis birja brokeri oilasida tugʻilgan. 1887-yilda 8-Peterburg gimnaziyasini tamomlagan. Sankt-Peterburg universitetining Sharq tillari fakultetiga oʻqishga kirgan. 1891-yilda universitetni tamomlagan, 1892-yildan u yerda ishlagan. Otasining mablagʻlari Bartoldga oʻz taʼlimini davom ettirish, shu jumladan chet elda sayohat qilish uchun sarf-xarajatlarni qoplashga imkon berdi.
1899-yilda britaniyalik sharqshunos hamda numizmat Stenli Lan-Buletning „Musulmon sulolalari“ kitobi Bartold tarjimasida tarjimon tomonidan koʻplab tuzatishlar bilan nashr etilgan.
1900-yilda „Turkiston moʻgʻullar istilosi davrida“ (1 va 2-qismlar, Sankt-Peterburg, 1898-1900-yillara) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib Bartold Sharq tarixi fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Bartold 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan I Butunittifoq turkologik qurultoyining ishtirokchilari va tashkilotchilaridan biri edi.
Bartold Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893 yilda kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U Fanlar akademiyasi sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq universitetining faxriy aʼzosi (1918-yilda), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928–1930-yillarda).
Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, „Eron“ ilmiy jurnalning muharriri. Bartold Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filologiya va etnografiyasi, Afgʻonistan, Eron, Zakavkazye va qisman Xitoy tarixiga oid asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Bartold Shoʻro Sharqidagi xalqlarniig alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi.
Biroq u Turkiston xalqi madaniyatini obyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning „Ulugʻbek va uning davri“ asarida aniq seziladi. Chunki Bartold Chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi.
Akademik V.V. Bartold 1930-yil 19-avgustda vafot etdi. Smolensk lyuteran qabristoniga dafn etilgan. 1963-1977-yillarda 9 jildlik asarlari toʻplami nashr etilgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, XIX asr oxiri XX boshlarida Turkistonda faoliyat yuritgan rus ilmiy jamiyatlari O‘rta Osiyo aholisining etnik tarkibi, etnologiyasi, etnopsixologiyasi, etnomadaniyati xususida talaygina ishlarni amalga oshirganlar.
Mazkur tadqiqotlarni sinchiklab tanqidiy holatda o‘rganish, bugungi kunda o‘lkamizning haqqoniy tarixini yoritish uchun o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |