Adenoviruslar oilasi (AD-adenoid - de. Bu oilaga ikkita avlod viruslari (birinchi avlodga sutemizuvchilarda kasallik keltirib chiqaruvchi Vastadenovirus 80 turlari mavjud va ikkinchi avlodga parandalarda kasallik keltirib chiqaruvchi Aviadenovirus 14 turi mavjud) kiritilgan. Adenoviruslar ham yalong’ochkapsidli viruslar turkimiga kiradi (rasm -88). Virionni o’rtacha o’lchami 60-90 nm bo’lib, kapsidi kapsomer tutadi ko’pqirrali ikosaedral simmetriyaga ega, tarkibida 240 geksonva 12ta vertikal pentondan va unga birikkan nozik ipchalardan tarkib topgan. Genomi ikki ipli chiziqli DNK dan iborat bo’lib, oqsillar bilan birikib virusni zichlashganmag’izini tashkil qiladi. Virus geksonlari viruslarningtipmaxsuslik antigen rolini bajaradi,bundan tashqari virusdanajralganda toksikefektni keltiribchiqaradi.Penton virusni kam va umumiy oila uchun reaktiveruvchanAG xisoblanadi.Tozalangan iplari virusni asosiy tipgahos maxsus antigeni bo’lib, unga qarshi tipga hos antitelalar hosil bo’ladi. Penton va
ipchalar viruslarni gemagglyutinasiya xususiyatini keltiribchiqaradi. Virusningantigenxususiyati ularningklassifikasiyasiga asos bo’lgan.Hamma adenoviruslar bir tipdagi komplement bog’lovchi antigen tutadi va ularni KBR orqali aniqlashimkonini beradi.Turlarni aniqlashda (oldinserovarlar
diyilgan) NR qo’llaniladi.
Adenovirus infektsiyasi - bu adenoviruslar keltirib chiqaradigan odamning yuqumli kasalliklari guruhi. Ular o'tkir respirator virusli infektsiyalar (ARVI) guruhiga kiradi va yuqori nafas yo'llarining shilliq pardalari, kon'yunktiva va limfoid to'qimalarning shikastlanishi bilan tavsiflanadi. O'rtacha intoksikatsiya belgilari bilan isitma bor.
Etiologiyasi .Birinchi marta adenovirus (ya'ni, Adenoviridae oilasining Mastadenovirus jinsi virusi) 1953 yilda bolalarning bodomsimon bezlari va adenoidlarida jarrohlik amaliyoti paytida Robert Huebner va V. Rowe tomonidan ajratilgan. [1] Hozirda ularning 40 dan ortiq navlari maʼlum. Adenoviruslar tashqi muhit ta'siriga va organik erituvchilar ta'siriga chidamli.