Optik kabellarga asoslangan MAN tarmoqlari. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida deyarli barcha davlatlar va katta shaharlar o’zaro optik kabellar orqali bog’langan. Optik kaberllarning o’tkazuvchanlik qobiliyati boshqa muhitlar bilan taqqoslagandan bir necha ming marta katta bo’lganligi, ishonchligigining yuqoriligi, uzilishlar bo’lmasligi (simsiz tarmoqlarda uzilishlar bo’lish ehtimolligi yuqori) va juda katta tezlikda ma’lumot uzatish mumkinligi uchun, davlatlararo, shaharlararo va shahar hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarni qurish uchun keng foydalaniladi.
3-rasm. Dunyo optik tarmoqlari
Optik kabellarda yoqolishlar va so’nishlar darajasi juda kichik bo’lganligi hamda juda katta uzatish tezligini qo’llab quvvatlaganligi kelajakda aqlli shaharsozlik, transport tizimi, IoT xizmatlari, BigData uchun eng munosib texnologiya sifatida ko’riladi. Shuningdek optik kabellarga asoslangan tarmoq elementlari orasidagi masofa 600 km tashkil etish mumkin. Bunday masofa boshqa texnologiyalarda uchramaydi hamda axborot xavfsizligi darajasi juda yoqori bo’lganligi uchun okenlar orqali ko’plab mamlakatlar aloqa tarmoqlari optik kabel orqali ta’minlagan. Shu bilan bir katta shaharlarda transport tarmoqlari optik kaberllar asosida qurish har doim o’zini oqlagan, 4-rasm.
4-rasm. Optik texnologiya asosida qurilgan shahar tarmog’i
MAN tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar
Foydalanuvchining oxir terminali ulanadigan WiFi yoki modem yoki 3G, 4G stansiyalaridan farqli MAN tarmoqlarida katta sig’imli, yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan tarmoq qurilmalaridan foydalaniladi. Ushbu tarmoq - turli xil tarmoqlarning qismlarini (simsiz, DSL va boshqalari) bir-biriga bog'laydigan, turli xil lokal tarmoqlar yoki quyi tarmoqlar o'rtasida ma'lumot almashish yo'lini ta'minlaydigan kompyuter tarmog'ining bir turidir. MAN tarmoqlarida PDH, SDH/SONET, WiMax, LTE texnologiyalarini qo’llab quvvatlaydigan barcha qurilmalar ishlatiladi: IP kommutator (IP switch), L3 router, IMS kommutator, shlyuz qurilmalari.
IP kommutator (IP switch). Ushbu qurilma bir nechta lokal tarmog’i kommutatorlarini (LAN switch) global MAN tarmoqlariga ulanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u katta o’lchamli tarmoqlar orasida ham ko’prik vazifasini o’taydi.
5-rasm. IP kommutator orqali bog’langan tarmoq
L3 marshrutizator. An'anaviy kommutatsiya jarayoni OSI modelining 2-pog’onasida ishlatilsa, paketlar belgilangan MAC manzillari asosida ma'lum bir o'tish portiga yuboriladi. Marshrutlash jarayonida esa, OSI 3-pog’onada, paketlar belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanadi. Belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanish jarayoni L3 marshrutizatorlar orqali amalga oshiriladi.
6-rasm. L3 marshrutizator.
IMS kommutator. Shahar tarmoqlari turli tarmoq qurilamalarini bir biri bilan bog’lanish jarayonini nazorat qiladi va turli modellar (DSL, PON, 3G/4G) asosida qurilgan IP tarmoqlari bo’ylan IP multimedia xizmatlari (ovoz, video, matn)ni taqdim etishning arxitekturali freymvork hisoblanadi. IMS qurilmasini ishlab chiqishdan maqsad - operatorning joriy server tarmog'i arxitekturasini to'liq IP-ga asoslangan tizim bilan almashtirish, bu dasturiy ilovalarni joriy etishni soddalashtiradi.
7-rasm. IMS kommutatori
Do'stlaringiz bilan baham: |