O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi Energetika fakulteti BH va A kafedrasi Horijiy investitsiyalar fanidan MUSTAQIL ISH Tayyorladi. R. RASULOV Farg'ona-2020 Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish Reja - Bevosita investitsiyalar haqida ma'lumot
- Portfel investitsiyalar haqida ma'lumot
- Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish
- Foydalanilgan adabiyotlar
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadda yo`naltiriladi: -yangi kompaniya tashkil etish; -bankrot bo`lgan kompaniyalarni xarid qilish. Maqsadiga ko`ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfelg’ investitsiyalarga bo`linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalning to`gridan-to`gri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo`ladi. Transkontinental kapital qo`yilmalar - investitsiya kiritish uchun qulay bozor sharoiti bo`lgan boshqa bir davlat yoki qithaga investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish. Transmilliy kapital qo`yilmalari esa asosan qo`shni davlatlarga amalga oshiriladi. Transkontinental kapital qo`yilmalar - investitsiya kiritish uchun qulay bozor sharoiti bo`lgan boshqa bir davlat yoki qithaga investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish. Transmilliy kapital qo`yilmalari esa asosan qo`shni davlatlarga amalga oshiriladi.
Portfelg’ investitsiyalar - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo`jalik faoliyati ustidan nazorat o`rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy portfelg’ investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo`limlari mablaglarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o`tkazadilar.
Moliyaviy derivativlar– bozor narxiga ega bo`lib, uning sohibiga birlamchi qimmatli qog`ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bularga optsionlar, fg’yucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.
Nota (qarz majburiyati) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak bo`lib, bank bilan kelishuv asosida qarz oluvchining o`z nomiga chiqariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta`minlanadi. Keng tarqalgan notalar – Yevronotalardir
Foydalanilgan adabiyotlar - Vahobov A.V. Xorijiy investitsiyalar. darslik.-T.: TDIU, 2010.
- Bekmurodov A.SH., Korieva Yo.K., Nematov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar.`kuv k`llanma.-T.: TDIU, 2010.-196 bet
- Https://www. Google. com/search
Do'stlaringiz bilan baham: |