Axborotni himoyalash tizimi
Axborot tizimi - maqsadga erishish uchun axborotni saqlash, ishlov berish va berish uchun ishlatiladigan o'zaro bog'liq vositalar, usullar va xodimlar to'plami.
Ta'rif 1. Axborot tizimi - bu tashkilotda axborot to'plash, ishlov berish, o'zgartirish, saqlash va uzatishni ta'minlovchi axborot, inson va moddiy resurslarni, jarayonlarni ifodalovchi o'zaro bog'liq elementlar to'plamidir.
Axborot tizimlarini turli xil belgilarga ko'ra tasniflash mumkin. Ko'rib chiqilayotgan tasnif zamonaviy tizimlarning funktsional imkoniyatlari va dizayn xususiyatlarini aniqlaydigan eng muhim xususiyatlarga asoslangan. Yechilishi kerak bo'lgan vazifalar hajmiga qarab, foydalaniladigan texnik vositalar ,ishlashni tashkil qilish, axborot tizimlari bir qator guruhlarga (sinflarga) bo'linadi
Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yukatilishiga tuskinlik kiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshka vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni ximoyalash tizimi deyiladi.
Axborot egalari xamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning kimmatliligi, uning yukotilishidan keladigan zarar va ximoyalash mexanizmining narxidan kelib chikkan xolda axborotni ximoyalashning zaruriy darajasi xamda tizimning turini, ximoyalash usullar va vositalarini aniklashlari zarur. Axborotning kimmatliligi va talab kilinadigan ximoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita boglik.
Ximoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maksadli, anik, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va kurinishi tez uzgartiriladigan bulishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bulishi zarur.
Tashkilotlardagi axborotlarni ximoyalash
Axborot xajmi kichik bulgan tashkilotlarda axborotlarni ximoyalashda oddiy usullarni kullash maksadga muvofik va samaralidir. Masalan, ukiladigan kimmatboxo kogozlarni va elektron xujjatlarni aloxida guruxlarga ajratish va nikoblash, ushbu xujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va urgatish, binoni kuriklashni tashkil etish, xizmatchilarga kimmatli axborotlarni tarkatmaslik majburiyatini yuklash, tashkaridan keluvchilar ustidan nazorat kilish, komp'yuterni ximoyalashning eng oddiy usullarini kullash va xokazo. Odatda, ximoyalashning eng oddiy usullarini kullash sezilarli samara beradi.
Murakkab tarkibli, kup sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot xajmi katga bulgan tashkilotlarda axborotni ximoyalash uchun ximoyalashning majmuali tizimi tashkil kilinadi. Lekin ushbu usul xamda ximoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga xaddan tashkari xalakit bermasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |