davlat barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig‘i — Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 1991- yil 30- dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. 1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chiqildi va mazkur masala bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi. Islom Karimov O’zbekiston Resoublikasi mustaqilligi uchun juda ham katta hissasini qo’shgan buyuk shaxsdir. Birnchi Prezidentimiz bizning davlatni mustaqillik darajasiga kelishiga olib keldi. Mustaqillikdan so’ng esa o’z Konstitutsiyasi, maydoni, davlat ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega bo’di. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Mustaqil Davlat ekanligi ko’pgina rivojlangan va kuchli davlatlarga tanitdi. Bularning bari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovninng sharofati bilan bo’ldi.