Ta’kidlash lozimki XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab jismoniy tarbiya sohasida anatomiya va fiziologiyadan xabardor bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim sobiq ittifoq davrida mukammal ishlab chiqildi va sport turlarining mohiyatlarini e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlashning yangi yo‘lyo‘riqlari hayotga tadbiq etildi. - Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |