1-mavzu. Kursga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot mohiyati



Download 100,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.02.2022
Hajmi100,54 Kb.
#447923
Bog'liq
taqdimot (2)




Reja:

1. Ijtimoiy ish obyekti va predmeti ishning xalkaro 
ta’rifi.,tuzilishi 

2.Ijtimoiy ishni vujudga kelishi,maqsadi va rivojlanishi 

3.Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tushunchalari, 
aloqadorligi va istiqbollari. 

4.Ijtimoiy farovonlik asoslari. Aholining ijtimoiy 
ehtiyojmand toifalari.
1-mavzu. Kursga kirish. Ijtimoiy ish va 
ijtimoiy ta’minot mohiyati.
 



Hozirgi zamon fanlarining barchasi falsafadan o‘sib chiqqani 
tufayli, boshqa ko‘pgina gumanitar fanlarda bo‘lgani singari 
ijtimoiy ishda ham inson borlig‘ining mazmuni, ijtimoiy-
axloqiy negizlarini asoslab beradigan falsafiy-gumanistik 
nazariya muhim o‘rin tutadi. 

1915 yilda Meri Richmond o‘zining “Ilmiy ijtimoiy ish” asarida 
ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xizmatchi hal qilishi 
lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolarga tashxis qo‘yish 
sxemalar yig‘indisini taklif qildi va bu ijtimoiy ishning turli 
xayriya shakllariga asoslanadigan axloqiy-terapevtik 
nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Xayriya ishlarini, 
muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish hozirgi 
kunda ham ijtimoiy ishni ilmiy anglash manbai hisoblanadi.



20-30- yillarda Z. Freyd va izdoshlari tomonidan ijtimoiy ishning 
psixodinamik nazariyasi oldingi qatorga olib chiqildi. Bu esa 
G‘arbdagi ko‘zga ko‘ringan ba’zi mutaxassislarga, psixodinamik 
yondashuv axloqiy-terapevtik an’ana, xayriya ishlari ijtimoiy ishga 
juda ko‘p g‘ayri-ilmiy, taxminiy, noaniq, faqatgina oddiy aqlga 
asoslanadigan narsalarni olib kirdi, degan fikrlar uchun asos berdi. 
Bu esa odamlarning xulq-atvorini o‘zgartirish, ularning salomatligii 
saqlash va reabilitatsiya qilish qiyinchiliklari bilan bog‘liq ijtimoiy 
ishning ko‘pgina qiyinchiliklarini hal qilishga imkon bermasdi. 
Ijtimoiy ishning psixodinamik, psixosotsial nazariyalari hozirgi 
kunda ham freydizm va neofreydizm yutuqlaridan, qisman 
zamonaviylashtirib, qayta izohlab sezilarli darajada 
foydalanishmoqda. Ayni paytda, ular insonning hayotga 
chidamliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilar ekan, mustaqil 
xususiyatlarga ham ega, garchi ular mazkur muammolardagi 
psixologik va ijtimoiy-psixologik komponentlarga urg‘u berishsa 
ham. 



Zamonaviy ijtimoiy xodim - bu yuqori yuridik tayyorgarlikka, tibbiy-ruhiy 
salohiyatga, yuksak ahloqqa ega bo‘lgan, insonga muhabbatli, 
kuzatuvchan, e’tiborli bo‘lgan ijtimoiy injeneriya va texnologiyasida 
inson hayotiy faoliyatidagi huquqiy, ruhiy, ahloqiy xususiyatlarni chuqur 
tahlil qila oladigan mutaxassisdir. 

Bugun hech bir rivojlangan mamlakat universitet va maxsus o‘quv 
yurtlarida tayyorgarlik ko‘rmagan ijtimoiy xodimlarsiz kun ko‘ra olmaydi. 
Ijtimoiy xodimlar kundalik hayotlarida paydo bo‘ladigan masalalarni hal 
qilishda muhtojlarga birinchi navbatda ijtimoiy sohada 
himoyalanmaganlar (qariyalar, nogironlar, oddiy oilaviy tarbiya 
yetishmaydigan bolalar, aqli zaiflar, ichuvchilar, giyohvandlar, OITSga 
yo‘liqqanlar, “xatar guruhi” oilalari, deviant fe’l-atvorli kishilar)ga 
malakali yordam beradilar. Ular nafaqat ijtimoiy keskinlikni yo‘qotishadi, 
balki aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoyalovchi qonuniy 
hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadilar. Insoniyat vujudga kelibdiki, 
zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar, bemorlar, boringki, barcha 
yordamga muhtojlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib keladi. Bu g‘amxo‘rlik 
turli tarixiy bosqichlarda turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Ibtidoiy odam 
qo‘lga kiritgan o‘ljasining bir qismini o‘zi yashayotgan g‘ordagi bemor va 
nogironlarga olib kelishi insonning inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik 
qilishining dastlabki ko‘rinishi edi. 



Butun tarix davomida odamlarning bir-birlarini o‘ldirishi, qirishi, 
azoblashi, xo‘rlashi bilan bir qatorda o‘zaro g‘amxo‘rlik qilishi, 
yordam berishi, e’zozlashi va hurmat qilishi yonma-yon mavjud 
bo‘lib keldi. Xayriyatki, bu tamoyillardan ikkinchisi ustun keldi va 
insoniyat taraqqiyot sari yuz tutdi. Agar birinchi tamoyil ustun 
kelganda, insoniyat inqirozga yuz tutishi va umuman yo‘q bo‘lib 
ketishi mumkin edi.Avvallari zaiflar, nogironlar, qariyalar, bolalar 
va umuman muhtojlarga yordam alohida shaxslar va guruhlar 
tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, XX asr oxirlaridan bu funksiyani 
davlat tashkilotlari o‘z zimmalariga ola boshladi. Muhtojlarga 
ko‘mak berishni asosiy vazifa sifatida belgilab olgan davlat 
tashkilotlari, muassasalari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar 
ham paydo bo‘la boshladi. Muhtojlarga yordam berish uchun 
maxsus tuzilgan ana shunday tashkilot va muassasalarning paydo 
bo‘lishi muhtojlarga ko‘mak berish jarayonining 
institutsionallashuvini anglatar edi. Bu jarayonning oqibatlaridan 
biri esa yangi kasbning, muhtojlarga yordam ko‘rsatishni kasbiy 
asosda amalga oshiruvchi mutaxassislarning maydonga kelishi 
bo‘ldi. Bu mutaxassislik ijtimoiy ish nomi bilan atala boshladi. 

Download 100,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish