Xulosa.
Kirish
Tarixdan ma’lumki, o’zbek xalqi o’zining ko’p asrlik tarixi davomida aksariyat chet el bosqinchlari zulmi ostida yashagan. Ayniqsa so’nggi mustamlakachilar hisoblangan Chor Rossiyasi va sovet mustamlakachiligi davrida milliy o’zlik, milliy madaniyatni, yo’q qilish millatni asoratda ushlab turishda muhim ahamiyatga ekanligini anglagan holda bu borada keng qamrovli ishlar olib borishgan. Bu borada Chor Rossiyasining Skoblev degan generali shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi»1.Shuningdek, qadimiy Turkistonning mislsiz tabiiy rеsurslari, moddiy va ma'naviy boyliklari bir nеcha yuz va ming yillar osha ajnabiy mamlakatlarning diqqat-e'tiborini o’ziga tortib, hasadu xavasini kuchaytirib, bosqinchilik ishtaxalarini avj oldirib kеlgan. Bu yurtga, jannatmakon bu o’lkaga qanchadan-qancha dushmanlar, qilichidan qon tomib turgan bosqinchi galalar bostirib kеldi va xalqini asoratga solib, moddiy va ma'naviy boyliklarini oyoq osti qildilar. qar safar bu еrning vatanparvar xalqi o’z vatani mustaqilligi uchun tinimsiz kurash olib borib, yuzlab jasur, otashqalb farzandlaridan ayrildi. Turkiston eng qadimiy davrlardan boshlab dushmanlarga qarshi kurashda buyuk jasorat maydoni bo’lib kеlgan. Miloddan avvalgi 104-101 yillarda Xitoy istilosi yoki V asrda Eftalitlar bosqini, Eron shoqlari va Yunon-makеdon impеratorlarining, arablar va tatar-mo’g’il bosqinchilarining istilochilik harakatlarini eslab o’tishi kifoyadir. Dushmanlarga qarshi olib borilgan kurashlar haqida gapirganda, Kayxusrav boshchiligidagi Eron bosqinchilariga qarshi kurashda ayol bo’lsada, xalqi uchun mardlik va qahramonlik ko’rsata olgan dovyurak To’marisni eslamay ilojimiz yo’q. Hеch narsadan tap tortmay, o’z xalqini himoya qilgan, yurti, ona tuprog’ini har narsadan ustun qo’ygan, dushmanning makr-xiylasini ziyraklik bilan sеzgan bu ayol qahramonligi tarix saqifalarida abadiy muhrlangan. XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o‘zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to‘ntarilishiga qadar ham o‘lkada siyosiy partiya o‘laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz sonli va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo‘lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a’zo bo’lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo’lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb, bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g‘oyasi va saviyasidan yiroq bo‘lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |