Yer silkinishining baʼzi koʻrsatkichlari:
Rixter boʻyicha (magnituda)
|
Dunyo bo'yicha 1 yilda yer silkinishning o’rtacha soni
|
Yerning silkinish muddati, soniya
|
Kuchli yer silkinishning ta'sir etgan radiusi, km
|
8,0-8,9
|
1
|
30-90
|
80-160
|
7,0-7,9
|
15
|
20-50
|
50-120
|
6,0-6,9
|
140
|
10-30
|
20-80
|
5,0-5,9
|
900
|
2-15
|
5-30
|
4,0-4,9
|
8000
|
0-5
|
0-15
|
Zilzila oqibatlari, San-Fransisko, AQSh, 1906-yil
Suvosti zilzilasi oqibatlari
Yaponiyadagi zilzila oqibati, yo'l yorig'i
Messina zilzilasi
Zilzilar tarixi
Yer silkinishida katta moddiy yoʻqotish hamda minglab odamlar oʻlimi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi oqibatida 50 ming odam oʻlib, 1 mln.ga yaqin odamlar esa, qon yoʻqotib, jarohatolganlar. Xuddi shunday holat 1988-yil 7-dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkinishining oqibatda 25 ming odam oʻlgan. Bunda 8 mln. kv.m uy joy yoʻq boʻlib ketgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Yer ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Yer silkinish 4 ta katta shaharlarni, Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini oʻz ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron boʻlgan, 12 ta shahar shikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yoʻq boʻlib ketgan. Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari deyarli izdan chiqqan, avtomobil va temiryoʻllarning koʻp qismi, aloqa, koʻpriklar yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Oʻzbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq ittifoq, mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 dan koʻp kishilar safarbar etilib, ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam koʻrsatdi. Hattoki yer ostida, inshoatlar tagida qolgan odamlarni chiqarish uchun chet ellar — Angliya, Fransiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar. Xuddi shunga oʻxshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bulib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar 7600 oʻrinli maktablar, 2400 oʻrinli maktabgacha tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon koʻrgan. Oʻsha vaqtda moddiy zarar miqdori xech qayerda yozilmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |