Ish haqining funktsiyalari va uni tashkil etish tamoyillari. Yuqorida aytib o’tilgan funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur: 1.Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bog’lanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |