- L.N.Tolstoy yana shunday deydi: Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini
- ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir.
- U tashq’i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan,
- nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur
- reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi.
- Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish,
- uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi.
- Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
- Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa
- o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi.
- Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri
- tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib
- kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |