Mustaqil ish mavzu: Tayanch xarakatlanish sistemasi biomexanikasi. Erkinlik darajalari Guruh



Download 473,34 Kb.
bet1/11
Sana28.03.2023
Hajmi473,34 Kb.
#922395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Biomexanika mustaqil ish.Abduraximov Elbek



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filliali

Bioinfarmatika va biomexanika fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Tayanch xarakatlanish sistemasi biomexanikasi. Erkinlik darajalari
Guruh: 612-19
Bajardi: Abduraximov .E
Tekshirdi: Ergashev.O.I


Farg’na 2023

Reja:


  1. Biomexanika haqida

  2. Tayanch xarakatlanish

  3. Erkinlik darajalari

  4. Xulosa

  5. Foydalangan adabiyotar



Biomexanika haqida



BIOMEXANIKA (bio… va mexanika) — biofizikaning tirik organizm, organ va toʻqimalar mexanik xossalari hamda ularda sodir boʻladigan mexanik hodisalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Ilgari Biomexanika tushunchasi embriologiyaning rivojlanish mexanikasi, koʻpincha eksperimental embriologiya deb ataladigan sohasiga nisbatan ham qoʻllanib kelingan. Odatda Biomexanika termini odam va hayvonlar harakati toʻgʻrisidagi taʼlimotga nisbatan qoʻllaniladi. Biomexanika tadqiqotlari quyidagilarni uz ichiga oladi: nafas B. si — nafas organlari kinematikasi, elastik va noelastik qarshiligi (yaʼni harakatlarning geometrik xarakteristikasi) va nafas harakatlari dinamikasi hamda nafas organlari faoliyatining boshqa sohalarini;qon ai lani shi Biomexanikasi — kon tomirlari va yurakning taranglik xususiyatlari, tomirlarning qon oqimiga nisbatan kursatadigan gidravlik qarshiligini, tomirlar devori buylab taranglik tulqinlarining tarqalishi, qonning harakatlanishi, yurak ishini (q. Gemodinamika); harakatlan i sh B. si — anatomiya va nazariy mexanika dalillariga asoslanib harakatlanish organlari strukturasini, boʻgʻimlarda harakatlanishni paydo qiladigan muskul kuchlarining, gavda qismlari boʻylab uning ogʻirligining taqsimlanishini, gavda va uning qismlari harakatlanishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Biomexanikaning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniklashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tananing holati (tik turish, oʻtirish va b.)ni oʻrganish ham Biomexanika vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq.
Biomexanika tekshirishlarda oʻrganilayotgan harakatlarning koʻchishi, tezligi va tezlanishlarini kayd etish usullaridan foydalanadi. Bunda koʻproq optik usullar: tezlashtirilgan kinoga olish, siklografiya, kimotsiklografiya va b. kullaniladi. Biomexanikada mexanotronlar, tayanch dinamograflar va burchak siljish asboblari yordamida mexanik kattalikni elektr qayd etish usullaridan xam foydalaniladi. Biomexanika tadqiqotlari tarixi Italiya olimi Leonardo da Vinchining odam harakatlarini anatomiya va mexanika nuktai nazaridan tekshirish b-n boshlanadi. Italiya naturalista J. Borellining «Hayvonlar harakati haqida» (1680—81) kitobida organizmga mashina sifatida nazar tashlab, nafas olish, qonning harakatlanishi va muskul qisqarishini mexanika nuktai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu B. ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Biomexanika tadqiqotlari mehnat va sport fiziologiyasi, harbiy va klinik tibbiyotda, shu jumladan nevrologiya, ortopediya, travmatologiya, protezlash sohasida katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki jismoniy mashq va sport harakatlarini oʻrganish mashq qilish sistemasini ilmiy asosda tashkil etishga yordam beradi. Suyak, pay va b. toʻqimalarning pishikligini oʻrganish jarohatlovchi omillarning organizmga taʼsiri mexanizmini tushunish va uning oldini olishga imkon beradi. Qon aylanishi va nafas olish holatining bir qator koʻrsatkichlari yurak va oʻpka kasalliklariʻhamda operatsiya oqibatlari diagnostikasini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Nafas olish va qon aylanishi Biomexanikani tekshirish natijalari «yurakoʻpka» apparatini ishlab chiqishda ahamiyatga ega.


Tayanch haraktlanish



Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayaneh funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog'i iehida, orqa miya umurtqa pog'onasi¬ning kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to'planadigan joyi) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi. Naysimon suyaklar - bular o'z navbatida ikki xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G'ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovaksimon (umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar.





2-rasm. Bosh suyagi.
1- peshona suyagi; 2- tepa suyagi; 3¬ensa suyagi; 4- chakka suyagi; 5- pastki jag' suyagi; 6- yuqori jag' suyag'i: 7¬yonoq suyagi; 8- ko'z yosh suyagi: 9¬
burnn suyagi.



Download 473,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish