Soliq maslahati soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda mijozga (ishonch bildiruvchiga) deb yuritiladi) shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir.
Soliq maslahatining asosiy prinsiplari
Soliq maslahati qonun ustuvorligi
mustaqillik
maxfiylik
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash masalalari bo‘yicha maslahat berishni;
soliq hisobotini tuzishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) yordam ko‘rsatishni;
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlashni hamda ularning hisobini yuritishni;
sudda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliq solish masalalari bo‘yicha mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan va uning topshirig‘iga binoan vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.
Soliq maslahati bo‘yicha kengash
Vakolatli davlat organi huzurida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi soliq maslahati bo‘yicha kengash tuziladi. Soliq maslahati bo‘yicha kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, soliq maslahati sohasidagi mutaxassislar kirishi mumkin.
Soliq maslahatchisi
Malaka sertifikatini olgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisidir.
Soliq maslahatchisi, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin.
Soliq maslahatchisi vakolatli davlat organi belgilagan tartibda o‘z malakasini oshirishi shart.
Soliq maslahati bo‘yicha faoliyatning kafolatlari
Uchinchi shaxslarning soliq maslahatchilari tashkilotlarining faoliyatiga aralashishi, ulardan professional xizmatlar ko‘rsatish vaqtida olingan biron-bir ma’lumotni talab qilishi, shuningdek bunday ma’lumotlarni soliq maslahatchilaridan, soliq maslahatchilarining yordamchilaridan va soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan boshqa shaxslardan talab qilishi taqiqlanadi.
Soliq maslahatini amalga oshirayotgan shaxslardan ular soliq maslahati bo‘yicha vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda tayyorlagan hujjatlarning olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchisi va uning yordamchisi professional vazifalarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari va ularning yordamchilari sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ekspertlar hamda mutaxassislar sifatida, shuningdek tekshiruvlarni amalga oshirishga jalb etilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida xizmat qiluvchi shaxslar soliq maslahatiga jalb etilishi mumkin emas.
Soliq maslahatchilari tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.