III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.
-Iqtisodiy tashqi hamkorlikni rivojlantirish borasida, bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri- bu, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu qatorda:
2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;
2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish;
2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.7
-2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiyaloyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6% dan 36% ga, qayta ishlash tarmog‘I ulushi 80% dan 85% ga oshadi.
Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSH dollari ajratilgan.
Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi.
Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarda ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda 2011-2015-yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18 418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni, harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi “.
Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 25,1 % ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 53,4 trillion so‘mga yetdi. 8
Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2015-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga 15,9 trillion so‘mga yetdi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘la qondirishga erishish, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, iqtisodiy rivojlanishning keng ko‘lamli loyihalarni amalga tatbiq etish maqsadlari qo‘yilgan. IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish bo‘yicha, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida keng oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, 2016-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi- oyiga 149 775 so‘m;
yoshga doir pensiyalar- oyiga 292 940 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa- oyiga 292 940 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa- oyiga 179 755 so‘m qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 6-son, 73-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “ Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2753-son qarori9 qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, 2017-yilning fevral oyidan boshlab:
barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi;
58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkiloti hodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;
Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 %i naqd shaklda betriladi.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik, o‘ziga xos xususiyatlaridan, aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi, 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni, ish o‘rinlarini yaratish, avvalo, yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash chorasini ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 %i ishga joylashtirilgan. 2017-yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirilgan.10
Respublikamizda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarda joylashgan, ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. 2017-yilda shu tumanlarda 46.8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratib: -“Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqt iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”- deb ta’kidlaganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida –“Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 %i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991-yilga taqqoslanganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. O‘zbekistonda 2010-2015-yillar mobaynida keksalar va pensiyonerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Sahovat va Muruvvat internet uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordimning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi”.11
- Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017-yilda mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Fuqarolarning dam olish, sog‘liqni qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018-yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriyalar, yoshalr markazlari, suzish xavzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirildi.
2016-yil – “ Sog‘lom on ava bola yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunlari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasini bir guruh yetakchi mutaxasislari bilan uchrashdi.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlarining muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularning malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021-yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l, va boorish qiyin bo‘lgan hududlarda , shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi) aholi uchun salomatlik poezdlari tashkil etildi.
Xulosa
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” - mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishini belgilab beruvchi yana bir uzun yo‘l sifatida gavdalandi. Asosiy maqsad esa mana shu yo‘lni boshi hisoblanadi, hayot jarayoni tubdan yaxshilash, farovonligini, tinchligini ta’minlash, 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha har bir sohani tubdan takomillashtirish, bu albatta birinchi o‘rinda xalqning huzr-halovatda, farovonlikda yashashga yo‘naltirilgandir va albatta, O‘zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida, eng yuqori o‘rinlarda turishini kafolatlaydigan buyuk poydevor sifatida xizmat qiladi. Bu poydevorni qurushda buz yosh avlodning, kadrlar va mutaxasislarninig qo‘lida. Chunki Davlat va jamiyat o‘z o‘zidan qurilib, rivojlanib qolmaydi, bu rivojlanishlar yoshlarning, fuqarolarning qo‘lida. Zero, rivojlangan davlat bamisoli ulkan daraxtdir, uning ildizi ajdodlarimiz qo‘gan poydevor, harakatlar strategiyasi yo‘nlishlari bo‘lsa, uning mevalari shu yo‘nalish va maqsad sari olg‘a intilayotgan komil, vatanparvar, har jabhada o‘z bilimlariga suyanuvchi yosh kadrlar, ya’ni bizlar deb o‘ylayman. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Prezident qabul qilgan Farmoni qabul qilinishi bilan oz fursatlarda ulkan natijalarga erishib bo‘lmaydi, bularning barchasiga 5 yil davomida bosqichama-bosqich o‘tib, vazifalarni to‘la-to‘kis bajarib, qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishda jamiyatning ham va albatta, fuqarolarninig ham qo‘shadigan xissasi katta bo‘lmog‘I lozim. Chunki barcha qilinayotgan islohotalar aholini yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, xalqimizning orzu-umidlariga yetishi uchundir. Bu orzu-umidalarga, intilishlariga, erishgan xalq davlatni ham rivojlantiradi. Davlat rivojlansa xalq ham, aholi ham boyiydi. Ko`rib turubmizki, davlat, davlat organlari, jamiyat bilan xalq, fuqarolar o`zaro bog`liqdir. Bu bog’liqlik mamlakatimiz rivojlanishiga ham xalqimizninig farovon hayot kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |