2-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog’ozlar, ular, odatda, bozor (likvidli) qimmatli qog’ozlari, deb ataladi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog’ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bank kreditlari qarz mablag’lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag’lar tarkibiga kiritish mumkin, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi.
Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo’llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozori, bir tomondan, iqtisodiyotning xo’jalik sub’ektlari uchun moliyaviy ta’minlanish manbai bo’lsa, ikkinchi tomondan, aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh turgan mablag’larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag’larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli shakldagi va hajmdagi investitsiyalar kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajarmoqda.
Jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo’sh turgan mablag’larni aktsiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat byudjetiga yo’naltirish qo’shimcha mablag’ga bo’lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag’larini qayta taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo’ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga sharoit yaratadi.
5. Xulosa
Asosiy fondlar va aylanma mablag'larga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi. Hozirgi davrda Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga oshirishning zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, muddatli depozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga aytiladi. Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog'ozlar taraqqiy etib, moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |