Miloddan avvalgi 59 yilda Sezar Krass va Pompeylarning qo`llab-quvvatlashi natijasida konsulikka saylangan. U konsulikka saylangach, Kross Suriya va unga qo`shi bo`lgan viloyatlarga, Pompey esa Ispaniyaning ikki viloyatiga noib etib tayinlangan. Sezarning o`zi esa Galliya va Illiriya noibi etib tayinlangan. Kross Suriya va Messopatamiyada urushlar olib borib, miloddan avvalgi 53 yilda parfiyaliklar bilan bo`lgan jangda halok bo`ladi. Sezar Rimda o`z mavqeini mustahkamlab olgach, o`ziga berilgan Galliyaga jo`nab ketadi. U miloddan avvalgi 58-56 yillarida Galliya tuprog`ida urushlar olib boradi. U Alp tog`lariyu Reyn daryosi sohillaridan Atlantika okeani hamda Pireney sohillarigacha bo`lgan yerlarni Rim hukmronligiga itoat ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |