Bu tenglik yopiq zanjir uchun Om qonunining matematik ifodasi bo`lib, u quyidagicha tariflanadi.
Yopiq zanjirdan o`tayotgan tokning kuchi manbaning elektr yurituvchi kuchiga to`gri proporsional va zanjirning to`la qarshiligiga teskari proporsionaldir.
5.Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha. 1820 yilda Daniya fizigi Gans Hristian Ersted (1777–1851) tajriba asosida magnit strelkasining ustiga parallel joylashtirilgan o`tkazgichdan tok o`tganda magnit strelkasining dastlabki vaziyatdan ogishi va o`tkazgichga perpendikulyar joylashganligi aniqlandi. Agar o`tkazgichdan tokning o`tishi to`htatilsa, magnit strelkasi yana dastlabki vaziyatga qaytadi.
Ersted tajribasi olimlarni elektr toki o`tib turgan o`tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo`ladi degan hulosaga olib keldi. Huddi shu maydon magnit strelkasiga tasir etib uni ogdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |