Тayanch chiqiqlarini ta’mirlash. Osma oraliqli konsol-to’sinli ko’priklardagi tayanch chiqiqlarini to’g’rilash kapital ta’mirlashni talab etadi (3.11,a-rasm) [1, 4, 18]. Тayanch chiqiqlarini kapital tiklash uchun osma oraliqlar domkratlar yordamida ko’tariladi (3.11,b-rasm), singan beton olib tashlanadi, armaturalarning egrilari to’g’rilanadi va qo’shimcha armaturalar shunday o’rnatiladiki, tayanch chiqiqlarining tashqi burchaklari yetarlicha armaturalangan bo’lsin (3.21,v-rasm).
Тorkretbetonni yotqizish ishlari. Ko’prik tayanchlari yuzasini torkret beton bilan yopishdan oldin tayyorgarlik ko’rishda, torkret beton bilan yopishda, beton ko’chib tushgan joylarini ta’mirlashda, yoriqlarni berkitishda oraliq qurilmalarni ta’mirlashda shunga o’xshash ishlarga ishlatiladigan mexanizmlar qo’llaniladi. Тorkret betonning mustahkamligini oshirish va kirishish deformatsiyalar paydo bo’lishini oldini olish uchun, tayanchlarga armaturali to’r o’rnatib torkretlash tavsiya etiladi (3.12-rasm). Diametri 3...4 mm, kataklarining o’lchamlari 5x5dan 10x10 sm gacha bo’lgan simdan yasalgan armaturali to’r terim yuzasidan 1...1,5 sm masofaga terimga kirgizilgan shtirlarga mahkamlanadi. Diametri 10...12 mm bo’lgan shtirlar terimga har 40...60 sm masofada 20...25 sm chuqurlikkacha kirgiziladi. Shtir uchlari torkret beton qatlami bilan kamida 1,5...2 sm qalinlikdayopilishikerak.
3.11-rasm. Тayanch chiqiqlarini ta’mirlash: 1–yoriqlar; 2 –tortgichlar;
3 – po’lat to’sinlar; 4– ko’ndalang to’sinlar; 5–domkrat; 6 – brusli katak; 7 –tayanch tagligi; 8 – tayanch to’shamasi (yostig’i); 9 – yangi armatura; 10 – mavjud armatura;
11–betonnibuzishchegarasi
3.12-rasm. Armaturali to’r bo’ylab tayanchni torkretlash (beton bilan purkash):
1–torkretbeton qatlami; 2–diametri 10–12 mm armaturali po’latdan yasalgan uchi qayrilgan kalta stejen (shtыr); 3–armaturali to’r; 4–tayanchning betonli devori
Тorkretbeton qalinligi 2...3 sm li qatlam bilan yotqiziladi, shu bilan birga har bir keyingi qatlam oldingisi qotgandan keyin yotqiziladi. Perimetri bo’ylab tik yoriqlari mavjud qobiqli tayanch ustunlarini metall to’rlar ustidan sement-qumli qorishma bilan suvab mahkamlash mumkin. Buning uchun qobiqda bir-biridan 80 sm masofada 10...12 sm chuqurlikda shpurlar burg’ulanib, unga diametri 10...12 mm bo’lgan armaturali temirdan shtirlar kirgiziladi. Shtirlarga kataklari o’lchami 5...10 sm, diametri 2...4 mm bo’lgan sterjenlardan yasalgan armaturali to’r bog’lanadigan simlar bilan mahkamlanadi. Beton tayyorlangan yuzasi suv bilan yuvilgandan so’ng sementli qorishma suvoq 1:2 tarkibda 2...3 sm qalinlikda yotqiziladi (3.13-rasm).
3.13-rasm. Yig’ma tayanchlar ustunlarini metall to’rlar bo’ylab suvoq qilish:
a) ta’mirlashgacha qobiqlar; b) qobiqlarni ta’mirlash; 1–qobiqlardagi tik yoriqlar; 2–kataklari 5–10 sm, diametri 2–4 mm bo’lgan simlardan tayyorlangan armaturali to’r; 3–diametri 10–12 mm li armaturali po’latdan tayyorlangan shtirlar; 5–qobiqning to’ldirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |