Mustaqil ish mavzu: Jamoatchilik bilan aloqalar va uning mohiyati



Download 29,37 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2022
Hajmi29,37 Kb.
#691372
1   2   3   4   5
Bog'liq
Замонавий Иктисодиёт 1-Мустакил иш

Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) nazariy asoslari
PRning fan sifatida maydonga chiqishi va ilmiy asoslanishida amerikalik olim Edvard Bernayz xizmatlari alohida e`tirof etiladi. U 1919 yilda Nyu-Yorkda xususiy «piar-byuro»sini ochib, amalda jamoatchilik bilan aloqalarning samarasini ko`radi. Bu borada tadqiqot olib borib, xulosalarini yozadi. 1923 yili uning «Jamoatchilik fikrining kristallashuvi» kitobi chop etildi. Bu asar PR fanining birinchi nazariy poydevori edi. O`sha yiliyoq Nyu-York universitetida «Pablik rileyshnz» kafedrasi tashkil etildi. Rus tadqiqotchisi A.Chumikovning «Jamoatchilik bilan aloqalar» asarida qayd etilishicha, E.Bernayz o`z faoliyatini shunday ta`riflagan: «1919 yili dastlabki ofisimni ochganimda… «Pablik Rileyshnz maslahatchisi»ni tayinladim. U mijozlar fikrini tinglab, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish yo`lida xizmat qila boshladi». Shu tariqa nazariyotchilar PRning yangi-yangi qirralarini tadqiq qila boshladilar.
1924 yilda shveysariyalik taniqli psixolog Karl Yungning «Psixologik turlar» kitobi nashr etildi. Umuman, bu olimning asarlari jamoatchilikdagi turli guruhlar psixologiyasi xususiyatlari, ullardagi fikrning shakllanish jihatlarini o`rganishga katta ta`sir etgan.
XX asrning birinchi choragidan boshlab AQSh, Angliyada PRga oid qator kitoblar nashr etildi. Ularda jamoatchilik bilan aloqalarning nazariy asoslari yanada chuqurroq ifodalab berilgan. Sobiq mustabid tuzum davrida hukumat demokratiyani ta`minlashga xizmat qiladigan PRdan o`z maqsadlari yo`lidagina keng foydalanishsa-da ommaviy tusda u oliy o`quv yurtlarida o`qitilmas edi. Shul bois, u fan sifatida tadqiq etilmasdi. Professor Narzulla Jo`rayevning quyidagi fikrlari o`rinlidir: «SSSR tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma`naviy taraqqiyot xususida gapirib bo`lmas edi. Chunki yovuzlik va zo`ravonlik asosiga qurilgan bu davlat bunday intilishlarga aslo yo`l bermas edi». PRni tan olmagan va jamoatchilik fikri bilan hisoblashmagan komfirqa ko`p narsa yutqazdi. Muallif amerikalik adiba Eyn Redning quyidagi fikrini keltiradi: «Insonni fikrsiz qulga aylantirgan yoki uning mehnati samarasini tortib oladigan, erkin tafakkur qilishdan mahrum etadigan yoki aqlga zid harakatlarga undaydigan jamiyat, mavjud qonunlari bilan insonning tabiiy talab-ehtiyojlari o`rtasida qarama-qarshilik keltirib chiqaradigan jamiyat aslida jamiyat deb atalishiga ham arzimaydi. U – jinoyatchilar to`dasi yoki olomondir».
Sobiq mustabid tuzum davri mafkurasi to`g`risida bu kabi juda ko`p tanqidiy fikrlar yozildi. Shu yo`sinda jamoatchilik fikriga mutlaqo quloq solmaslik va uni tan olmaslik harakatlari to`g`ri tanqid qilindi. «Imperiyalar milliy ongning uyg`onishidan o`t-suv balosidan qo`rqqan kabi qo`rqqanlar,– deb yozadi adabiyotshunos Ibrohim G`afurov «Millatning billurlanishi» maqolasida.– Xalqning umum ishini o`zi bir yoqadan bosh chiqarib qilishga qodirlik kasb etishi – uning millat bo`lganligi belgisi va ko`rsatkichidir». Bu fikr zamirida ham kishilarning o`zaro fikr almashuvi asnosida «bir yoqadan bosh chiqarishi» g`oyasi zuhur etilmoqda.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon davlat boshqaruvi tizimida jamoatchilik bilan aloqalar amalda o`z samarasii ko`rsatmoqda. Buni har bir yetakchi tashkilot va muassasaning matbuot xizmati faoliyati misolida ham ko`rish mumkin. Jamoatchilik fikrini o`rganish barobarida jamoatchilikda fikr uyg`otish, jamoatchilik fikrini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Bu hol demokratik o`zgarishlar yanada chuqurlashayotgan jamiyatimizda hayot voqeligiga aylanib bormoqda.

Download 29,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish