O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Iqtisodiyot Fakulteti Raqamli Iqtisodiyot yo`nalishi
RI-220 guruh talabasi Baxtiyorov Asrorning
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish.
Bajardi: RI 220-guruh talabasi
Baxtiyorov A.
Qabul qildi: Sultonov B.
Samarqand 2021
Reja:
1. Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari.
2. O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari.
3. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bo'yicha jahon tajribasi.
1. Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari.
Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalarnbor, uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chi- qiladi. Uni ishiab chiqish esa iqtisodiyot hoiatini obyektiv baholashga hamda uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va holatlardagi sabab-oqibatlari
aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga mas’ul, javobgar davlat organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda iqtisodiy xavfsizlik va tahdidlarning haqiqiy holatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasida iqiisodiyolda ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi, iqtisodiy salohiyatdan
foydalanish samaradodigi. iqtisodiyotning ochiqligi, intellektual salohiyatning holati, innovatsion darajasi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko'rsatish darajasi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarining istiqbolli prognozlari va ularning asosiy
ustuvorliklari o‘z ifodasini topishi lozim.Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi o‘z iehiga quyidagilarni oladi:
-xavfsizlikni ta’minlash maqsadi va vazifalari;
-ularni amalga oshirish yo'Uaii va usullari;
-oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv tiziinlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, hududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha vazifalari;
- mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish;
-davlatning xavfsizlikni ta'minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslardan, vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi;
-iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy ta’sirini yumshatish yoilari, vosita va usullari.
Xavfsizlik konsepsiyasi asosida uni ta’minlashning davlat strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu strategiya tahdidlarning mohiyatini, obyektlarini indikatori va ularning oldini olish yoki bartaraf etish mexanizmlarini belgilab beradi:
Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib ko'rsatilgan.
1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyalanganligini ta’minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash.
2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsillash. Bunda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zarar yetkazuvchi, salbiy ta’sir ko'rsatuvchi omillar va sharoitlar
aniqlanadi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi. Iqtisodiy manfaatlarga va xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi:
- aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a’zolarining birdamligiga erishish;
- milhy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag‘batlantirish. investitsion jarayonlarni faollashtinsh;
-qat’iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valuta qadrini oshirish va mustahkamlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish;
- mamlakatlarni va intellektual salohiyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy maqomini mustahkamlash;
-xo'jalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash.
Shuni aytib o'tish joizki, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda iqtisodiy vosita va chora-tadbirlar bilan bir qatorda korrupsiya, tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy. huquqiy. iqtisodiy. tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vositalardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot. milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun asosiy shart- sharoitlar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- aholining sivilizatsion ehtiyojlari me'yorida yashash imkoniyatining yaratilishi. Bu kishilar uchun tanlash erkinligi hamda uzoq muddat mehnat qobiliyatini saqlagan holda faoliyat yuritish huquqi va majburiyatini ifodalaydi. Buning uchun bozorning o'z-o'zini tartiblash va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmlari uyg'unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi resurs, energetik. transport, ishlab chiqarish va bozor infrastrukturalari shakllantiriladi;
- xotirjam yashash imkoniyatlarining yaratilishi. Buning uchun favqulodda noxush vaziyatlar vujudga kelishining oldini olish hamda ishonchli axborotga ega bo'lish uchun iqtisodiy sharoitlar vujudga keltirilishi lozim bo'ladi. Bundan ko'zlangan maqsad, birinchidan, iqtisodiy va texnogen xavf-xatarga qarshi turish, ikkinchidan, iqtisodiy jinoyatchilik va terrorizmning kuchayishiga qarshi turli imkoniyatlarni yaratish hisoblanadi;
- mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf soluvchi omillarning oldini olish. Bu omillar mamlakat hududlari rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi farqlarning kattalashib ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning
hududiy va iqtisodiy yaxlitligini ta’minlash uchun birinchidan, yagona iqtisodiy makonni tashkil etish maqsadida pul va bank tizimini mustahkamlash, moliyaviy va savdo infratuzilmasini rivojlantirish; ikkinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan oqilona hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu shart-sharoitlarni yaratish asosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining asosiy elementlari huquqiy baza, boshqarishning iqtisodiy uslublari hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy bazasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar tashkil etadi. Endilikda esa «Xavfsizlik to'g'risida»gi qonunni qabul qilish lozim bo'ladi. Davlat
iqtisodiyotini tartibga solishning quyidagi yo'nalishlarida ham faoliyat yuritiladi:
- iqtisodiyotdagi jarayonlarni obyektiv, keng qamrovli monitoringi, shu jumladan, shaxs, davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda tashqi tahdidlarni aniqlash va prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish;
- iqtisodiy manfaatlarga tahdidlarning oldini olish va salbiy oqibatlarini yengish hamda barham berish bo'yicha jarima va uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini ishiab chiqish. Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
chora-tadbirlarining natijalari baholanadi.
Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha faoliyati quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda davlatning barqarorligiga xavf tug'diruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish;
- ushbu omillarning zararli, salbiy ta’siriga barham berish yoki yumshatishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish va institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |