rejalashtiruvchi – investitsiya strategiyasi va siyosatini ishlab chiqishni amalga oshirishdagi boshqaruv jarayoni stadiyasi. Investitsiya strategiyasi xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati siyosati bilan bevosita bog’liqdir va uning barqarorligi va joriy va istiqbolli davrdagi ishonchliginini ta’minlashga yo’naltirilgan;
tashkiliy – ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasi va siyosatini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan talab, o’zlik va jalb etilgan mablag’lar nisbatini, mablag’larni jalb etish shakllarini aniqlashni talab etadi. Strategik investorlarni, birmuncha foydali investitsiya loyihalarini va portfellarni, investitsiya jarayonining maqsadga muvofiq boshqarilishini tashkil jtish algoritmini izlab topish muhim hisoblanadi;
muvofiqlashtiruvchi – investitsiya faoliyatidan samarali natijani olish uchun investitsiya jarayonining har bir bosqichida monitoring va investitsiya siyosatida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishga yo’naltirilgan barcha harakat va chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiya bozoridagi kon’yunktura o’zgarishi bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni moslashtirish zarur hisoblanadi.
Investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’ladi:
xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy o’sishini ta’minlashga;
investitsiya loyihasi, ob’ektining daromadliligini maksimallashtirish;
investitsiya faoliyati, loyihasi risklarini minimallashtirish;
investitsiya ob’ekti, loyihasining risk va daromadliligini hisobga olgan holda tahlil qilish, tanlash va baholash (yana bir bor).
Shunga ko’ra, investitsiya menejmentining maqsadi ko’proq foyda (daromad) keltiruvchi va kamroq riskka ega bo’lgan investitsiyalarni, investitsiya loyihalarini tanlashdan iboratdir. Investitsiya menejmentining o’zi – bu bir san’atdir. Uning ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u sabab investorda boshqa investorlarga nisbatan ko’proq daromad olish va nisbatan kamroq riskka duchor bo’lishga imkon beruvchi investitsiya ob’ektlari, loyihalarini izlab topish va tanlash imkoniyati yaratiladi va o’z maqsadi va ustunligiga erishadi.
Loyihada ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslik va unga sabab bo’lgan omillar ta’siri oqibatini bartaraf etishda, odatda, an’anaviy usullardan, jumladan, rahbariyatni almashtirish, buyruqbozlikni kuchaytirish asosida boshqaruvni yo’lga qo’yish kabi usullardan foydalanilganlik holatlari amaliyotdan bizga ma’lum. Biroq, bunday boshqaruv usullari loyihalarning samarali amalga oshirilishi, yakunlanishida maqbul usullardan emasligi amalda o’z isbotini ko’rsatdi. Shu sababdan loyihalarni boshqarishda yangicha, loyiha samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan tanlangan, o’z ustuvorligiga ega usullardan foydalanishga bo’lgan talab orta bordi.
Investitsiya loyihalarini boshqarishning quyidagi mazmunini keltirib o’rinlidir: Investitsiya loyihalarini boshqarish – bu investitsiya loyihasida belgilangan natijalarga bajariladigan ishlar tarkibi, hajmi, qiymati, sifati va loyiha ishtirokchilari manfaatlari ta’minlanishi bo’yicha erishish uchun boshqaruvning zamonaviy usullari, texnika va texnologiyasidan foydalanish yo’li bilan loyiha maqsadlariga samarali erishishga yo’naltirilgan loyiha tsikli oralig’ida mehnat, moliyaviy va moddiy-texnikaviy resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish san’ati.
Qisqacha qilib aytganda, investitsiya loyihalarini boshqarish – bu investitsiya loyiha bo’yicha kapital qiymatini saqlash va uni ko’paytirishga qaratilgan samarali tadbirlar tizimi.
Investitsiya loyihalarini boshqarishda asosiy vazifani bajaruvchi investitsion menejerning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
- xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini ta’minlash;
- investitsiya strategiyasi va taktikasini belgilab olish, aniqlash va tanlash;
- investitsiya loyihasi biznes-rejasini tuzish;
- risklarni pasaytirish va turli qo’yilmalar daromadliligini oshirish;
- investitsiya maqsadlariga muvofiq holda xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini baholash;
- investitsion qimmatli qog’ozlarning miqdori va sifatini aniqlash;
- investitsion portfelni optimallashtirishga erishish;
- investitsion portfelning to’g’riligini ta’minlash;
- aniq loyihlarning investitsion jozibadorligini baholash va tanlash olishni prognozash;
- investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni amalga oshirish;
- aniq investitsiya loyihasining rejalashtirilishi va operativ boshqarilishini amalga oshirish;
- investitsiya jarayoni muvofiqligini ta’minlash.
Loyihani amalga oshirishning yakuniy natijasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, foiz stavkasining surunkali o’zgarib borishi, valyuta kursining o’zgarishi, talab va taklifning o’zgarishi, qonunchilikdagi nobarqarorlik (depozit va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari, majburiy zaxira, qayta moliyalashtirish stavkasi, valyuta siyosati, bojxona siyosati (ichki bozorni ixotalash) va sh.k.) kabilar natijasida yuzaga keladi.
Investitsiya loyihalarini boshqarishda risklar muhim o’rin tutganligi bois, ularni bartaraf etishda o’zini-o’zi sug’urtalash katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sug’urtalashda korxona 2 turdagi zararni ko’rishi mumkin: bevosita va bilvosita. Bevosita zarar kutilayotgan yillik yo’qotishda aks etadi. Bu kutilayotgan yo’qotishda tashqari korxonada kutilayotgan yo’qotishni qoplash maqsadida rezerv fondiga mablag’lar yo’naltirilgan bo’lishi lozim. O’zini-o’zi sug’urtalashda korxona xususiy risklarni saqlab qoladi va uning uchun rezerv fondini tashkil etadi. Faraz qilaylik, rezerv fondida ishlab chiqarishga investitsiyalangan aktivlarga nisbatan birmuncha likvidli shakldagi aktivlar saqlanadi va shuning uchun ular kamroq daromad keltiradi. Rezerv fondida saqlangan aktivlar investitsiyalanmaganligi sababli ular hisobidan olinadigan foyda (daromad) boy beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |