Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularning ilmiy tadqiq qilish printsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmasiki, ulardagi odamlar soni avvalo ko’pchilikni tashkil etib, sinfiy, ilmiy, irkiy, professional belgilar, ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko’psonli bo’lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarni o’ziga xosligi tufayli bo’lsa kerak ijtimoiy psixologiyada olimlar ko’pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal kuradi. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, ko’pchilikni qamrab olishda kiyinchiliklar bo’lsa, ikkinchidan tomondan katta guruhlar psixologiyasini o’rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan: Ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasini o’rganish kerak, deylik. Avvalo o’sha ishchilarning soni ko’p, qolaversa ishchilarning o’zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir, ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldida juda katta muammolarni qo’yadi. SHuning uchun ham har bir katta guruhga taalukli bo’lgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o’rganish hozirgacha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yullanma bo’lib kelmoqda. Kolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy tarakkiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo’lgani uchun ham har qanday guruhni o’rganishdan oldin, xox bu sinflar bo’lsin, xox millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo’lsin, ular hayot tarzi, unga xos bo’lgan odatlar, u yoki bu guruhga taalukli bo’lgan kishilar amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o’zaro munosabatlarda ustun bo’lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo’lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan: 90-yillar yoshlariga xos bo’lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o’rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so’zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va boshqalar tufayli shakllanadi. SHuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini to’liq ravishda o’rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o’ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari yana unga o’xshash yoshlarda ustun bo’lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo’lishini, u mansub bo’lgan va asosan vaqtini o’tkazadigan guruhlar psixologiyasini milliy sifatlargina ham nazarda tutish va ularni o’rganish zarur. Bu degani har bir shaxs ongida uning alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari uning qaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayol kechirayotgan anchagina odamlarni o'z tarkibiga olgan ijtimoiy xususiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo’lishi mumkin.
Katta guruhlar ba'zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo’lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon birbirlari bilan uchrashmagan bo'lsalar ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilishi uchun asos bo’lgan belgilariga ko'ra, umumiy ijtimoiy va psixologik ta'rifga ega bo’lishlari mumkin.
Katta guruhlardagi (katta muhit) ijtimoiy-psixologik hodisalar o'r-ganiladi. Bunga milliy urf-odat, xarakter, turli sinf va ijtimoiy qatlamlarga xos psixologik xususiyatlarning vujudga kelish qonuniyatlarini o'rganish, shuningdek ommaviy axborot vositalari (radio, televide-niye, matbuot, internet va boshqalar)ning kishilar jamoasiga ko'rsata-digan ta'siri va uning mexanizmlari, ijtimoiy qadriyat, kishilar o'rtasi-da modalaming vujudga kelishi va uning yoyilishi, turli-tuman mishmishlarning tarqalishi kabi masalalarni o'rganish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |