Mustaqil ish Mavzu: Ichki audit


Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar



Download 167,15 Kb.
bet8/13
Sana29.12.2021
Hajmi167,15 Kb.
#85132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Очилов Лутфулла аудит мм73 2 гурух

4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar


Ichki nazorat va ichki auditning farqi quyidagicha, ichki nazorat tashkilotning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki auditni korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit va ichki nazorat bir-biridan farqlanadi.

Ichki nazoratga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilardir:



  1. Har bir sub’ektning nazorat oldida bo’lishi. Tashkilotda faoliyat ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Har bir subektning biriqtirilgan ishni bajarishni boshqa subektlar tomondan tekshirilishi, lavozim majburiyatda qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini birinchi navbatda korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati, tashkilot rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin.

  2. Qiziqishlarni cheklash. U yoki bu chetlashishlar holatlarida “nozik nuqta”larni tuzatib boradigan maxsus sharoitni yaratish kerak.

  3. Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik. Bu holat, ya’ni nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  4. Boshqaruvning aralashuvi. Ichki nazorat tizimining faoliyati haqqoniyliksiz samarali bo’lmaydi, bu holatda boshqaruvning aralashuvi foydali bo’ladi.

  5. Ichki nazorat sub’ektlarining insofliligi va to’g’riligi. Agar ichki nazorat faoliyatni olib boruvchi shaxslar bu kabi xislatlarni o’zida jam qilmas ekan, ideal darajada tashkil etilgan ichki nazorat tizim faoliyati ham samarali bo’lmaydi.

  6. Ichki nazorat tizimi metodologiyasining maqbulligi. Tekshiruv maqsadi va vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.

  7. Nufuz. E’tiborga loyiq bo’lmagan faoliyat ustidan nazorat olib borishning foydasi yo’q va bu kerakli bo’lgan narsalar ustidan nazoratdan chalg’itadi. Qanchalik qiyin bo’lmasin strategik ahamiyatga ega bo’lgan joylarda nazoratni o’rnatish lozim.

  8. Optimal markazlashuv. Ichki nazorat dinamiklik, barqarorlik, uzluksizlik talablari asosida tashkil etilganligi bu tashkilot tarkibiy tuzilishini optimal darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi tashkilotning hajmi va murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan ma’lumotning sekin harakati, qarorni kech qabul qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborini bir biriga mos kelmasligi.

Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim.

  1. Yagona javobgarlik. Har bir nazorat vazifasi bir markazning javobgarligiga biriqtirilgan bo’lishi lozim. Mas’uliyatsizlik yuzaga kelmasligi uchun alohida vazifalarni bir necha markazlarning javobgarligiga biriqtirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak .

  2. Bo’sh joylarni potentsial faoliyatini ta’minlash. Alohida sub’ektlarning vaqtinchalik bo’lmasligi, ichki nazorat jarayonining buzilishiga olib kelmasligi kerak. Buning uchun har bir xodim, o’zidan yuqorida yoki past o’rindagi hamda bir yoki bir necha xodimning nazorat faoliyatini amalga oshira bilishi kerak. Bu esa har qanday holatda ish faoliyatining to’xtab qolmasligini ta’minlaydi.

  3. Qat’iy belgilanganlik. Ichki nazorat tizimining foydalilik funktsiyasi tashkilotda nazorat tizimining qat’iy belgilangan qoida qay darajada bo’ysunishiga bog’liq. Albatta hamma narsani nazoratga olish qiyindir, bu vaziyatda nazoratni o’rnatish uchun qat’iy qoida belgilash lozim.


  4. Download 167,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish