Ichki auditning turlariga tegishli belgilarning tasniflanishi
Belgilar
|
Turlari
|
Auditorlik tekshiruvi o’tkaziladigan obektlar
tizimi
|
Alohida bo’limning auditi. Oddiy boshqaruv tizimiga ega bo’lgan tashkilotning auditi
|
Amalga oshirishning
davriyligi
|
Birlamchi
Bir martalik
Operativ
Yakuniy
|
Moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda BHMSning qo’llanilish darajasi
|
Faoliyatiga BHMSga moliyaviy hisobot beruvchi tashkilot va xoldinglar auditi. Ma’lumotlarni shakllantirish jihatidan BHMS bo’yicha moliyaviy hisobot topshiruvchi tashkilot va xoldinglar auditi.
|
Tashqi audit hizmati bilan o’zaro aloqasi
|
Tashqi audit bilan bog’langan
Tashqi audit bilan bog’lanmagan
|
Funktsiyalari
|
Boshqaruv tizimining samaradorligini nazorat qilish va baholash.
Audit moliyaviy hisobotining aniqligini tasdiqlash
|
|
Firmalar bo’limlari auditi.
|
Boshqaruv tizimining funktsional auditida barcha bo’limlardagi ishlab chiqarish va samaradorlik baholanadi.
Boshqaruv tizimining tashkiliy - texnikaviy auditida tashkilot bo’limlarining texnologik va tashkiliy masalalarining ichki audit nazoratini nazarda tutadi. Bunda quyidagilar:
tashqi vakolatli organlar tomonidan o’rnatilgan qonun osti meyoriy
hujjati, standartlariga;
boshqaruv organlari tomonidan belgilangan normativ qoidalar va vazifalarga rioya qilishdir.
Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi – korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan holda korxonaning nafaqat moliyaviy xo’jalik faoliyatini balki boshqaruv faoliyatini, ichki nazoratning mukammal tashkil etilishini va albatta korxonaning buxgalteriya hisobiga oid barcha boshlang’ich hujjatlari, aktivlar va majburiyatlar yuzasidan to’liq inventarizatsiya o’tkazishni nazarda tutadi.
Faoliyat turlari auditi aktsiyadorlik jamiyatlari hamda holding kompaniyalarini bir nechta faoliyat turlari ham mavjud, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda savdo sotiq kabilardir. Ichki auditorlar ushbu faoliyat turlariga muvofiq o’z reja va dasturlarini ishlab chiqishlari lozim.
Muvofiqlilik bo’yicha audit korxona faoliyati, shu faoliyatga doir ma’lumotlar mavjud qonun hujjatlarga qanchalik mos kelayotganligini yoki shu qonun hujjatlar buzilgan hollarni aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
Muvofiqlik auditiga misol tariqasida daromad solig’ini to’lash jarayonini keltirish mumkin. Ushbu jarayonda, daromad solig’ini to’lash vaqtida Soliq kodeksidan chetga chiqigan hollar bo’lgan yoki bo’lmaganligi tekshiriladi.
Ichki auditorlar o’z ish faoliyati jarayonida nafaqat kuzatuv kengashi qarorlari bilan balki qonunlar, qarorlar, farmonlar kabi me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan bevosita tanishib, ularni o’rganib borishi, kerak bo’lsa rahbariyatlarni hamda kuzatuv kengashini ular bilan amalda ta’minlab borishi kerak.
Chunki korxonaning rivojlanish pog’onalari ko’p jihatdan ichki auditorlarga bog’liq bo’lishishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |