Mustaqil ish mavzu : O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi. Ilmiy rahbar : Bobojonova Dilorom Talaba : Inomjonova Gulchiroy Mustaqil Ish Mavzu


O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari



Download 39,71 Kb.
bet9/10
Sana14.09.2021
Hajmi39,71 Kb.
#174109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish tarix Gulchiroy Inomjonova

O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari.

Fuqaroning jamiyat va davlatdagi holatini belgilovchi huquqlar, erkinliklar va burchlar majmui shunday bir tizimni vujudga keltirdiki, bu tizimga birlik hamda ichki uyg`unlik xosdir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning burchlarini ham belgilaydi. Bular Konstitutsiyasining 47 – 52 moddalarida o`z ifodasini topgan.

Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar. (Konstitutsiyaning 47-moddasi).

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Insonning o`z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitutsiyaviy huquqlarining ta`minlashini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psixologiyasini o`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik – bu burch ma`suliyatidir”. Konstitutsiyaga binoan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilish shart. Fuqaro o`z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlaridan foydalanishi lozim. Agarda shaxs qonundan tashqari xatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.

Boshqa fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish, avvalo, fuqaro o`ziga tegishli burchlarini bajarish orqali kirishadigan huquqiy munosabatlarda; fuqarolik, uy-joy, oila-nikoh va boshqa munosabatlarda namoyon bo`ladi. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlarini bajarmasligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoiy-huquqiy, fuqaroviy, ma`muriy-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

O`zbekiston xalqning tarixiy, madaniy va ma`naviy boyliklarini, madaniy yodgorliklarni ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir.

Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Konstitusiyaning 49-moddasi 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to`g`risida”gi qonunning ahamiyati kattadir. Ushbu qonunning 11-moddasida belgilangandek, “O`zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning O`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga tayyorgarlik ko`rishga majbur emas. Fuqarolarning harbiy va muqobil xizmatini o`tashlarida O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan “Muqobil xizmat to`g`risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi qonunlari huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.

Huquq va burchlar insonlarnning xulq-atvorini tartibga solish vositasi bo`lib, jamiyat, davlat tomonidan o`rnatiladi.

Ma`lumki, huquqiy normalar kishilarning yurish-turishlarini tartibga solidi, ularga muayyan huquqlar, erkinliklar beradi yoki ma`lum burchlarni yuklaydi.

Huquq – shaxsga tabiat, jamiyat, davlat tomonidan beriladigan o`z harakatining turi va me`yorini tanlab olish imkoniyati va burch esa jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o`z aksini topgan talablarni bajarish zaruratidir.

Yuridik huquq va burchlar jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy normalarning bir qismiligina tashkil etadi. Ular davlat tomonidan o`rnatiladi. Huquq normalarida o`z aksini topadi va davlat hokimiyati tomonidan ta`minlanadi, qo`riqlanadi.

Davlat tomonidan o`rnatilgan huquqiy normalar insonlarning hatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi. Huquqiy davlatning belgisi bo`lmish Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi fuqaro huquqlari, erkinliklari va burchlarining asosiy qonunda aks etishini taqozo etadi.

Huquq shaxsga tabiat va davlat tomonidan berilgan o`z ehtiyojini qondirish imkoniyati hamda uning turmush jarayonida o`ziga berilgan huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini belgilovchi huquqiy normalardir.

Burchlar esa shu jamiyatdagi shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo`lgan yoki biror-bir harakat qilishdan voz kechishni belgilaydigan huquqiy normalardir. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, erkinliklari deganda, O`zbekiston davlati tomonidan o`rnatilib, uning Konstitutsiyada qayd qilingan, har bir fuqaroga o`zining xatti-harakatlarini tanlash, unga berilgan imtiyozlardan shaxsiy hayotda va jamoat ishlarida qatnashish uchun foydalanish imkoniyati tushuniladi. Asosiy qonunda ko`rsatilgan imkoniyatlar bir vaqtda huquq, ba`zi birida erkinlik deb atalishi mumkin.

Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqi qayd qilingan.

Bu esa bir tarafdan huquq bo`lsa ikkinchi tarafdan erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash erkinligi deb talqin etilishi mumkin.

Fuqarolarning burchi – bu jamiyatning, davlatning fuqaro oldiga qo`ygan talablaridir. Bu talablar asosan shu jamiyatning, davlatning oldida turgan vazifalari bilan bog`liq bo`ladi. Ijtimoiy zaruratni aks ettiradi.

Demak, asosiy burch (majburiyat) deganda, O`zbekiston davlati tomonidan belgilanib, Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir fuqaro bajarishi zarur bo`lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan xatti-harakatlar va yashash tarsi qoidalari tushunladi.

Fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, asosiy deb atalishining ikki sababi bor: birinchidan, ular fuqarolarning muhim manfaatlarini ifoda etadi va ayni paytda davlatning oliy manfaatlarini ham ko`zda tutadi, ikkinchidan, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari oddiy, joriy qonunlarda emas, balki Konstitutsiya normalarida mustahkamlab qo`yilgan bo`lib va fuqarolarning boshqa huquqlari shu asosiy huquqlar asosida yaratiladi va ularga mos bo`lishi kerak.

Fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari ma`lum xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:

1.Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari O`zbekiston Respublikasining joriy qonunlari yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida yoki ulardan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarda emas, balki bevosita O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Shuning uchun ham bu huquqlar, erkinliklar va burchlar asosiy yoki Konstitutsiyaviy huquqlar va tadbirlar deyiladi.

2. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari birinchi navbatda, bevosita shaxs va fuqaro bilan davlat o`rtasidagi muhim aloqalarni ifodalaydi. Bunda davlat br vaqtning o`zida ham fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini ta`sis etuvchi, ham bu huquqlar, erkinliklar va burchlarning ta`minlanishi kafolatlovchi, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ bo`lib maydonga chiqdi.

3. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari qanday amalga oshirilishidan qat`iy nazar doimo mavjud bo`lib, bo`lib amaldagi huquqiy normalarda o`z ifodasini topadi. Ular tugatilmaydi yoki yangidan paydo bo`lmaydi. Fuqari O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqmaguncha bu huquq va burchlardanvoz kecholmaydi, undan foydalanaveradi. Bu huquq va kuchlar faqat davlat tomonidan Konstitutsiyaning o`zgartirilishi natijasida yangi huquqiy aktlar yordamida yangilanishi mumkin.

4. Konstitutsiyada ko`rsatilgan asosiy huquqlar, erkinliklar va burchlar barcha fuqarolarga bir xilda taaluqlidir, ular tenglik asosida beriladi, ularning mazmuni ham, hajmi ham bir xilda tushuniladi. Fuqarolarning O`zbekistonda bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lish qoidasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi moddalariga to`la mos keladi. O`z navbatida, fuqarolarning davlat bilan huquqiy aloqalari mazmuni va hajmi xilma-xil shakllarda ham bo`ladi. Bir fuqaro o`ziga berilgan huquqlardan qisman foydalansa, ikkinchi fuqaro o`z huquqlardan to`laligicha foydalanishi mumkin, bu fuqarolarning ixtiyoridir.

5. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari realdir. Ularning amalga oshirilishi faqatgina fuqarolarning shaxsiy harakatlaridan emas, balki O`zbekiston davlati va jamiyati tomonidan ta`minlanadi. Bu huquq va erkinliklarni ta`minlashda faqat Konstitutsiyaviy huquq normalariga emas, balki boshqa huquq tarmoqlarining normalaridan ham foydalaniladi.

Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va burchlarining real amalga oshirilishining turli yo`llari mavjud: birinchidan, davlat o`z Konstitutsiyasida o`zining butun organlari, mansabdor shaxslariga fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta`minlashni buyuradi; ikkinchidan, davlat ushbu huquq, erkinliklar va burchlarni ta`minlashni muhofaza qilish uchun maxsus organlar tuzadi (ichki ishlar organlari, prokuratura va sud organlari); uchinchidan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklarini muhofaza qilishda jamoat uyushmalari (kasaba uysushmalari, yoshlar uyushmalari, xotin-qizlar birlashmalari va boshqalar) ham ishtirok etadilar. To`rtinchidan, Konstitutsiyaning X bobida (“inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari”) moddama-modda kafolatlarning turlari ko`rsatilgan.

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsizdir, sud qarorisiz fuqarolarni ulardan mahrum etishga yoki cheklab qo`yishga hech kim haqli emas.

6. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari o`zaro bog`liqdir. Konstitutsiyaning 19-moddasida : “ O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan boo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaronbog`liqdirlar”, 47-moddasida esa “ Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar” deyilgan. Bu Konstitutsiyaviy qoidalar shuni bildiradiki, jamiyat va davlat oldida hech qanday burchlarni ado etmasdan, faqat huquq va erkinliklardan foydalanib hayot kechirishi mumkin emas.

Har bir fuqaro huquq va erkinliklardan foydalanar ekan, boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari, erkinliklarga putur yrtkazmasliklari shart. (20-modda).




  1. Download 39,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish