Gen muhandisligining muvaffaqiyatini belgilagan yana bir hodisa 1990 yili Betes(AQSh)da ro‘y bergan. O‘shanda har 100 ming insondan bittasida uchraydigan kasallik bilan og‘rigan 4 yashar qizaloqqa uning limfotsitlari kiritilgan. Davolashning ijobiy samarasi bir necha oy davomida kuzatilgach, tibbiy muolaja qaytadan o‘tkazildi. Keyingi uch yil davomida qizcha yana 23 marotaba shunday muolajadan o‘tdi. Natijada bemorning sog‘lig‘i shunchalik yaxshilanib ketdiki, u hech qanday infektsiyalardan qo‘rqmagan holda odatiy hayot tarzini kechira boshladi. Keyingi yillarda bunday tashxisli yana qator bemorlar ham gen terapiyasi usullari yordamida shifo topdi. Bugungi kunda mazkur xastalikning gen terapiyasi yordamidagi tibbiy sinovlari Italiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish zarurki, gen muhandisligiga oid ko‘plab loyihalarning aksariyat qismi(80 foizi), asosan, onkologik kasalliklar va OITSni davolashga qaratilgan. Mazkur sohadagi tadqiqotlar borasida yuqori rivojlanish kuzatilayotgan mamlakatlarda izlanishlar hisobotlari tegishli idora va muassasalarning majburiy tekshiruvidan o‘tkaziladi. Xususan, AQShda ushbu vazifa Rekombinant DNK bo‘yicha konsultativ markaz, Dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘hna qit’ada esa hujjatlar Genlarni ko‘chirish va gen terapiyasi bo‘yicha Yevropa ishchi guruhi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi. - Gen muhandisligining muvaffaqiyatini belgilagan yana bir hodisa 1990 yili Betes(AQSh)da ro‘y bergan. O‘shanda har 100 ming insondan bittasida uchraydigan kasallik bilan og‘rigan 4 yashar qizaloqqa uning limfotsitlari kiritilgan. Davolashning ijobiy samarasi bir necha oy davomida kuzatilgach, tibbiy muolaja qaytadan o‘tkazildi. Keyingi uch yil davomida qizcha yana 23 marotaba shunday muolajadan o‘tdi. Natijada bemorning sog‘lig‘i shunchalik yaxshilanib ketdiki, u hech qanday infektsiyalardan qo‘rqmagan holda odatiy hayot tarzini kechira boshladi. Keyingi yillarda bunday tashxisli yana qator bemorlar ham gen terapiyasi usullari yordamida shifo topdi. Bugungi kunda mazkur xastalikning gen terapiyasi yordamidagi tibbiy sinovlari Italiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish zarurki, gen muhandisligiga oid ko‘plab loyihalarning aksariyat qismi(80 foizi), asosan, onkologik kasalliklar va OITSni davolashga qaratilgan. Mazkur sohadagi tadqiqotlar borasida yuqori rivojlanish kuzatilayotgan mamlakatlarda izlanishlar hisobotlari tegishli idora va muassasalarning majburiy tekshiruvidan o‘tkaziladi. Xususan, AQShda ushbu vazifa Rekombinant DNK bo‘yicha konsultativ markaz, Dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘hna qit’ada esa hujjatlar Genlarni ko‘chirish va gen terapiyasi bo‘yicha Yevropa ishchi guruhi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |