Multitasking tashkil qilishning murakkabliklari. Asosiy murakkablik ununig ishonchliligini ta’minlashda paydo bo’ladi. Asosan, xotirani himoya qilish, uzilishlarni qayta ishlash, to’xtalib qolishlarni oldini olish va b.
Ishonchlilikdan tashqari multitasking unumdor bo’lishi ham talab etiladi. Uni qo’llab-quvvatlashga talab qilinadigan resurslar jarajonlarni bajarilishiga ta’sir qilishi, ularning ishini sekinlashtirishi, xotirani cheklashi kabi amallarnoi bajarmasligi lozim
Ko’pmasalali (multitasking) operatsion tizimlar tarixi
Multitasking OT (operatsion tizim) larni dastlabki ishlab chiqilishida birmuncha qiyinchiliklarga duch kelingan, xususan bunday OT larni o’rnatish va ishlatish jarayonida. Shu sababli uzoq vaqtgcha foydalanuvchilar bir masalali tizimdan voz kechishmagan. Bir qancha urinishlardan keyin multitasking tizimlari rivojlanib bordi, va hozirda barcha mashinalarda qo’llanilmoqda.
Dastlabki multitasking OT Multics deb nomlangan (1964-yil). Bundan tashqari multitasking IBM firmasining OS/360 OT da qo’llanilgan (1966-yil). 1969-yilda Multics OT asosida UNIX OT ishlab chiqildi. Bunda multitasking tizimi tartiblangan xolga keltirildi. PDP-11 kompyuterlarida multaskingning RSX-11 varianti, vaqt taqsimlash tizimining TSX-PLUS varianti ishlatilgan.
Dunyodagi birinchi multimediali Amiga 1000 (1984-yil) shaxsiy kompyuteri multitaskingni to’liq qo’llab-quvvatlovchi mashina bo’lib, AmigaOS oper.tizimida ishlagan. Amiga1000 ni ishlab chiqarish jarayonida texnik qurilmalar va dasturiy ta’minot (AmigaOS) parallel ishlab chiqarilishi natijasida multitaskingni rejalashtirish vaqti (1/50 sek) uzoq yillar davomida boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun yetib bo’lmas ko’rsatkichga aylandi.
Multitaskingni shuningdek Microsoft firmasi Windows OT da qo’llagan. AmigaOS ning tajribasidan foydalanish OT larga yanada yuqori samaradorlik va ishonchlilik berdi. Multitasking ishlatilish ko’rsatkichi bo’yicha hozir eng yirik OT lar bu – Windows va UNIX (Linux) hisoblanadi.
Multitasking nafaqat texnik jihatdan yoki OT larda, balki dasturlash tillarida ham ishlatiladi. Masalan, Modula-2 va Ada dasturlash tillarining xususiyati OT ga bog’liqligi yo’q va multitaskingni qo’llab-quvvatlaydi. Modula-2 dasturlash tili yordamida MS-DOS OT dasturi uchun bir dasturning ko’p potoklari uchun multitasking ning turli tiplari ishlab chiqilgan. Buni amalga oshirish uchun dastur moduliga taymer uzilishlarini qayta ishlovchi masalalar rejalashtiruvchisi qo’shilgan. Bunday xususiyatli dasturlash tillarini, ba’zi hollarda, real vaqt dasturlash tillari deb ham aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |