Mustaqil ish fan: Ichki yonuv dvigatellari Mavzu: Ishchi jismning issiqlik sig‘imi; termodinamik sikllar Bajardi



Download 26,91 Kb.
bet2/5
Sana26.02.2022
Hajmi26,91 Kb.
#470119
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalar

Kapital ta’mirlash
Qurilish yilidan boshlab 40 yilgacha xizmat ko’rsatish muddatini uzaytirgan holda kapital ta’mirlash. Standart xizmat muddatini o’tagan birliklar (ER-9E va ER-2 seriyali elektr poyezdlarining 81-814, 81-817 rusumli metro vagonlari) ga tegishli.
CRP bilan asosiy elementlarning ko’pi almashtiriladi:

  • Ramka

  • Pol

  • Tom

  • Old va oxirgi devorlar

  • Kuzovni orqa devollari

Andijon mexanika zavodi sho''ba korxonasi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ "O'ztemiryo'lmashta'mir" unitar korxonasi tarkibida faoliyat ko'rsatadi. Andijon mexanika zavodi 1987 yilda tashkil etilgan bo'lib, tarkibida maydoni Andijon shahrida 7.66 ga va Paxtaobod shahrida 28.84 ga 2 ta zavoddan tashkil topgan umumiy maydoni 36.5 ga teng Andijon mexanika zavodi sho'ba korxonasining bosh korxonasi Andijon shahrida joylashgan bo'lib, o'zida nostandart, ehtiyot qismlar, yopiq vagonlar ta'miri uchun yog'ochni qayta ishlash va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bo'linmalaridan tashkil topgan.

№1 - sonli yig'uv mehanik tsexi temir yo'l transporti korxonalari uchun extiyot qismlar, detallar hamda nostandart jixozlar tayyorlash uchun ihtisoslashgan.


№2 - sonli yig'uv mehanik tsexi yuk vagonlari va nostandart jihozlar detallariga aniq ishlov berishga ixtisoslashtirilgan.


№3 - sonli temir presslash tsexi metallarni qizdirib qoliblab temir yo'l transporti harakatidagi tarkibi va er usti inshootlariga kerakli bo'lgan detallarni etkazib berishga ihtisoslashgan.


Yog'ochni qayta ishlash tsexi yuk vagonlarini yog'och mahsulotda bo'lgan qisimlarini hamda xalq istemol mollari tayyorlashga ihtisoslashgan. Yordamchi bo'linmalar zavodda quyidagilar : Kompressop bo'linmasi, transport bo'linmasi, ta'mirlash - mexanika bo'linmasi, ishlab chiqarishga tayyorlash bo'linmasi, elektriklar bo'linmasi va ta'mirlash qurilish bo'linmasi.


"O'ztemiryo'lmashta'mir" unitar korxonasi tarkibidagi Andijon mexanika zavodi sho'ba korxonasi Paxtaobod bo'limi 2 zavod xisoblanib, uning quyidagi bo'limlari mavjud.


№ 1 sonli vagon - ta'mirlash tsexi belgilangan reja bo'yicha vagon sisternalar, poluvagonlar, yopiq vagonlar, platformalar, avtomobil tashuvchi vagonlar va boshqa vagonlarni ta'mirlash ishlari, hamda texnik sharoitda kelib chiqqan holda yopiq vagonlar, yarim ochiq vagonlar va platformalarni mukammal ta'mirlash ishlarini bajaradi.


№ 2 sonli vagon - ta'mirlash tsexi vagon sisternalarni mukammal ta'mirlash, platformalarni sement tashuvchi vagonlarga modernizasiya qilish va yangi 4 o'qli vagon sisternalarni ishlab chiqarishga ihtisoslashgan.


G'ildirak - rolik tsexi yangi gildirak juftliklarini tayyorlash va ta'mirlashga ihtisoslashgan. Avtonazorat bo'limi yuk vagonlarni avtomatik to'xtatish moslamalari sinovdan o'tkazish uchun kerakli jihozlar va sinov uskunasi bilan jihozlangan.


Telejka, kuch qaytarish - tortish moslamalari ta'mirlash tsexi quyidagi bo'linmalardan iborat : telejka va avtosepkani yuvish bo'linmasi; telejka detallarni qismlarga bo'lish va defektasiya qilish bo'linmasi; telejka detallarni ustki qismini payvandlash bilan qayta tiklash bo'linmasi; priseplar jamlamasini tekshirish bo'linmasi; triangellar ta'mirlash va sinovdan o'tkazish bo'linmasi; telejkalarni yig'ish bo'linmasi; avtosepkalarni qismlarga bo'lish va defektasiya qilish bo'linmasi; avtosepka ustki qismlarini payvandlash yo'li bilan qayta tiklash bo'linmasi; payvandlash yo'li bilan qayta tiklash qismlarga mexanik ishlov berish bo'linmasi; avtossepkani yig'ish bo'linmasi. Bundan tashqari filialda bo'yash bo'limi, drobistro'y va mexanik tayyorlov bo'linmasi mavjud.


Quyidagilar filialda yordamchi bo'limlar hisoblanadi : qozonxona, kompressor xonasi, transport bo'limi, mexanik ta'mirlash bo'linmasi, elektriklar bo'linmasi va qurilish - ta'mirlash bo'linmasi. Andijon mexanika zavodining ish faoliyati temir yo'l harakatidagi tarkib uchun extiyot qismlar, jamlama detallar ishlab chiqarishdan boshlangan. 1988 yilda zavodda yuvish mashinalari, g'ildirak juftlarini detallari, hamda yuk vagonlarini detal va qismlarini ta'mirlash yo'lga qo'yildi. 1990 yildan boshlab zavod Lokomotiv va vagonlar ta'mirlash uchun ko'tarma mexanizmlar ( skotopodyomnik, domkratlar ) ishlab chiqara boshladi.


O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin "O'zbekiston temir yo'llari" AJ dagi yuk tashishdagi talabini bajarish uchun yuk vagonlarini ta'mirlash va qayta tiklash masalasi paydo bo'ldi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan zavodda ishlab chiqarishni kengaytirish qaror qilindi.


1993 yilda zavod mutaxasis muhandis - texnik xodimlari tomonidan ishlab chiqarishni yuk vagonlarini ta'mirlash bo'yicha ishlar olib borildi. Zavod muhandis - texnik xodimlar sayi harakatlari bilan "O'zbekiston temir yollari" AJ yuk vagonlari ta'mirlash va qayta tiklash, xizmat muddatini uzaytirishga bo'lgan talabni qondirish uchun Andijon mexanika zavodida


1993 - 2003 yillarda yuk vagonlarni xizmat muddatini uzaytirish texnologiyasini va yangi neft mahsulotlarini tashishga mo'ljallangan yangi vagon sisternalar ishlab chiqarish joriy e'tildi. Yuqoridagi ko'rsatilgan maqsadlarga e'rishish yo'lida Andijon mexanika zavodi mutahasislari etakchi zavodlarda, O'zbek o'quv markazlarida, Rossiya va Ukraina davlatlarida qayta tayyorlov kurslarida malakalarini oshirdilar.


2003 yildan zavodda 8 tonnalik gidravlik domkratlar ( ko'tarma moslama ), PTS 1 rusumli stanok, hamda "O'zbekiston temir yollari" AJ yo'l xo'jaligi uchun Portal kran ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.


2007 yil aprel oyida korhonada xalqaro standart Iso 9001 versiya 2000 yil "sifatni boshqarish tizimi" joriy qilindi.


2010 yil may oyidan Iso 9001 : 2008 halqaro sifatni boshqarish tizimi bo'yicha faoliyat yuritmoqda 2007 yilda 4 o'qli platformalarni tsement tashuvga, vagonlarga qayta jixozlash ishlari va temir yo'l kesishmalari uchun to'siq ( UZP ) ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.


2009 yilda rusumi 13 401 bo'lgan universal platformalarni hizmat muddati 16 yilga uzaytirib mukammal ta'mirlash va kislota tashiydigan 4 o'qli vagon sisternalarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.


2009 yilda zavod konstruktorlari tomonidan 8 o'qli vagon sisternalarni hizmat muddati uzaytirib mukammal ta'mirlash, rusumi 13 401 bo'lgan universal platformalarni suyuq bitum tashuvchi vagonlarga qayta jihozlash, kimyoviy yuklar tashuvchi tsisternalarni xizmat muddatini uzaytirib mukammal ta'mirlash, neft mahsulotlarini tashuvchi tank konteynerlar tayyorlash texnologiyasi hujjatlari ishlab chiqildi.


2009 yilda Qoqon shahrida 50 ishchi o'rinli Andijon mexanika zavodi sho'ba korxonasi bo'limi ishga tushdi. U erda 50 turdan ortiq yuk vagonlari uchun extiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. 2010 yilda 8 o'qli rusumi 15 871 bo'lgan benzin va neft mahsulotlari tashiydigan vagon sisternalarni modernizasiya qilib, hizmat muddatini uzaytirish yolga qo'yildi.


2011 yilda neft va gaz hom ashyosi va rangsiz neft mahsulotlarini, Temiryo 1 transporti va avtomobil transporti yordamida tashish uchun mo'ljallangan yassi dnishalik konteyner - sisternalarni ishlab chiqarish o'zlashtirildi.


2012 yilda neft va gaz hom ashyosi va rangsiz neft mahsulotlarini, temiryo'l transporti va avtomobil transporti yordamida tashish uchun mo'ljallangan elliptik dnishalik TSH 32-09-032 : 2012 mahsus konteyner - sisternalarni ishlab chiqarish o'zlashtirildi.


2013 yilda chekka devorlari to'siqli va tushuruvchi lyukli, rusumi 12-9768-01 bo'lgan donali, kichik bo'lakli, sochilib ketishi mumkin bo'lgan yuklarga mo'ljallangan yarim ochiq vagon ishlab chiqarish o'zlashtirildi.


2014 yilda DOOSAN va XSMG ekskavatorlari uchun kovshlar ishlab chiqarish o'zlashtirildi.



Download 26,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish