KATTA KESILGAN JOYLAR: ULARNI QANDAY BERKITISH KERAK
Endigina kesilgan, hali toza, turli infeksiyalar tushib ulgurmagan
joyning ikki tarafini birlashtirsangiz, u tezroq tuzalib ketadi. Quyidagi shartlarning hammasi to‘g‘ri kelsagina kesilgan joyni berkiting:
• Kesilganiga hali 12soat bo‘lmagan bo‘lsa.
• Kesilgan joy toza bo‘lsa.
• Jarohatni o‘sha kuni tikib yopish uchun tibbiyot xodimini topishning ilojisi bo‘lmasa.
Kesilgan joyni yopishdan avval, uni qaynatib sovutilgan suv bilan yax- shilab yuving (agar jarohat iflos bo‘lsa, sovunlab yuving). Agar iloji bo‘lsa, shpritsdan suv sepib uni tozalang. Kesilgan joyda kir yoki sovun qolmaganiga e’tibor bering. Quyida jarohatni yopishning ikki usuli berilgan (leykoplastir yoki ip bilan):
Do'stlaringiz bilan baham: |